• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar




    Download 24.65 Kb.
    bet3/3
    Sana04.04.2023
    Hajmi24.65 Kb.
    #48659
    1   2   3
    Bog'liq
    O\'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari
    9, SULTONMUROD KURS ISHI, Mobil ilova yaratish 3-kurs, SQL tili 4-kurs KECHKI, sssss, Asinxron elektor matorning tarkibiy qismlarini tasviriy modelini yaratish, 1350270761 14447, mustaqil ish (8), 8-маъруза (3), 10-маъруза (3), Tajriba Kesish nazariyasi (2)
    3. Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
    Yangicha sharoitda axborot sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida sobiq O'zbekiston matbuot va axborot agentligi negizida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi. 
    Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash maqsadida ko'plab vazirlik va idoralarda axborot xizmatlari zamon talablari asosida qaytadan, 201 ta tuman va shahar hokimliklarida esa birinchi marta tashkil etildi.
    Ushbu xizmatlar tomonidan ijtimoiy jarayonlar haqida ishonchli axborot berish maqsadida matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, hayotimizdagi muammo va hodisalarga tezkor munosabat bildirilmoqda. Axborot xizmatlarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi sahifalari yangilab borilmoqda.
    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.Xodjaev qayd etganidek, hozirda 1000 dan ziyod matbuot kotiblari faoliyatini amalga oshiryapti. Lekin ular qay darajada ishlayapti, malakasi va tezkorligi, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarni davlat boshqaruvi organlariga qay darajada yetkaza olyapti – shularga e'tibor qaratish kerak bo'ladi.
    Pandemiya sharoitida shu holat yaqqol ko'rindiki, aholiga tezkorlik bilan davlat boshqaruvi organlari qabul qilayotgan turli qarorlarni yetkazib berishga ehtiyoj kuchli. Axborot vaqtida yetib bormasa, bu turli noxolis axborotlar tarqalishiga sabab bo'ladi.
    Ba'zida OAV vakillari va blogerlar bunda aybdor degan gaplarni eshitamiz. Aslida esa, bu yerda davlat boshqaruvi organlari jurnalistlar bilan muloqotga tayyor emas. Agar davlat organlari tezkorlik bilan javob qaytarsa, asossiz ma'lumotlar, fikrlar bildirilishiga o'rin qolmaydi.
    Ayni vaqtda davlat idoralarida axborot xizmatlarini mustaqil tarkibiy bo'linma sifatida qayta tashkil etishga qaratilgan sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralik jarayonlarini yanada takomillashtirishdan iboratdir.
    Shu ma'noda, Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari faoliyatini yoritish uchun ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni takomillashtirish to'g'risida”gi qarori loyihasi yaqinda e'lon qilingani alohida e'tiborni tortadi. 
    Loyihada davlat idoralari axborot siyosati sohasidagi faoliyatini qisqa muddatda qayta ko'rib chiqishi ko'zda tutilmoqda. Shu asosda ular o'z tuzilmalaridagi mavjud shtat birliklari doirasida axborot xizmatini shaxsan birinchi rahbarga bo'ysunadigan mustaqil tarkibiy bo'linma sifatida tashkil (qayta tashkil) etadi.
    Bunda umumiy shtatlar doirasida axborot xizmatiga davlat idoralarining markaziy apparatida uch-to'rt nafar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida kamida to'rt nafar, quyi tashkilot va bo'linmalar, tuman (shahar) hokimliklarida kamida ikki nafardan boshqaruv xodimi ajratilishi ta'minlanadi.
    Ichki imkoniyatlar yetarli bo'lmagan holatlarda, axborot xizmatlari uchun iqtidorli mutaxassislarni byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan shartnoma asosida jalb etish choralari ko'riladi.
    Xulosa qilib aytganda, Prezidentimizning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi”ni shiddatli va izchil amalga oshirishning to'rtinchi yili ham yakuniga yetmoqda.
    Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so'z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalari zimmasidagi mas'uliyat yanada kuchaymoqda. Eng muhimi, o'tgan qisqa davr axborot sohasini tubdan isloh qilish va rivojlantirish borasida ulkan yangilanishlar davri bo'ldi.

    Xulosa.
    Bugungi kunda OAV ni davlatimiz rahbari shaxsan o‘zi qo‘llabquvvatlamoqda. 2020-yil 27-iyun kuni nishonlanadigan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e‘lon qilindi. Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli o’zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik e‘tiborini qaratmoqda‖, deya qayd etildi tabriknomada. Shavkat Mirziyeyov bo’lg’usi jurnalistlar chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tili bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e‘tibor qaratishi kerakligini bildirdi. Xabarda aytilishicha, agar yuqori malakali kadrlar tayyorlashda xalqimizning boy ma‘naviy merosiga tayansak‖, bu ish yanada samaraliroq bo’ladi. Jadidlar merosi, shu jumladan bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug’ alloma va publitsist Mahmudxo’ja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda ko’pchilikning e'tiborini o’ziga jalb qiluvchi muammoning yoki voqeaning xabari matbuotda chiqqanidan so’ng omma ichida qanday ijtimoiy rezonans yaratganini talqin qilish jarayoni jurnalistlarimizdan ulkan kasbiy mahorat talab qiladigan eng muhim ishlardan biri bo’la boshladi. O’zbekistonlik jurnalistlar tomonidan mustaqil jurnalistik tadqiqotlar olib borilib, jamiyatimizdagi mavjud muammolarning tafsiloti mutasaddilar oldiga ko’ndalang qo’yish ishlari qanday amalga oshirilishini ommaga yoritish evaziga aholi orasida huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Natijada jamiyatimizdagi vaziyat hozirgidan mutlaqo boshqacha ijobiy tus olishi aniq.

    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Mirziyoyev Sh.M. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga. www.uza.uz 2017 yil 27-iyun.

    2. To‘lqin Eshbekov. Axborot xizmatlari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2019. Sh.M. Mirziyoyev Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi. “Ozbekiston” Toshkent-2022

    3.https://elib.buxdu.uz/
    4. https://lex.uz/docs/-4390513
    Download 24.65 Kb.
    1   2   3




    Download 24.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar

    Download 24.65 Kb.