• TADQIQOT METODOLOGIYASI
  • Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,07 Mb.
    #238083
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Boboqulov Jaloliddin Qurbonovich

    Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. 
    Uzluksiz taʼlim tizimida fanlarini sifat va samaradorligini oshirishda noanʼanaviy 
    elektron darslik va o‘quv qoʼllanmalar yaratish va undan foydalanish bo‘yicha olib 
    borgan ilmiy tadqiqotlari, mamlakatimiz olimlarining A.Abduqodirov, U.Begimqulov, 
    N.I.Tayloqov, Q.T.Olimov, F.M. Zakirova, А.G‘.Hayitovning ishlarida elektron darsliklar 
    va elektron qo‘llanmalar yaratish yo‘llari, ularga qo‘yiladigan talablar taʼlim tizimida 
    elektron axborot reasurslari tushunchasi I.А.Аllayarov, masofaviy taʼlim, uni tashkil 
    qilish, sunʼiy intelekt, ekspert tizimlar, bilimlar ombori, bilimlar omborini boshqarish 
    tizimlari haqidagi fikrlar S.M.Nadjimova, L.T.Zaylobov, umumiy kimyoni o‘qitishda 
    foydalaniladigan axborot texnologiyalari vositalarining imkoniyatlari, didaktik 
    funksiyalari ularni amalga oshirish yo‘llarining belgilanishi taʼlim samaradorligini 
    oshirishga zamin yaratishi haqida aytilgan, S.S.Gʻulomov, A.X.Abdullayev va 
    M.X.Lutfillayev larning ishlarida virtual stend yaratish va ularni oʻquv jarayoniga 
    qoʻllash bugungi kunning dolzarb masalalardan biri ekanligi koʻrsatilgan. A.M.Poʻlotov 
    talabalarning «Informatika va informasion texnologiya» fanidan oʻzlashtirgan bilimi 
    asosida kelajakda oʻzlashtiradigan bilimi darajasini prognoz qiluvchi imitasion model 
    va undan foydalanish metodikasi ustida ilmiy izlanishlar olib borgan. 
    Maqsad «Python dasturlash tilini» oʻrganishda innovatsion pedagogik va axborot 
    texnologiyalaridan foydalanish tushunchalarning mantiqiy sxemalar yordamida 
    amalga oshirilishini metodik muammo sifatida ishlab chiqishdan iborat. 
    TADQIQOT METODOLOGIYASI 
    Python - yuqori bosqichli dasturlash tili hisoblanib, turli xil ilovalarni yaratish 
    uchun mo‘ljallangan. Ya’ni Python dasturlash tili yordamida veb-ilovalar, o‘yin 
    ilovalari, oddiy (nastol’niy) dasturlar yaratish hamda berilganlar bazasi bilan ishlash 
    mumkin. Ayniqsa Python dasturlash tilining tezlik bilan tarqalishiga uning mashinali 
    o‘rgatish va sun’iy intellekt sohalaridagi tadqiqot ishlarida keng qo‘llanilishi sabab 
    bo‘lgan. 
    Python dasturlash tilining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
    Skriptli til. Dastur kodi skriptlar ko‘rinishida bo‘ladi; 
    Turli dasturlash paradigmlarni, xususan ob’yektga yo‘naltirilgan va funksional 
    paradigmlarni o‘zida mujassamlagan; 
    Skriptlar bilan ishlash uchun interpretator kerak bo‘lib, u skriptni ishga tushiradi 
    va bajaradi. 
    Portativlik va platformaga bog‘liqmaslik. Kompyuterda qanday operatsion tizim 



    Download 1,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish