• Annotatsiya
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • O‘zbekistonda jamoatchilik fikrining sotsiologik tahlili Ilmiy raxbar: X. U. Samatov




    Download 55,5 Kb.
    Sana21.05.2024
    Hajmi55,5 Kb.
    #247855
    Bog'liq
    Ismoilov Lazizxon Maqolasi


    O‘zbekistonda jamoatchilik fikrining sotsiologik tahlili
    Ilmiy raxbar:X.U.Samatov
    Ismoilov Lazizxon
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Kompyuter injineringi fakulteti
    KI 21-04 guruh talabasi
    Telefon raqam:
    +998992627757
    Elektron pochta manzili:
    zokirxonismoilov-gt7hk.@gmail.com
    Annotatsiya: Ushbu maqolada respublikamizda jamoatchilik fikrining sotsiologik tahlili falsafiy jihatdan yoritib o‘tiladi.shuningdek bu maqolada insonning shaxsiy mentalitenti va davlatdagi o’rni haqida mulohazalar berilib o‘tiladi va falsafiy jihatdan talqin etiladi.
    Kalit so’zlar:Jamoatchilik fikri tushunchasi,iqtisodiy tashkilotlar,ijtimoiy tartib,tarixiy boylik ,g’oya ,madaniy hayot .
    Har bir davlatda jamoatchilik fikri muhim sanaladi.jumladan madaniy hayot,etnik tuzilma maslalari,iqtisodiy qarorlarda,tarixiy boyliklarni asrash masalalarida muhim ahamiyatga ega. sotsiologik tahlil O‘zbekistonda, jamiyatning o'zini anglash, boshqa jamiyatlar bilan solishtirish va o'zaro ta'sirini o'rganishda yordam beradi. bu siyosiy va iqtisodiy rivojlanishning kuzatilishi va muvofiqlashishi uchun muhimdir.

    Jamoatchilik fikri tushunchasi ma’no-mazmun nazaridan “jamoa “,”jamoatchilik”,”fikr” so’zlarining mantiqiy maqsadli uyg’unlashuvi mahsulidir.jamoatchilik fikrini teran va tog’ri anglamoq uchun yuqoridagi tarkib yasovchi so’z-terminlar mohiyatini avval boshidan anglab olmoq muhimdir.hozir va o‘tmishda ,vatanimiz yohud xorijiy mamlakatlar tadqiqotchilari bu terminlar mazmuniga turlicha talqin berishib ,ularga maqsadidan kelib chiqadigan ma’no yuklatib kelishgan.[1]


    “Jamoatchilik fikri” atamasi inglizcha “public opinion” so‘z birik-malaridan olingan bo‘lib, u xvii asrda dastlab angliyada qo‘llanilga, keyinchalik bu atama boshqa mamlakatlarga ham o‘tib, xviii asr oxirida keng tarqalgan.
    Jamoatchilik fikri ijtimoiy ong shakllari, masalan, fan yoki mafkuradan noaniqligi bilan farq qiladi. chunki fikrning o‘zida u yoki bu holatga nis-batan taxminiy, ehtimoliy og‘ish bo‘lgani uchun ham ko‘pincha insonlar ongida vujudga keladigan o‘tkinchi, o‘zgaruvchan fikr-mulohaza, his-tuyg‘ular mavjud bo‘ladi. lekin bu jamoatchilik fikri bilan hisoblashmas-lik kerak, degan emas.
    Jamoatchilik fikrini sotsiologik tadqiq etishning predmeti – bu jamoat-chilik fikrining ijtimoiy mohiyati, uning jamiyat hayotining turli tomon-lariga ta’siri, shakllanishi, ifodalanishi va amal qilishi mexanizmlari masalasidir.
    Jamoatchilik fikri 3 turda ifodalanishi mumkin:
    1) Jamoatchilik fikrining stixiyali ifodalanishi;
    2) Siyosiy institutlar tashabbusiga ko‘ra biror-bir qonunni muhokama qilish jarayonida jamoatchilik fikrining bildirilishi;
    3) Maxsus sotsiologik tadqiqotlar yordamida jamoatchilik fikrining aniqlanishi.
    Jamoatchilik fikriga ta’sir qilish 2 yo‘l bilan amalga oshiriladi:
    1) Manipulyatsiya qilish;
    2) ilmiy shakllantirish.
    Jamoatchilik fikri o‘z tabiatiga ko‘ra dinamik xususiyatga ega ijtimoiy hodisadir. u jamiyatda uzoq yillab statik holatda yashab keluvchi passiv ijtimoiy fikrlardan, eng avvalo, maqsadning konkretligi, ijtimoiy fikr real-moddiy kuchga aylanib borishiga, qatnashchilarning potensial va real soni nisbati, masalani hal etish quvvati-hosilasiga ko‘ra farqlanib turadi. ayni chog‘da u jamiyatda muayyan maqsadlarga erishish yo‘lida intiluvchi turli xil amorf yig‘inlardan ham farq qiladi.
    Mustaqil davlatchilik sharoitida jamoatchilik fikrining ijtimoii ahami-yati yanada muhim e’tibor kasb eta boshladi. uning amaliy ahamiyati fao-liyat sarhadlari kengayib, jamiyat hayotida ko‘rsatadigan ta’sir ko‘lamlari keskin ortdi.
    Mazkur ijtimoiy hodisaning mustaqillik sharoitidagi yangi vazifa va yo‘nalishlari prezidentimiz i.karimovning qator asarlarida ilgari surilgan katta nazariy masalalar mazmunidan yanada oydinlashadi. shu asosda jamoatchilik fikrining bugungi dolzarb yo‘nalishlari qatorida quyidagilarni ko‘rsatish joiz[2]:
    – o‘zbek xalqining bir yarim asr davomida mahrum etilgan o‘z haq-huquqlarini o‘zi belgilash orzusini amalgam oshirish bilan bog‘liq;
    – ijtimoiy harakat yo‘nalishi;
    – har tomonlama mustahkam demokratik, huquqiy davlat va erkin fu-qarolik jamiyatining barpo etilishi, barqaror bozor iqtisodiyoti oshkora tashqi siyosatni amalga oshirish bilan bog‘liq ijtimoiy – siyosiy harakat yo‘nalishi.
    mazkur bosh yo‘nalishlar mamlakat ichki va tashqi siyosati bobida quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi;
    – o‘zbek xalqining milliy, hududiy, hissiy-emotsional va an’anaviy o‘ziga xosliklaridan kelib chiquvchi xalq demokratiyasi tamoyillarining ijtimoiy siyosiy hayot mazmunidan keng o‘rin olishi;
    – ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’min-lash, kishilar o‘rtasida qonun-qoidalar va an’analarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish, qonun oldida hammaning teng huquqliligini ta’minlash, aholi turli qatlamlari xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash, qonun-qoi-dalar, an’analarga nisbatan mustahkam ichki intizom fazilatlarini qaror toptirish;
    – vatanga muhabbat va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish;
    – O‘zbekiston hududida tug‘ilib o‘sgan va bu zaminga mehr qo‘ygan har bir fuqaroda milliy o‘ziga xosligidan qat’iy nazar, yuksak vatanpar-varlik tuyg‘ularini shakllantirish;
    – mamlakatimizda O‘zbekistonliklar uchun yagona davlatchilik barpo etilganligini nazarda tutib, o‘zbekistondan tashqarida yashovchi har bir o‘zbek uchun bu davlat uning uchun ham ona vatan ekanligini keng targ‘ib-tashviq qilish, vatandan o‘zga davlatlarda yashovchi har bir o‘zbek O‘zbekiston obro‘sini yuksaltirishga mas’ul ekanligini tushuntirish[3];
    – mamlakatimizda yashovchi boshqa millat vakillariga hurmatda bo‘-lish, o‘zbek tili to‘g‘risidagi qonunni va o‘zbek tilini o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish, milliy va huquqiy cheklanishlardan yuqori bo‘lish;
    – umuminsoniy qadriyatlar asosidagi axloqiy-estetik qarashlar ustuvorligini ta’minlash, hech qanday mafkura, siyosiy qarashlar va nuqtayi nazarlarning ustun ijtimoiy mavqe egallashiga yo‘l qo‘ymaslik;
    – haqiqiy demokratiya ko‘zgusi hisoblanuvchi ko‘p partiyaviylik tarti-botini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, ayni chog‘da davlat tuzumini, mav-jud hokimiyatni zo‘rlik va kuch bilan o‘zgartirishni mo‘ljallovchi, o‘zbekiston davlat suvereniteti, mamlakat yaxlitligi va daxlsizligiga rahna so-luvchi, milliy, diniy, irqiy yohud hududiy ayirmachilikka undovchi, mam-lakat konstitutsiyasiga xilof ish yurituvchi barcha partiyalar, uyushma va ijtimoiy harakatlar faoliyatlarini qat’iyan cheklashni yoqlash.
    ijtimoiy-madaniy sohalarda:
    – gumanizm g‘oyalariga sadoqat, inson shaxsi va turmush tarzi bilan bog‘liq masalalarda ijtimoiy himoya vositalarini keng qo‘llash, shaxsning haq-huquqlari, insoniy g‘ururi, or-nomusini hurmatlash, inson haq-huquq-lari to‘g‘risidagi xalqaro deklaratsiya talablariga rioya qilish;
    – xalq ma’naviyati va an’anaviy axloqiy qarashlarini tiklash, milliy merosni asrash, ehtiyot qilib avlodlarga etkazish choralarini ko‘rish, qadi-miy tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash, o‘zbekistonda asrlar davomida yara-tilgan beqiyos san’at asarlarini izlab topish va qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rish;
    – o‘zbek tilining o‘zbekiston xalqlarini o‘zaro hamjihatlikka undov-chi va uyushtiruvchilik rolini keng targ‘ib etish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablarini to‘la bajarish, o‘zbekiston xalqlari, madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga da’vat etish;
    – so‘z, din va fikr erkinligini ta’minlash, islom va boshqa dinlar inson-ning ma’naviy shakllanish manbalari ekanligi, diniy e’tiqod davlat tomo-nidan hurmat qilinishi, mo‘min-musulmonlarning muqaddas haj safar-lariga keng imkoniyatlar yaratilishi;
    – har bir fuqaroga umumiy ta’lim, maxsus bilimlar va oliy ma’lumot olishi uchun teng shart-sharoitlarning yaratilishi, mafkura va milliy feti-shizmdan holi bo‘lgan yangi demokratik maorif konsepsiyasining ishlab chiqilishi;
    – ilmiy, ijtimoiy, badiiy va boshqa ijodiyot turlarining takomili uchun yetarli shart-sharoitlarning yuzaga keltirilishi, iqtidorli yoshlarga keng yo‘l ochilishi, intellektual mulk himoyasi xususida qarorlar qabul qilinishi.
    Mazkur masalalar yuzasidan davlat muassasalari, ishlab chiqarish va jamoat tashkilotlarida obro‘-e’tiborli shaxslar ko‘magida quyidagi yo‘na-lishlarda yalpi jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadga muvofiqdir:
    – ezgulik yo‘lida xizmat qiluvchi shaxslar, mehnat ilg‘orlari, pir-u ba-davlat insonlar obro‘-e’tiborini oshirishga qaratilgan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish;
    – ijtimoiy munosabatlarda totalitar tuzum sharoitida shakllangan ijti-moiy zararli odatlar, salbiy xususiyatlarni jamoatchilik fikri orqali tartibga solish;
    – O‘zbekiston Respublikasining insonparvar ichki va tashqi siyosatini yalpi qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish[4].
    O‘zbekistonning ko'pgina jamoatchilik tarkibi o‘zbeklar, ruslar, qirg'izlar, tojiklar, xorazmlar, qozog'uzlar, ukraynaliklar, va boshqalar kabi etnik guruhlaridan iborat. bu etnik guruhlar o'rtasidagi munosabatlar va ularning o‘zaro aloqalari sotsiologik tahlil jarayonida o'rganiladi.
    O‘zbekistonning madaniy hayoti shunchaki qismlar bo‘yicha farq qiladi. shahar va qishloq hududlari, shaharlar, kasabalar, va qishloq aholisi o'rtasidagi farqlar sotsiologik tahlil jarayonida e'tibor bilan olinadi. shu bilan birga, madaniy hayotning o'zgarishi va qadriyatlarining yangilanish jarayoni ham ko'rib chiqiladi.
    O‘zbekistondagi iqtisodiy tashkilotlar, masalan, korxonalarni va korporativ strukturani o'z ichiga oladi. sotsiologlar bu tashkilotlar o'rtasidagi faollik, mehnat munosabatlari, ish tartibi, va ish o'rtasidagi o'zgarishlarni o'rganishadi.
    Huquqiy muammolar, huquqiy tartib, fuqarolik huquqi, jinoiy va jazolar, shuningdek, ijtimoiy tartibni ta'minlash va saqlashdagi amalga oshirishlarni o'z ichiga oladi.
    Tarixiy boyliklar, o'zbekistonning o'tmishi, mustaqilligi, va milliy identifikatsiyasi sotsiologik tahlilning muhim qismi hisoblanadi. shu bilan birga, milliy g'oyalar, bayroq va ramzlar, davlat tadbirlari ham sotsiologik tahlil jarayonida o'rganiladi[2].

    xulosa
    Xulosa qilib aytganda o‘zbekistonda jamoatchilik fikri 1-o’rinda turadi .chunki har bir qaror va farmonlar senat va partiyalar o’rtasida muhokama qilinadi va ma’qullanadi .Har bir yangilik xalq tomonidan har xil talqin qilinadi ,har bir vaziyatga har xil talqin qilinadi .
    Foydalanilgan adabiyotlar :
    1.Sotsiologiya darslik kitobi “Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti” toshkent-2002

    2.1-prezidentimiz Islom Karimovning “yuksak manaviyat-yengilmas kuch” asari (2008-yil)


    3.Bagbekova laylo kadirbergenovna. (2022). use of addie model components in the zdevelopment of public open online course digital learning resources. conference zone, 48–
    4.ilmiy baza(jamoatchilik fikri sotsiologik institut sifatida maqola).
    5.Akhmedov Mukhomod-umar Bakhridinovich. (2022). the importance of
    folk applied art in the formation of youth creative
    Download 55,5 Kb.




    Download 55,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda jamoatchilik fikrining sotsiologik tahlili Ilmiy raxbar: X. U. Samatov

    Download 55,5 Kb.