• Xulosa. Foydalanilgan adabyotlar. Kirish.
  • O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi
  • O’zbekistonda Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o’zgarish va muammolar) Reja: Kirish




    Download 24.65 Kb.
    bet1/3
    Sana04.04.2023
    Hajmi24.65 Kb.
    #48659
      1   2   3
    Bog'liq
    O\'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari
    9, SULTONMUROD KURS ISHI, Mobil ilova yaratish 3-kurs, SQL tili 4-kurs KECHKI, sssss, Asinxron elektor matorning tarkibiy qismlarini tasviriy modelini yaratish, 1350270761 14447, mustaqil ish (8), 8-маъруза (3), 10-маъруза (3), Tajriba Kesish nazariyasi (2)

    O’zbekistonda Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o’zgarish va muammolar)

    Reja:
    Kirish

    1. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi va erkinligi.

    2. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning qabul qilinishi.

    3. Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar.



    Xulosa.
    Foydalanilgan adabyotlar.

    Kirish.
    o`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`z oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib borish kabi buyuk maqsadlarni qo`ydi.
    jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan bu keng miqyosdagi islohotlarni jamiyatning eng ichki qatlamlarigacha olib kirish albatta mamlakat aholisining ijtimoiy ongini va saviyasini, hayotga bo`lgan qarashlarini tubdan o`zgartirishni talab etardi. shubhasiz, bu mashaqqatli jarayonda ommaviy axborot vositalari eng muhim o`rinlardan birini egallaydi.
    aynan shu sababli ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalariga davlat rahbariyati tomonidan juda katta e'tibor qaratilmoqda.
    ommaviy axborot vositalari faoliyatini isloh qilish, ularning samarali ishlashiga ko`mak beruvchi mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish borasida muayyan ishlar qilindi. shu sababdan, bu muammo o`zbekiston respublikasining bir qator boshqa qonunlarida ham o`z ifodasini topgan. «ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi 1997 yil 26 dekabr) "noshirlik faoliyati to`g`risida"gi (1996 yil, avgust), "mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi (1996 yil, sentabr), "axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida"gi (1997 yil, aprel), "jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida"gi, (1997 yil, aprel ), "axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida"gi (2002 yil, dekabr) qonunlar hamda o`zbekiston respub-likasi prezidentining " o`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi (1996 yil may) farmoni va boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.
    shubhasiz, yaratilgan qonunlar davlat hamda nodavlat shakldagi, televideniye kanallari ishini tashkil qilish, shuningdek, jurnalistlarning professional jihatdan kamol topishiga keng ko`lamda yordam berish, matbuot va ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlashda, jamiyatda demokratik muhitni qaror toptirishda katta ahamiyatga ega bo`lmoqda.
    «ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi qonunida ommaviy axborot vositalarining turlari ko`rsatilgan. ular gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, bulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.


    1. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi va erkinligi.

    Demokratik jamiyat barpo etishda ommaviy ahborot vositalari hal qiluvchi o`rin tutadi, nafaqat muayyan mamlakatlar, balki global miqyosda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarga jiddiy ta`sir ko`rsatadi. Toshkentda bo`lib o`tgan halqaro uchrashuv - davra suhbatida shu haqda so`z bordi. U Siyosiy tadqiqotlar markazi (O`zbekiston) tomonidan tashkil etildi. Davra suhbatining mavzusi - "Zamonaviy axborot maydonining shakllanishi: media hududini tashkil etishda axborot tehnologiyalari, tuzilmaviy yondashuv va mintaqaviy xususiyatlarning roli", deb ataldi.
    Uchrashuvga ko`plab taniqli jurnalistlar va ommaviy ahborot vositalarini rivojlantirish sohasi hamda unga dahldor ilmiy fanlar, jumladan, sotsiologiya, psihologiya, yuqori texnologiyalar, iqtisod, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik kabi sohalar mutahassislari taklif etildi. Uchrashuvning horijiy ishtirokchilari orasida Bel`giya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg`iziston, Rossiya, AQSh, Frantsiya, Yaponiyaning yetakchi ekspertlari bor.
    Siyosiy tadqiqotlar markazi direktori, siyosiy fanlar doktori G.Karimova uchrashuvni ochar ekan, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari hayotimizning ajralmas qismiga aylangani va ijtimoiy munosabatlar tizimida ularning ahamiyati katta ekanligini ta`kidladi. Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ilg`or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ularning rivojlanishiga xizmat qilmoqda, chunki texnologiya yordamida axborot olish imkoniyati tobora kengaymoqda. Ayni paytda, globallashuv sharoitida turli mamlakatlarning tarixiy-madaniy hususiyatlari va rivojlanishdagi o`ziga hosliklarini saqlab qolish maqsadida axborot xavfsizligini ta`minlashning ahamiyati ortib bormoqda.
    Demokratik taraqqiyot yo`lini tanlagan bizning mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari kuchli fuqarolik jamiyatini qurishning muhim vositasi hisoblanadi. Ular faoliyatining huquqiy bazasi yaratilgan va u takomillashtirilmoqda, bu baza axborotning ochiqligi, oshkoraligini kafolatlaydi. U nafaqat davlat, balki aholining turli qatlamlari uchun mo`ljallangan mustaqil ommaviy axborot vositalari sonining ortishiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining ilg`or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), shu jumladan, raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish jamiyatni yanada demokratlashtirish jarayonida ularning faolligini va ta`sirini oshirishga yordam beradi. Uchrashuv qatnashchilari ommaviy axborot vositalari sohasi bilan bog`liq uchta asosiy jihat - ularning axborot ishlab chiqaruvchilar sifatidagi faoliyati, ommaga ta`siri va axborotni yetkazish vositasi sifatida AKTni rivojlantirish masalalarini ko`rib chiqdilar.
    Ta`kidlandiki, axborot maydonining globallashuvi jarayonida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan televidenie va Internetning paydo bo`lishi hisobiga sayyoramizning turli mintaqalari ommaviy axborot vositalari ish tajribasini o`rganish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari faoliyati va axborot texnologiyalaridan foydalanishda madaniy, tarixiy, iqtisodiy va boshqa turli yondashuvlar mavjud bo`lgan G`arb, Osiyo mamlakatlari tajribasini o`rganish lozim. Bunday tajribani o`rganish Markaziy Osiyo davlatlari uchun ayniqsa muhim, chunki bugungi kunda ular o`z rivojlanish hususiyatlarini hisobga olgan holda milliy va mintaqaviy axborot maydonlarini kengaytirish siyosatini amalga oshirmoqda.
    Uchrashuvda axborot jamiyatlari jadal shakllanayotgan, global va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar va yangi muammolar paydo bo`layotgan hozirgi sharoitda yetakchi ommaviy axborot vositalarining strategiyasiga oid masalalar muhokama qilindi. Frantsiyaning elektron ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni rag`batlantirish bo`yicha "Almatropi" assotsiatsiyasi prezidenti S.Sudoplatoff, Rossiyaning "Politika" jamg`armasi prezidenti V.Nikonov, Germaniyaning A.Shpringer nomidagi nashriyot uyi Jurnalistlar maktabi direktori o`rinbosari R.Porsh, Koreya Respublikasi Axborot va kommunikatsiya universiteti professori Chju Hun Sun, Rossiya teleradioeshittirish milliy uyushmasi prezidenti E.Sagalaev, Yaponiyaning "NHK" teleradiokompaniyasi ma`muriy resurslar departamenti boshqarmasi boshlig`i N.Nakamura, boshqa taniqli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari hamda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari shu haqda gapirdilar. Ular uchrashuv qatnashchilarini ommaviy axborot vositalarining jamiyat va biznes bilan aloqasi, jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi ta`siri kabi yo`nalishlarda o`z mamlakatlarining nazariy va amaliy yutuqlari bilan tanishtirdilar.

    Download 24.65 Kb.
      1   2   3




    Download 24.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o’zgarish va muammolar) Reja: Kirish

    Download 24.65 Kb.