|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
|
bet | 4/4 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 223,33 Kb. | | #244053 |
Bog'liq ta\'limni raqamlashtirish.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 5-oktabr,
PF-6079-son
07.10.2020
Поделитесь с друзьями:
Бошка Mamlakat yangiliklari
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berildi
Xususiylashtirish dasturi bo‘yicha axborot berildi
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi
Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida
Yangi Toshkent qurilishi ma’rifat maskanlaridan boshlanadi
“Yashil makon” loyihasi va obodonchilik bo‘yicha vazifalar belgilandi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023 26 OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA RAQAMLI TA’LIM MUHITINI YARATISHNING NAZARIYA VA AMALIYOTDAGI HOLATI Xonqulov Sherali Xursanaliyevich Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha mahalliy va xorijy tadqiqotchilarning pedagogik qarashlari va oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitini yaratishning hozirgi kundagi holati batafsil yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, raqamli texnologiyalar, elektron resurslar, axborotlashtirish, elektron baza, kompyuter. ABSTRACT This article describes in detail the pedagogical views of local and foreign researchers on creating a digital educational environment in higher education institutions and the current state of creating a digital educational environment in higher educational institutions. Key words: digital education, digital technologies, electronic resources, information, electronic database, computer. KIRISH Ilm-fan sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar tabiiy ravishda jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jabhalari rivojiga bevosita ta’sirini o‘tkazadi. So‘nggi chorak asr mobaynida axborot-kommunikativ texnologiyalar sohasida kashf qilingan o‘zgarishlar jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarni birdek qamrab olgan texnologiyalashtirish, so‘ngra axborotlashtirish va nihoyat raqamlashtirish o‘ziga xos jarayon bo‘lib, uning ta’siri natijasida mavjud tizimlar, shuningdek, kishilik faoliyati turlari ham yangi mazmunga ega bo‘lib bormoqda. Xususan, o‘qitish tizimi hamda pedagogik faoliyatga texnologiyalashtirish, axborotlashtirish va raqamlashtirish g‘oyalarining faol tatbiq etilishi natijasida ta’lim muhitida avval bo‘lmagan yondashuv, qarashlar qaror topmoqda. Bu esa o‘z navbatida pedagogik ilmiytadqiqotlarning yangi yo‘nalishlarini belgilab bermoqda. Zamonaviy sharoitda raqamli ta’lim muhitini tavsiflashda bir nechta yondashuvlar ko‘zga tashlanmoqda. Misol uchun, raqamli ta’lim muhiti, birinchidan, ta’lim muassasalari faoliyatini avtomatlashtirish, axborotlashtirish va raqamlashtirishni ta’minlovchi ta’lim resurslari va texnologiyalaridan iborat ko‘p Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023 27 komponentli majmua; ikkinchidan, pedagoglar va talabalarning ijodiy potensiali, iqtidorini ochib berishga mo‘ljallangan antroposofik relevantli axborotli anturaj[3, 44-48]; uchinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalariga tayangan holda bilish faoliyatini tashkil qilish va axborot ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratadigan ijtimoiy-psixologik borliq[12, 54-56] sanaladi. Bir guruh tadqiqotchilar, P.V.Vedeneev, A.S.Zavarixin, J.N.Zayseva, T.N.Kazarina, B.A.Krasilnikova, V.I.Soldatkin, V.S.Tarasov[3;8;12] tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda “raqamli ta’lim muhiti” tushunchasining mohiyati antroposofik nuqtai nazardan yoritiladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Aksariyat tadqiqotlarda ta’lim tizimini axborotlashtirish va raqamlashtirishning dolzarbligi, ahamiyati, uni amalga oshirishga imkon beradigan omillar va to‘siqlar o‘rganilgan. Ular ko‘rsatilishicha, ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llash bir qator afzalliklarni namoyon qiladi. Xususan, o‘qitishda tezkorlikka erishish (o‘qitishning vaqti va joyini o‘zgartirish); butun hayot davomida uzluksiz ta’lim olish imkoniyatining yuzaga kelishi; o‘quvchi, talaba, tinglovchi (mutaxassis)larni avvaldan loyihalangan individual o‘qitish asosida kasbiy qayta tayyorlash kurslari va dasturlari bo‘yicha tayyorlash imkoniyatining yaratilishi[2, 3-12]. Uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida bo‘lgani kabi OTMda ham raqamli ta’lim muhitini shakllantirish turli shakllarda kechadi. Bu o‘rinda E.V.Ustyujanina, S.G.Evsyukov quyidagi shakllarni keltirib o‘tadi: mavjud o‘quv materiallari, shu jumladan, ma’ruza, taqdimot, darslik, mustaqil ish topshiriqlari hamda bilimlarni nazorat qilish vositalarini elektron variantga o‘tkazish; pedagog va talabalarning o‘zaro hamkorligiga asoslangan interfaol elektron muhitni, xususan, pedagoglarning elektron kabinetlarini, vebinar, bahs-munozara, forumlar o‘tkaziladigan auditoriyalarni shakllantirish; o‘quv vositalari: elektron darsliklar, elektron masalalar to‘plami, video ma’ruza, kvestlar, kompyuter o‘yinlari kabi yangi tiplarini yaratish; elektron ta’lim muhitining imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga o‘qitishning mutlaqo yangi shakllarini yaratish – obrazli axborotlarni uzatish spektrini kengaytirish, rolli o‘yinlarni tashkil etish orqali turli vaziyatlari modellashtirish, bellashuv o‘yinlarini imitatsiyalash va hokazolar; sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘qitish jarayoniga kiritish[2, 4]. Bugungi kunda esa ta’lim muhiti innovatsion xarakter kasb etmoqda. Ta’lim muhitining innovatsion xarakterga ega bo‘lishi tabiiy ravishda uni mazmunan yangilanishiga olib keldi. Shu sababli zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsion va raqamli texnologiyalarga asoslanishi ta’lim muhitini mazmunan yangilanishini ta’minladi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023 28 Bizning fikrimizcha, raqamli ta’lim muhitida ham S.V.Tarasov aytib o‘tganidek, mavjud komponentlarga ega va ular bir qadar to‘ldiriladi. Xususan, raqamli ta’lim muhiti mazmunli, metodik va kommunikativ komponentlar bilan birgalikda texnologik komponent bilan ham to‘ldiriladi. Binobarin, raqamli texnologiyalar, xususan, ta’limda qo‘llanilayotgan texnologiyalar barchasi kompyuter qurilmasi, multimediya vositalaridan tarkib topgan. A.B.Fedorov zamonaviy olamdagi mediata’limni ommaviy axborot bilan mulokot madaniyatini shakllantirish maqsadida ijodiy, kommunikativ salohiyatlar, tanqidiy tafakkur, media matnlarni to‘laqonli idrok etish, talqin va tahlil qilish, baholash media texnika yordamida o‘z-o‘zini ifodalashning turli shakllariga o‘qitish maqsadida ommaviy kommunikatsiya (media) vositalari va materiallari yordamida shaxsni rivojlantirish jarayoni sifatida ko‘radi. Elektron darsliklar yarata olish va ular bilan erkin faoliyat olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; Zoom, Google meet, Google Disk, Camtasia studio kabi dasturlarda erkin ishlay olish; masofaviy ta’lim platformasini kreativ yangiliklar bilan boyitib borish va boshqalar[7, 87]. OTMda raqamli ta’lim muhitini hosil qilish uchun, eng avvalo, o‘quv muassasasining ichki jarayonlarini isloh qilish talab qilinadi. Uning “raqobatga bardoshligini saqlab qolish uchun o‘quv jarayoniga o‘z vaqtida yangi texnologiyalarni joriy qilish yangi avlodning kasbiy tayyorgarligini ta’minlash”[1, 45]da yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlaydi. D.P.Xashimova, R.A.Parpievaning Internet manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, “bugungi kunda atigi o‘nga yaqin davlatdagi talabalarning 95 foizida kompyuter bor. Indoneziyada esa 34 foiz yoshning internetdan foydalanishga sharoiti etarli. Qolgan davlatlarda bu ko‘rsatkich ancha past. O‘zbekiston Respublikasida ham bu ko‘rsatkich yuqori darajada emas. Buning asosiy sababi chekka hududlarda Internet infratuzilmasining yaxshi rivojlanmaganligidir”[11, 151-152]. Mualliflar D.P.Xashimova, R.A.Parpieva oliy ta’lim tizimida AKTdan samarali foydalanish muammosini o‘rganar ekan, bu borada hal qilinishi zarur bo‘lgan muhim vazifalarni aniqlashga e’tiborni qaratadi. Ular tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari ayni vaqtda oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni o‘qitish sifatini oshirishda quyidagilarga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir: Internet infratuzilmasini yaxshilash; mobil operatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish; yoshlar, xususan, talabalar tomonidan zamonaviy AKTning so‘ng yutuqlarini o‘zlashtirishga shart-sharoitlar hamda imtiyozlar yaratib berish; o‘quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘lamini kengaytirish; axborot resurslari, o‘qitish vositalari, masofaviy o‘qitish texnologiyalarini rivojlantirish; ijodkor talabalarni universitetning raqamlashtirish Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023 29 loyihalariga jalb qilish; OTM faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha vakolatli organlarga takliflar berish; yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan tuzilmalar, o‘quv xonalari, laboratoriyalar, media studiyalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan markazlarni tashkil etish hamda unda orttirilgan tajribani O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida qo‘llash; zamonaviy AKT va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash; bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish; interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, ma’ruza va seminar darslari uchun Internet bilan bog‘liq holda interfaol va multimediali taqdimotlarni ishlab chiqish kabi mavzular bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun kurslarni tashkil qilish va o‘tkazish; real vaqt rejimida interfaol taqdimot tizimlari, video konferensiya aloqa tizimlari, virtual zallar, elektron resurslardan foydalanib istalgan vaqtda masofaviy o‘qitish jarayonini amalga oshirish; bulutli texnologiyalar, virtual voqelik, kengaytirilgan voqelikdan foydalanish hamda didaktik materiallar va tajriba dizaynlarini ishlab chiqishda 3D printerini qo‘llash, raqamli didaktika va raqamli ta’lim modellarini qo‘llash, o‘qituvchilar va talabalar uchun loyihalar, diplom ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini muhokama qilish uchun ilmiy veb-saytlar ishlab chiqish; ta’lim sub’ektlarining media kompetentligini uzluksiz oshirib borish mexanizmini ishlab chiqish (Youtube va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda mavjud bo‘lgan videodarslarini o‘zbek tilida ham ko‘paytirishni davlat darajasida qo‘llab-quvvatlash); ta’lim muassasalari uchun zarur zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlash jarayonini nazoratga olish va amaliy qo‘llab-quvvatlash; chekka hududlarda ham Internet aloqasi, texnik jihozlarning tizimli faoliyatini yo‘lga qo‘yish; barcha ilmiy jurnallar va ishlanmalarni Veb-saytlarga muntazam joylab borish; elektron boshqarish tizimlarini amaliy faoliyatga keng joriy etish va keraksiz hujjatlar bilan ishlashni keskin kamaytirish; masofaviy ta’lim platformasi, shu bilan birga barcha ijtimoiy tarmoqlarda subektlar mas’uliyatini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish[11, 154]; ta’lim jarayonini boshqarish vositasi sifatida, ya’ni, ta’lim muassasasining barcha ish faoliyati, jumladan, o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish uchun axborotlashtirish, tahlil va bashorat qilish tizimini yaratish; talabalar, pedagoglarning ilmiy-pedagogik izlanishlarini amalga oshirish vositasi sifatida o‘quv muassasasida zamonaviy axborot tizimlarini yaratish va tatbiq etish[7, 87]; U.M.Xalikova tomonidan olib borilgan tadqiqotda maktabgacha ta’lim tizimida elektron resurslardan foydalanish muammosi tadqiq etilgan. Tadqiqotchi bu borada soha oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda ularni ijobiy hal qilish yo‘llari, Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023 30 maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘z faoliyatida elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganar ekan, bu jarayonning natijasi kafolatlaydigan samaralar xususida quyidagilarni aytib o‘tadi: multimedia taqdimotlari maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tushunarli bo‘lgan majoziy malumot turiga ega bo‘lganligi sababli ular o‘rganilayotgan materialni yaxshiroq o‘zlashtiradi va mustaqil ravishda o‘z bilimlarini oshiradi; kompyuter va multimedia effektlarining jozibadorligi tufayli bolada o‘qish uchun motivatsiya va matematikaga qiziqish kuchayadi; bolalarda olingan bilim uzoq vaqt davomida xotirada qoladi va ularni amaliy qo‘llash uchun tiklash osonroq bo‘ladi[10, 39]. D.S.Nosirova, U.M.Xalikova[7, 87; 10,39] OTM faoliyatiga raqamli texnologiya (elektron ta’lim resurs)larini tatbiq qilish jarayonida ko‘zga tashlanayotgan muammolar xususida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tadi: Internet aloqasining notekis taqsimlanganligi hamda sifatining pastligi; barcha ta’lim sub’ektlarida AKT moslamalarining etarli emasligi; ta’lim sub’ektlarida mediaaxborot qurilmalaridan foydalanish ko‘nikma, malakasi (media savodxonlik darajasi)ning pastligi; masofaviy ta’lim shaklida ta’lim sub’ektlari uchun javobgarlikning to‘liq ta’minlanmaganligi. Ayrim tadqiqotchilar ta’lim tizimini raqamlashtirishning bir qator afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga muayyan salbiy oqibatlarni yuzaga keltirishini ham aytib o‘tadi. Xususan, N.I.Kasperskaya ta’lim tizimini raqamlashtirishning salbiy oqibatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tadi: referatlar, uy vazifalari, muammolarni hal kilish va testlarni ishlashdan ko‘chirmachilik, talabalarning turli yordamlardan foydalanish bilan bog‘liq salbiy harakatlarining oldini olishdagi murakkablik; ta’lim, madaniyat hamda axloq tamoyillariga ziyon yetkazilishi; talabalarda akademik sifatlar (xatosiz yozish, to‘g‘ri hisoblash, mutola madaniyatini o‘zlashtirish, mantiqiy fikrlash qobiliyati)ning pasayishi yoki yo‘qolib borishi; pedagog rolining o‘zgarishi, uning psixologik tayyorgarligiga bo‘lgan talabning ortishi; akademik guruhlarda jamoaviylik kayfiyati, ruhiyatining yo‘qolishi; talabalarda o‘z bilimini o‘quv auditoriyasida jonli mulokot shaklida namoyon qilish malakasining tanazuli[4]. A.X.Maxmudov, Z.B.Abduraxmonov tomonidan raqamli texnologiya mohiyati, bu turdagi texnologiyalarni ta’lim tizimiga tatbiq etishning ustuvor jihatlari va muammolarini o‘rganish bilan birga ularning ta’lim ta’lim tizimiga tatbiqi tarixi hamda istiqbolli yo‘nalishlarini ham tahlil qilingan. Mualliflarning e’tirofiga ko‘ra, raqamli texnologiyalar bundan 60 yil oldin ilk marta AQSHda ta’lim tizimiga joriy qilingan. Shu sababli mazkur turdagi texnologiyalar yordamida tashkil qilinadigan ta’lim shakllari, xususan, onlayn ta’lim, ochiq ta’lim resurslari, ochiq kurslar, Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023 31 ommaviy ochiq onlayn kurslar va boshqalar ham dastlab AQSHda tashkil qilingan[5, 98]. O‘z izlanishlari davomida A.X.Maxmudov va Z.B.Abduraxmonov O‘zbekistonda ham raqamli ta’lim texnologiyalarini o‘qitish amaliyotiga tatbiq qilishda raqamli kutubxona hamda universitetning raqamli kampuslarini qo‘shimcha yo‘nalishlar sifatida rivojlantirish maqsadga muvofiq ekaniga e’tiborni qaratadi. Zero, raqamli kutubxona talabalar bilan birga pedagoglar uchun ham ularning bo‘sh vaqtga egaligidan qat’iy nazar elektron qurilmalar yordamida ixtiyoriy ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlardan foydalanishda keng imkoniyatni yaratsa, universitetning raqamli kampuslari talabalarga nafaqat ta’lim olishda, balki kundalik maishiy hayotni samarali yo‘lga qo‘yish, vaqtni tejash, barcha turdagi kundalik faoliyatni muayyan hududda amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi[5, 98]. MDH mamlakatlari hamda O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish mavzusida olib borilgan tadqiqotlar mazmunini nazariy tahlil qilish natijasiga ko‘ra quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. Z.B.Abduraxmonov, P.V.Vedeneev, A.S.Zavarixin, J.N.Zayseva, T.N.Kazarina, B.A.Krasilnikova, A.X.Maxmudov, D.S.Nosirova, R.A.Parpieva, V.I.Soldatkin, V.S.Tarasov, U.M.Xalikova, D.P.Xashimova kabi tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida “raqamli ta’lim”, “raqamli ta’lim texnologiyalari”, “raqamli ta’lim muhiti” tushunchalarining mazmuni pedagogik jihatdan tavsiflangan hamda ko‘zda tutilgan jarayonning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlovchi yo‘l, shakl, metod, vosita va usullar o‘rganilgan. 2. Global axborotlashuv sharoitida o‘quv muassasalarida raqamli ta’lim muhitini shakllantirishda ahamiyatli tendensiyalar qaror topmoqda. Xususan, ta’lim tashkilotlarining ilmiy-o‘qitish majmualardagi transformatsiyasi; ommaviy oliy ta’limning rivojlanishi; ta’limning yakuni sifatida bilimlar va xodimlar kompetensiyalarining doimiy eksponensial oshirib borishi (o‘sish ko‘rsatkichlarining mavjud miqdor ko‘rsatkichlariga proporsionalligi); ta’lim xizmatlari uchun to‘lov turlarining kengayishi va o‘qitish tizimining tijoratlashuvi; AKTdan foydalangan holda masofaviy o‘qitishning rivojlanishi; ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘qitish, pedagoglarni kasbiy tayyorlash, OTM faoliyatini moliyalashtirish, ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha global raqobatning kuchayishi; turli (masalan, Coursera, Moodle, Edx, Universarium, Lektorium va hokazo kabi) ta’lim platformalarining rivojlanishi; ta’lim jarayoniga sun’iy intellektni tatbiq qilinishi kabi tendensiyalar. 3. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda o‘quv muassasalarida raqamli ta’lim muhitini yaratish borasidagi muammolar – sifatli elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish; ularning sifatini nazorat qilish; raqamli ta’lim texnologiyalaridan Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023 32 foydalanish jarayonida talabalar va pedagoglar o‘rtasida interfaollikni qaror toptirish va uning yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash; ta’lim jarayonida turli xil shablonlar (yordamchi elektron vositalar bo‘lgan kalkulyator, navigator, orfografik xatolarni to‘g‘rilovchi, lug‘at, buxgalterlik va yuridik hujjatlarning shablonlari)dan foydalanishga cheklov o‘rnatish, aksincha, talabalarning kreativ, tanqidiy va tahliliy mushohada yuritish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘quv-metodik materiallarni yaratish; o‘zbek tilidagi asosiy hamda yordamchi o‘quv adabiyotlarini, xususan, multmedia mahsulotlarini yaratish; iqtisodiy jihatdan arzon, biroq, unumdorligi yuqori bo‘lgan milliy ta’lim platformalarini yaratish kabilarni samarali bartaraf qilish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tilgan. 4. Zamonaviy sharoitda raqamli ta’lim muhitida tashkil etilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish maqsadga muvofiq ekanligi aytilgan. 5. OTMda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda talabalarning o‘quvbilish faoliyatini izchil nazorat qilish, o‘quv topshiriqlarining har talaba tomonidan mustaqil bajarilishi, plagiatlikka yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashning puxta mexanizmini ishlab chiqish zarur deb topilgan. 6. Raqamli ta’lim muhitiga ega OTMning raqamli kutubxona hamda texnoparklardan iborat kampuslarga ega bo‘lishi talabalarning sifatli ta’lim olishiga yordam beradi. OTMda raqamli ta’lim muhitini yaratish muammosini tadqiq qilish chog‘ida tanlangan masalani nazariy jihatdan o‘rganilish holatini tahlil qilish bilan birga uning pedagogik amaliyotda qanday vaziyatda ekanini aniqlashga ham e’tibor qaratildi. Bu boradagi harakatlar quyidagi natijalarni berdi: respondentlar “raqamli ta’lim” tushunchasini “onlayn ta’lim” (86 foiz), “kompyuter yordamida tashkil qilingan o‘qitish” (14 foiz) ekanini aytib o‘tgan bo‘lsalar-da, “raqamli ta’lim muhiti” atamasini “kompyuterlar bilan jihozlangan auditoriya” (85 foiz), “kompyuter va Internet asosidagi ta’lim” (15 foiz) deya talqin etgan. Talabalarning aksariyati raqamli ta’lim komponentlari sifatida kompyuter, Wi-Fi yoki modemni (73 foiz), shaxsiy kompyuter, planshet, Internet hamda Wi-Fini (19 foiz) tushunishlarini qayd etgan bo‘lsalar, 8 foizi javob bermagan. Respondentlar uchinchi savolni avvalgi savolning mantiqiy davomi sifatida qabul qilgan hamda ko‘rsatilgan foizlar asosida OTMda raqamli ta’lim muhiti yaratilgan, deb hisoblashlarini bildirgan. OTMda raqamli ta’lim muhitini yaratish respondentlarning fikriga ko‘ra, axborot texnologiyalari rivojlangan mavjud sharoitda u qadar murakkab emas (88/12 foiz mifdorda). Buning uchun, pedagog va talabalar tomonidan kompyuter hamda Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023 33 Internetdan foydalanish malakasini o‘rganishning o‘zi etarli. Savolning izchil davomi sifatida respondentlar bir ovozdan (100 foiz) “talabalar raqamli ta’lim muhitida tahsil olishga tayyor”, deya javob qaytargan. Xuddi shu (100 foiz) ko‘rsatkich bilan ta’lim jarayonining raqamli texnologiyalar yordamida tashkil etilishi quyidagi afzalliklarga egaligi qayd qilib o‘tgan: vaqt tejaladi; istalgan makonda ta’lim olish mumkin; qishloq, tuman markazlaridan viloyat markazlariga, viloyatlardan poytaxtga kelishga hojat yo‘q va shu sababli talaba yotoqxona muammosiga duch kelmaydi; ta’lim jarayonida bevosita “sub’ekt-sub’ekt” muloqoti bo‘lmaganligi sababli korrupsion holatlarning oldi olinadi. “Ta’lim jarayonining raqamli texnologiyalar yordamida tashkil etilishi talabalar uchun qiyinchiliklarni yuzaga keltiradimi”, degan mazmundagi ettinchi savolga talabalar (100 foiz) faqat Internet bilan bog‘liq muammolarni aytib o‘tgan. YA’ni, ayrim hududlarda Internet bilan bog‘lanish qiyin; Internet tezligi past; ba’zan elektr energiyasidagi uzilishlar tufayli pedagog bilan onlayn bog‘lanishning imkoni yo‘q. Respondentlarning yakdil yondashuvlariga ko‘ra (100 foiz), OTM pedagoglarining raqamli ta’lim muhitidagi faoliyati an’anaviy o‘qitish tizimidagi faoliyatlaridan farqlanmaydi. Raqamli ta’lim muhitida o‘qitish sifati va samaradorligi oshganligini baholar ekan, talablarning 53 foizi ijobiy, 47 foizi salbiy javob qaytargan. Ularning fikricha, pedagoglarning kompyuter, Internet va Wi-Fidan foydalanishdagi tajribalari etarli bo‘lmaganligi sababli onlayn ta’limning aksariyat qismi texnologik jarayonlarni tashkil qilishga sarflanyapti; talabalar onlayn mashg‘ulotlar o‘z vaqtida ulana olmaydi; onlayn mashg‘ulotlarga kech bog‘langan talabalar bilan pedagog o‘rtasidagi muloqot darslarning mazmuni, sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi savol yuzasidan javob qaytarar ekan, talabalar respublika OTMda raqamli ta’lim muhitini samarali yaratish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish zarurligini aytib o‘tadi: Internet aloqasi sifatini yaxshilash, Internet tezligini oshirish (41 foiz); pedagoglarning kompyuter va Internetdan samarali foydalanish malakalariga ega bo‘lishlarini ta’minlash (34 foiz); raqamli ta’lim texnologiyalari oqolona boshqarishga erishish (14 foiz); raqamli ta’lim muhitini xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida yaratish va uning texnologik jihatdan to‘g‘ri ishlashini ta’minlash (11 foiz). Amaliyotchi-pedagoglar o‘rtasida tashkil qilingan anketa so‘rovi bo‘yicha javoblar mazmunan talabalarning javoblariga yaqin bo‘lib, ulardan ko‘rsatgichlar bo‘yichagina farqlandi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023 34 Asoslovchi tajriba davrida, shuningdek, respondent-talabalarning raqamli ta’lim texnologiyalari yordamida kasbiy bilim hamda kompetensiyalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlashga e’tibor qaratildi. Dastlab test so‘rovi yordamida respondent-talabalarning raqamli texnologiyalar yordamida kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi aniqlandi. Amaliy harakat quyidagi natijalarni qo‘lga kiritish imkonini berdi (1-jadval): 1-jadval Respondent-talabalarning raqamli texnologiyalar yordamida kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi № Guruhlar Respondentlar soni (nafar hisobida) Bilim darajasi Past O‘rta YUqori 1. Tajriba guruhi 172 94 47 31 2. Nazorat guruhi 176 97 44 35 Asoslovchi tajriba davrida respondent-talabalar raqamli ta’lim texnologiyalari yordamida kasbiy bilimlarga doir keys va amaliy topshiriqlarni bajarishga jalb qilish orqali ularning kasbiy, malaka va kompetensiyalariga egaliklari ham aniqlanib, miqdor ko‘rsatkichlar asosida baholandi (2-jadval): 2-jadval Respondent-talabalarning raqamli texnologiyalar yordamida kasbiy kompetensiyalarni o‘zlashtirish darajasi № Guruhlar Respondentlar soni (nafar hisobida) Bilim darajasi Past O‘rta YUqori 1. Tajriba guruhi 172 120 33 19 2. Nazorat guruhi 176 117 36 23 1-2-jadval ko‘rsatkichlari tajriba hamda nazorat guruhlarida qo‘lga kiritilgan miqdor natijalarning bir-biridan kesin farqlanmasligidan dalolat beradi. Jadvallar ko‘rsatkichlarini gistogrammada ifodalash tajriba hamda nazorat guruhlari o‘rtasidagi farqning u qadar sezilarli emasligini yaqqol ko‘rsatadi. Bu esa esa tegishli yo‘nalishda maxsus metodikani ishlab chiqishni taqozo qiladi. Shu bois shakllantiruvchi tajriba davrida OTM talabalarining raqamli ta’lim texnologiyalari yordamida kasbiy bilim va kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan maxsus metodika ishlab chiqildi. Maxsus metodikaning mohiyati, amaliy qiymati, Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023 35 ta’limiy ahamiyati xususida ishning ikkinchi va uchinchi boblarida batafsil so‘z yuritiladi. XULOSA Shunday qilib, so‘nggi o‘n yillik davomida iqtisodiy jihatdan rivojlangan xorijiy davlatlarda raqamli ta’lim muhitini yaratish muammosi bo‘yicha turkum tadqiqotlar amalga oshirildi. Oxirgi besh yilda esa O‘zbekistonda ham raqamli ta’lim muhitini yaratish muammosi dolzarblashdi. COVID-19 sharoitida mazkur muammo yanada dolzarblik kasb etdi. Shu bois O‘zbekiston OTMda ham onlayn ta’limni tashkil etish bo‘yicha dastlabki amaliy tajriba to‘plandi. SHunga qaramay, respublikada hozirga qadar raqamli ta’limni yaratishning puxta asoslangan mexanizmi ishlab chiqilmadi, tizim yaratilmadi. Bu holat o‘z navbatida OTMda raqamli ta’lim muhitini yaratish muammosini jiddiy tadqiq qilish va maxsus metodikani yaratishni taqozo qiladi. ADABIYOTLAR (REFERENCES) 1. Алюнова Т.И. Проблемы цифровизации в современном вузе. Педагогика и современное образование: традиции, опыт и инновации : сб. ст. VIII Междунар. науч.-практ. конф,- Пенза : МЦНС «Наука и Просвещение», 2019. - С. 45. 2. Вайндорф-Сысоева М.Е., Субочева М.Л. “Цифровое образование” как системообразующая категория: подходы к определению // Ж. Вестник Московского государственного областного университета. Серия: Педагогика. – М.: 2018. - № 3. – С. 25-36; 3. Зайцева Ж.Н., Солдаткин В.И. Генезис виртуальной образовательной среды на основе интенсификации информационных процессов современного общества // Ж. Информационные технологии. – Киев: 2000. - № 3. – С. 44-48; 4. Касперская Н.И. Цифровая экономика и риски цифровой колонизации: информационный портал семейной политики (2019) // https://ivan4. ru/news/traditsionnye_ semeynye_tsennosti. 5. Махмудов А.Х., Абдурахмонов З.Б. Таълимда замонавий рақамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуқлари ва муаммолари // Ж. Academic research in educational sciences. – Чирчиқ: 2021. – 98-б. 6. Никулина Т.В., Е.Б.Стариченко. Информатизация и цифровизация образования: понятия, технологии, управление //Ж. Педагогическое образование в России. – Екатеринбург: 2018. - № 8. – С. 107; 7. Носирова Д.С. Рақамли технологиялар воситасида ўқув жараёнини ташкил этишнинг муаммолари ва истиқболлари // Models and methods in modern science: International scientific-online conference. - p. 87. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023 36 8. Тарасов С.В. Образовательная среда: понятие, структура, типология // Ж. Вестник Санкт-Питербургского ГУа им. А.С.Пушкина. – СПб.: 2011. - № 11. – С. 133-138. 9. Устюжанина Е.В., Евсюков С.Г. Цифровизация образовательной среды: возможности и угрозы // Ж. Вестник РЭУ им. Г.В.Плеханова. – М.: 2018. - № 1 (97). – С. 3-12. 10. Халикова У.М. Рақамли технологиялар воситасида мактабгача ёшдаги болаларнинг элементар математик кўникмаларини шакллантириш // Ж. Scientific progress. – Chirchik: 2021. Vol.2. Ussue 4. – p. 39. 11. Хашимова Д.П., Парпиева Р.А. Замонавий таълимда рақамли технологиялардан фойдаланиш истиқболлари // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron j. – Т.: 2020. - № 3, may-iyun. – 151-152-б. 12. Электронные компоненты информационно-образовательной среды / B.А.Красильникова, П.В.Веденеев, А.С.Заварихин, Т.Н.Казарина // Ж. Открытое и дистанционное образование. – Томск: 2002. Выпуск 4 (8). – С. 54- 56. 13. Bakhromjan, D. (2023). Preparing Future Teachers for Innovative Activity is an Important Pedagogical Need. World of Science: Journal on Modern Research Methodologies, 2(6), 27-30. 14. Siddikov, B., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции. 15. Xonqulov, S. (2023). OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA RAQAMLI TA’LIM MUHITINI YARATISHNING KONSEPTUAL MAZMUNI. Наука и инновация, 1(4), 128-131. 16. Xonqulov, S. (2023). OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA RAQAMLI TA’LIM MUHITINI YARATISHNING USTIVOR TAMOYILLARI. Наука и инновация, 1(4), 132-135. 17. Джалалов, Б. Б. (2022). BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA SMARTTA’LIMNING IMKONIYATLARI. УЧИТЕЛЬ, 3(4).
Bugungi kunga kelib dunyoda ta’lim berish va ta’lim olish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Chunki aynan sifatli ta’lim biz yashab turgan dunyoni turli muammolardan qutqarishda muhim rol o'ynashi endi hech kimga sir emas. Shu tufayli davlatlar ta’lim sohasiga katta mablag' ajratmoqdalar. Bu borada mamlakatimizda ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday bo'lishiga qaramay ta’lim tizimimizda hali o'z yechimini kutayotgan qator masalalar borki, ularni bartaraf etmasdan zamonaviy sifatli ta’lim haqida gapirib bo'lmaydi. Xususan, axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda, fikrimizcha, ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni jalb etmasdan ta’lim sifatini oshirish mumkin emas[1]. Biz ilgari ta’lim dasturlarini an’anaviy usulda ma’ruza shaklida olib borganmiz. Bu ham yirik xajmli kitoblar va qo'llanmalar orqali amalga oshirilgan. Bu o'z navbatida ta’lim sifatining u qadar yuqori bo'lishini ta’minlamagan. O'quvchilar turli qo'shimcha materiallarni o'zlashtirish uchun ham yirik hajmdagi adabiyotlar va katta sumkalarni ko'tarib yurishga majbur bo'lgan. Endilikda ta’limni raqamlashtirish jarayoni boshlandi. Bu esa ta’lim oluvchiga zamonaviy qulayliklar yaratib ta’lim olishni osonlashtirmoqda. Raqamli texnologiyalar joriy etilgan ta’lim tizimi vositalari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Bugun ular bilan ta’lim tizimining qurollantirilishi o'quvchilarga dars mashg'ulotlarini sifatli o'tilishini ta’minlaydi. Bugungi pandemiya sharoiti ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar qo'llanilishi yaxshi samara berishini isbotladi. Televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta’limga o'tishning bir debochasi sifatida qabul qilsak bo'ladi. Bu jarayon o'quvchiga uydan chiqmay turib ham ta’lim olish mumkinligini isbotlab berdi. Raqamli ta’limga o'tishning boshqa afzalliklari to'g'risida ham fikr yuritadigan bo'lsak ularga quyidagilarni kiritish o'rinlidir. - darsliklar elektron holatda ekranlarga ko'chadi; - o'quvchilar xohlagan joyida va xohlagan vaqtida ta’lim olish imkoniga ega bo'ladi; - o'quvchilar mutaxasis yetishmaydigan uzoq qishloqlarda ham fanlarni tanlash va uydan turib ta’lim olish imkoniga ega bo'ladi; - internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi; - ta’lim tizimini yangi bosqichga ko'taradi; - vaqt va mablag' sarfini keskin kamaytiradi; - “raqamli dunyo”da yo'qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega bo'ladi. Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida ham internet tezligi yetarli emas. Bu esa o'z navbatida raqamli ta’lim tizimiga o'tishga to'sqinlik qiladi. Buni bartaraf etish uchun esa hukumat darajasidagi katta ishlar amalga oshirish talab etiladi. Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomalarida ayni shu sohada ko'rsatmalar berilgani biz fikr yuritayotgan sohada sezilarli yuksalish yuz berishiga ishontiradi. Wi-Fi zonalar, IT parklar ochilishi raqamli ta’lim tizimini yuksalishiga xizmat qiladi. Raqamli ta’limning joriy etilishi o'qituvchilar orasida ishsizlikni keltirib chiqarishi ehtimolini yuzaga keltiradi, ammo buni ham bartaraf etish imkoni mavjud. Buning uchun o'qituvchilarni raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini o'stirish va internet orqali turli ochiq kurslar tashkil etish orqali bandligini ta’minlash mumkin. Bunda nafaqat mamlakatimizdagi balki chet eldagi qator ta’lim oluvchilarni ham jarayonga jalb etish imkoni bo'ladi. Bu o'z navbatida mustaqil mablag' topish imkonini bersa, ikkinchidan o'qituvchini o'z ustida ko'proq ishlashi va raqobat tufayli ta’lim sifatini yanada ortishiga xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda bunga telegram kanallari orqali amalga oshirilayotgan ta’limni misol sifatida keltirish mumkin. Bu kanallar orqali o'zlashtirish ko'p vaqt talab etadigan bilimlar qisqa muddatda yetkazib berilmoqda[2]. Xulosa sifatida aytish mumkinki raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etilishi mamlakat ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda katta rol o'ynaydi. Zamonaviy ta’limni tashkil etish va ta’lim samaradorligini ortishiga xizmat qiladi. Aynan zamonaviy raqamli ta’lim tizimining tashkil etilishi o'z navbatida kelajak avlodning bugungi raqamli dunyoda o'ziga xos o'rin topishiga xizmat qiladi. Raqamli ta’limning to'g'ri tashkil etilishi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun yetarli darajada asos bo'lib xizmat qiladi. Shu bilan birga jaxon hamjamiyatida davlatimizning muhim o'rin egallashimizni ta’minlaydi. Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro'yxati: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida. Toshкеnt, 2019-yil 26-noyabr. 2. Umumiy o’rta ta’limining Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi. 3. А.Ф. Кавтерев «Особенности использования компьютерных моделей при работе с сильными и слабоуспевающими учащимися» 4. Лебедева М. Б.Система модульной профессиональной подготовки будущих учителей к использованию информационных технологий в школе.
O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH: YUTUQLAR VA MUAMMOLAR
Muhammadjon Otabek o'g'li Tursunov Toshkent davlat yuridik universiteti tyutori
ANNOTATSIYA Maqolada oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish muammosi va uning yutuqlari kabi masalalarni ochib berilgan. Muallif o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etishning onlayn va masofaviy ta’limni rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq ijobiy tomonlarini izchil tadqiq qiladi. Kalit so'zlar: raqamlashtirish, oliy ta’lim, ta'limdagi innovatsiyalar, elektron ta'lim, onlayn ta'lim. Ushbu tadqiqotning dolzarbligi postindustrial davr tamoyillari va qadriyatlaridan kelib chiqqan holda zamonaviy jamiyat hayotida ta'limning alohida o'rni bilan bog'liq. Inson salohiyatining sifati, odamlarning tabiiy va ijtimoiy qiyinchiliklarga dosh berishga tayyorligi ko'p jihatdan ta'lim tizimi faoliyatining samaradorligiga bog'liq. O’zbekistonning hozirgi rivojlanish bosqichida bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar milliy ta'lim tizimini takomillashtirish zarurligiga olib keldi. Ta'lim jarayonining sifati kelajakda davlatning mutaxassislar bilan ta'minlanishiga muqarrar ravishda ta'sir qiladi va shuning uchun bu muammolarga alohida e'tibor qaratish lozim. Milliy ta’limni takomillashtirish jarayonida har yili zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati ortib bormoqda, ularning joriy etilishi ta’limni modernizatsiya va rivojlantirish, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish va ta’limni fanga yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bunday texnologiyalar asosan ta'lim faoliyatiga mavjud yondashuvlarni qayta ko'rib chiqishni, shuningdek ularning jamiyat va alohida ijtimoiy guruhlarga ta'sirini tahlil qilishni talab qiladi. Shu munosabat bilan o'quv jarayonini texnologiyalashtirish va uning ijtimoiy oqibatlarini o'rganish ilmiy tadqiqotning juda dolzarb yo'nalishi bo'lib ko'rinadi. Axborot inqilobi zamonaviy jamiyat hayotiga tez kirib, uning hayotining turli sohalari faoliyatini sezilarli darajada o'zgartirdi [5]. Raqamlashtirish axborot inqilobining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida nafaqat ta’lim tizimi mexanizmiga mustahkam o‘rnashib oldi, balki ushbu mexanizmni, ta’limning mohiyati va xarakterini tubdan o‘zgartirdi. Agar ta'lim toifasini klassik tushunish haqida gapiradigan bo'lsak, bu o'quvchi o'zlashtirishi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalar tizimini, shuningdek, ijodiy faoliyatda tajriba va SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 2 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 214 dunyoga qadrli munosabatni o'zlashtirishni anglatadi. Ta'lim boshqa faoliyat turlaridan oldin bo'lib, shaxsni ijtimoiylashtirishda ham, jamiyat taraqqiyotida ham muhim omil hisoblanadi. Zamonaviy jamiyat hayotida ta'lim muassasasining roli o'sishda davom etmoqda. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja'atnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo'yicha quyidagilarni aytib o'tdi: "Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko'tarish maqsadida men yurtimizda 2020 yilga "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili ", deb nom berishni taklif etaman "[1]. Yangi raqamli texnologiyalar axborot jamiyatining asosi sifatida qabul qilinadi. Axborot jamiyati - bu jamiyat a'zolarining aksariyati axborotni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash bilan shug'ullanadigan jamiyat deb ta'riflanadi. Hozirgi vaqtda ko'plab universitetlar oliy ta'lim muassasasining o'quv jarayonida yangi texnologiyalardan foydalanish bo'yicha aniq raqamli strategiyalarni ishlab chiqmoqda. Shuning uchun ham ta’lim jarayonini raqamli tashkil etish va talabalar va o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, jamiyatni raqamlashtirishni pedagogik tadqiqotlarning asosiy mavzulari sifatida belgilash zarur. Elektron “aqlli” qurilmalar va sensorlar, bulutli texnologiyalar, ilg‘or tahliliy vositalar kabi rivojlangan texnologiyalar oliy ta’lim mazmunini o‘zgartirmoqda. Ushbu texnologiyalar o'quv jarayonini takomillashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Shu bilan birga, o'qituvchining raqamli savodxonligi muhim ahamiyatga ega, bu "o'qituvchining kerakli natijalarga erishish uchun mavjud texnologiya va qurilmalardan foydalangan holda bilim va ko'nikmalarini" rivojlantiradi. Zamonaviy sharoitda universitetlar talabalarga o'quv jarayonida raqamli texnologiyalardan maksimal darajada foydalanishni o'rgatish majburiyatini oladi. To'g'ri ta'lim strategiyasini ishlab chiqadigan universitetlar talabalar va professor-o'qituvchilar bilan o'zaro munosabatlar uchun ko'plab qiziqarli yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin. Raqamli texnologiyalar yordamida aniq natijalarga erishishning yagona yo'li yo'q. Individual o‘qituvchilarga raqamli texnologiyalar bilan ishlashning yangi usullarini sinab ko‘rish imkoniyatini berish va ularga kerakli yordamni berish orqali o‘qituvchilar malakasini oshirish kolleji o‘zining raqamli identifikatoriga ega bo‘lgan dinamik muassasaga aylanishi mumkin. Raqamli asrdan foydalanish har bir o‘qituvchining o‘ziga bog‘liq. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 2 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 215 O‘zbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturida ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlash masalasi asosiy omillardan biri sifatida kiritilgan. U inson resurslari va ta'limning quyidagi asosiy yo'nalishlarini belgilaydi: texnologiya bo'yicha shaxsan ta'lim berish; mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilimga ega mutaxassislar tayyorlanishi mumkin bo‘lgan ta’lim tizimini yaratish; oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash; raqamli iqtisodiyotni har tomonlama o‘rganish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy ilmiy va amaliy adabiyotlarni yaratish; mehnat bozori mexanizmlarini ishlab chiqish; elektron platforma texnologiyalaridan foydalangan holda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida milliy ekotizimlarni yaratish [3]. Shu bois respublikamizda raqamli iqtisodiyot dasturi yaratildi va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ta’limni raqamlashtirishning eng muhim chorasi malakali kadrlar tayyorlash va raqamli axborot infratuzilmasini yaratish bo‘ldi. Shuning uchun har bir universitet o'qituvchisi o'z yo'l xaritasini ishlab chiqdi, bu esa ta'lim uchun katta qiziqish uyg'otdi. Raqamli innovatsiyalar sohasida ishlaydigan kadrlar tayyorlanishi va o'qitilishi kerak. Raqamli effektlarning tarqalishi sanoatga qarab farq qiladi, shuning uchun o'qitish raqamli iqtisodiyotga mos kelishi kerak. Shunday qilib, bizning tadqiqotimiz ta’lim sohasini raqamlashtirishni xolisona tahlil qilishga urinishni amalga oshirdi va mamlakatimiz ta’lim tizimida raqamlashtirishni rivojlantirishning qator muammolari va istiqbollarini aniqlash imkonini berdi. Raqamli inqilobni “qo‘llab-quvvatlovchi” argumentlar orasida biz mehnat bozoridagi tub o‘zgarishlarni, yangi vakolatlarning paydo bo‘lishini, hamkorlikni yaxshilashni, fuqarolarning mas’uliyatini oshirishni, ularning mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatini ta’kidlaymiz; ta'lim jarayonlarini o'zgartirish, axborotni topish va muammolarni hal qilishda talabaning rolini oshirish, muloqot qobiliyatlari va ijodkorlikni rivojlantirish; iqtisodiy samaradorlik, vaqt va geografik chegaralarning yo'qligi, o'qituvchi ishini individuallashtirish, optimallashtirish imkoniyati [2]. Biroq, chuqurroq o'rganib chiqqach, bu dalillarni unchalik aniq talqin qilish mumkin emas. Jamiyat uchun raqamlashtirishning xavf-xatarlari ta'lim, keyin esa boshqa barcha ijtimoiy munosabatlarning insoniylashuvi, odamlarning intellektual madaniyati inqirozining mumkin bo'lgan chuqurlashishi, ularning ijodiy bo'lish qobiliyati, qadriyatlarga asoslangan pragmatizm va individualizmning kuchayishi bilan bog'liq [4]. Mahalliy ta’lim tizimida raqamlashtirishni rivojlantirishning yaqin istiqbollari uchta belgilovchi yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 2 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 216 - birinchidan, ta’lim muassasalarini yuqori sifatli dasturiy ta’minot, ta’lim resurslaridan foydalanish imkonini beruvchi axborot tizimlari bilan jihozlash; - ikkinchidan, bu talaba va o‘qituvchining bilvosita o‘zaro hamkorligini nazarda tutuvchi axborot (masofaviy) texnologiyalarni joriy etish; - uchinchidan, ta’lim faoliyatini tashkil etish va o‘quvchilar va o‘qituvchi o‘rtasidagi onlayn muloqotni tashkil etish imkonini beruvchi onlayn ta’lim (e-leaming). Albatta, raqamlashtirishning rivojlanishi o‘qituvchi va talabalarga qo‘yiladigan talablarni o‘zgartiradi, yangi tashkiliy ta’lim tuzilmalarini shakllantirishni rag‘batlantiradi. Raqamli ta'lim formatlarini joriy etish, shuningdek, ta'lim arxitekturasida murakkab o'zgarishlarni, o'qitishning odatiy shakllari va usullarida muqarrar o'zgarishlarni nazarda tutadi. Yuqorida aytilganlarning barchasidan xulosa qilishimiz mumkinki, mahalliy oliy ta'limni modernizatsiya qilish muqarrar, u zamon bilan hamnafas bo'lishi kerak, ammo innovatsiyalar xavfini hisobga olish va o'z samaradorligini isbotlagan an'anaviy ta'lim texnologiyalaridan voz kechmaslik kerak. O’zbekistonda samarali ta'lim muhitini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning muhim roli aniq, chunki ulardan foydalanish bilimlarni o'zlashtirish darajasini oshirishga, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, bilimlarni qo'llashga tayyorlikni shakllantirishga yordam beradi, amaliyotda nazariy bilim va mustaqil fikrlash asosida. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, ta’lim faoliyatida innovatsion texnologiyalardan foydalanish yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning zaruriy shartidir. Shu bilan birga, innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonida jamiyat uchun yangi xavf-xatarlar paydo bo'lishini unutmaslik kerak. Albatta, ilmiy tahlil va zamonaviy ta'lim muhitini amaliy o'zgartirish tajribasi bilan taqdim etilgan ularning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Ta'lim muassasalarining yana bir muhim guruhi mintaqalarda intellektual markazlashtirish markazlari vazifasini bajarishi kerak bo'lgan universitetlar bo'ladi. Universitetlarga onlayn ta'lim jarayonlarini qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratishlari uchun takomillashtirilgan universitet funktsiyalari bilan ta'minlash muhimdir. Bu ta’lim muassasalarining vazifasi oliy ta’limni maksimal qamrab olishni ta’minlashdan iborat bo‘lib, bu hozirgi vaqtda har qanday rivojlangan davlat aholisi uchun ijtimoiy majburiyat hisoblanadi. 2022-yil yakunida “O‘zbekistonda zamonaviy raqamli muhit” loyihasi tadqiqotchilari ish beruvchilar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalarini taqdim etdi. So‘rovda qatnashgan o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pi va talabalarning deyarli 90 foizi onlayn ta’lim platformalari taqdim etayotgan imkoniyatlarni yuqori baholaydilar, ammo an’anaviy oliy ta’lim talabalar uchun ustuvor masala bo‘lib qolmoqda [3]. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 2 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 217 Albatta, raqamli texnologiyalar ta'lim muassasasini katta darajada o'zgartirdi va ta'lim sohasida ijtimoiylashuvning yangi shakllarini talab qiladi [4]. Ular ta’lim olish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, shu bilan birga jamiyat oldiga yangi vazifalarni qo‘yadi, ularni qabul qilmasdan turib, O‘zbekiston jahon miqyosida raqobatbardosh bo‘lib qola olmaydi. Xulosa o'rnida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to'liq amal qiladigan demokratik davlat qurishga hamda mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatiga keng qulaylik yaratish va uni yuritishni soddalashtirish, yangi innovatsion g'oyalarni takomillashuviga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biri ekanligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Shu bilan birga bu riovojlanishning dastlabki bosqichlaridan biri bo'ladi. Adabiyotlar 1. http://uza.uz/ru/politics/poslanie-prezidenta-respubliki-uzbekistan-shavkatamirziyeev-25-01 -2020 2. Baxtiyorov I. O’. (2022). Mamlakatimiz rivojlanishida raqamli texnologiyalarni tutgan ahamiyati. Ta’lim fidoyilari, 21 (6), 119-126. 3. Пашкова А.Ф., Абдурасулова Н. А. (2022). Цифровизация образования: проблемы и перспективы. Вестник Мининского университета, 8-31, 75. 4. Умарова М. Х. (2020). К вопросу о цифровизации образования в Республике Узбекистан. Наука и образование сегодня, (12 (59)), 42-43. 5. Yuldoshev R.R. (2022). Digitalization of higher education: prospects and risks. Law and Practice, (1), 94-102.
Ta’limni raqamlashtirish: Estoniya, Singapur va Janubiy Koreya tajribasi
Manba: https://sinaps.uz/maqola/3504/
Bu davlatlar quyidagi yutuqlari sababli xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturlarida yetakchiga aylandi. Sifatli va raqobatbardosh ta’lim — barqaror iqtisodiy o‘sish, fan va texnologiya rivoji, ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilashdagi muvaffaqiyat garovi. Raqamlashtirish ta’lim sifatini yaxshilaydi, aynan shu sabab ham texnologiyalar qator mamlakatlarda faol tarzda ta’lim tizimiga kiritilmoqda: bu o‘quvchilar o‘zlashtirishining monitoringini yaxshilabgina qolmay, o‘qish jarayoni qiziqarliroq, uning natijalari sezilarli darajada yuqori bo‘lishiga yordam beradigan yangi ta’lim usul va yondashuvlarini ishlab chiqishga ham yordam beradi.
PISAʼga¹ muvofiq o‘quvchilar muvaffaqiyatlari natijalariga ko‘ra yangi ta’lim texnologiyalarini amalda qo‘llayotgan ilg‘or mamlakatlar ichida quyidagi uchta mamlakat yetakchilik qiladi: Estoniya, Singapur va Janubiy Koreya.
Estoniya ta’limini raqamlashtirish 1990-yil oxirida boshlangan. U davlat va mahalliy, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, tadbirkor, sarmoyador va universitetlarning faol ishtirokida ishga tushirildi va bu muvaffaqiyatli hamkorlik hozirgacha davom etmoqda. Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlari o‘quv muassasalarining texnik jihozlanishini nazorat qiladi, zarur hollarda esa yangi jihozlar sotib oladi. Universitetlar (misol uchun, Tartu va Tallin texnologiya universitetlari) kurs va treninglar o‘tkazadi, ularda o‘qituvchilar yangi uskunalardan foydalanish ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi, o‘qitishning innovatsion usullarini o‘rganadi va ta’lim sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan yaqindan tanishadi. Yirik xalqaro (Microsoft, Samsung) va mahalliy kompaniyalar, xayriya jamg‘armalari (Information Technology Foundation for Education, Estonian Association of Information Technology and Telecommunications) turli tanlovlar tashkil qiladi. Ularda ishtirok etish maktab va tashabbuskor guruhlarga yangi jihozlar xarid qilish va ta’lim kurslarida o‘qish uchun grantlar yutib olish imkonini beradi.
Estoniya maktablarida o‘qituvchilarning o‘rni juda katta. Ular o‘z ish faoliyati yoki maxsus o‘quv mashg‘ulotlaridagi ishtirokidan orttirgan tajribasidan kelib chiqqan holda o‘quv rejalarini mustaqil belgilashi mumkin. Yuqorida keltirilganidek, o‘qituvchilar ulardan foydalanish ko‘nikmalarini maxsus treninglarda o‘rganib oladi.
Bugungi kunga kelib estoniyalik maktab o‘quvchilari elektron o‘quv materiallari bilan ta’minlangan e-Schoolbag va Opiq xizmatlaridan muntazam foydalanadi, Roboversity orqali esa robot texnikalarini o‘rganish imkoniyatiga ega. Ota-onalar farzandlarining o‘zlashtirishini doim kuzatib turishi va o‘qituvchilar bilan maxsus eKool platformasida muloqot olib borishi mumkin.
1990-yillar boshida Singapur Maorif vazirligi ta’lim tizimini zamonaviylashtirishni boshladi. Ushbu bilimlar iqtisodi sharoitida Singapur maktabini hayotga tayyorlash yo‘nalishida dastlabki qadamlarini qo‘ydi: ilk bor o‘rta maktab va kollejlar o‘quv rejasiga “Kompyuter saboqlari” darsi kiritildi, mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchilar maktab o‘quvchilarini kompyuterdan foydalanishga o‘rgatadi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun texnologiyalarni faol qo‘llashning ahamiyati haqida hikoya qiladi.
Singapur Maorif vazirligining sohani raqamlashtirish yo‘lidagi keyingi qadamlari belgilangan “bosh rejalar” asosida bo‘ldi. Ularda ta’lim jarayoniga texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq maqsad va vazifalar belgilangan bo‘lib, maktab rahbariyati va o‘qituvchilarning o‘quv jarayonidagi rolini oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning texnologiyalardan yanada keng foydalanishi, XXI asr uchun yangi talablarni ishlab chiqish kabi asosiy yo‘nalishlar kiritilgandi. Asta-sekinlik bilan o‘quvchilar va ular foydalanayotgan texnik vositalar nisbati 1:1 ga yetkazildi. Yangi texnologiyalar har bir insonga, yashash joyidan qat’i nazar ta’lim olish imkonini beruvchi vosita sifatida qabul qilina boshlandi: bu “uzluksiz ta’lim” g‘oyasi vujudga kelishida muhim omil bo‘ldi.
2015-yildan Singapur ta’limida asosiy urg‘u “ijodkorona o‘qitish”ga berila boshlandi: o‘qituvchilar ta’lim muhiti dizaynerlari sifatida mashg‘ulotlarni yangi texnologiyalar yordamida o‘tkaza boshladi. Bu o‘quv jarayonini alohida ta’lim olishga ham moslashtirdi, o‘quvchilar har qayerda va har qanday vaqtda ta’lim olish imkoniga ega bo‘ldi.
Janubiy Koreya ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni kiritish jarayoni 1980-yillarda boshlangandi. Bu paytda ko‘pgina salbiy dunyoviy o‘zgarishlar (aholining qarishi, yoshlar o‘rtasida ishsizlikning ko‘payishi va h.k.) mamlakat hukumatida milliy ta’lim tizimiga jadal yangiliklar kiritish g‘oyasini uyg‘otdi. Koreya ta’lim va fan olami raqobatdoshligining umumiy oshirilishi mamlakatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan edi.
2011-yilda Koreya Respublikasi Maorif vazirligi va Axborot jarayonlari bo‘yicha Prezident kengashi “A Road to the Power of Talented Individuals! SMART Education” (Iqtidorli shaxslar salohiyat va qudrati sari yo‘l! Aqlli ta’lim), qisqacha — SMART Education loyihasini taqdim etdi. SMART dasturi, birinchidan, maktablarda bahs-munozaralarda va loyihalashtirish faoliyatida ishtirok etishga qiziqtiruvchi, o‘qituvchi va o‘quvchilarga bir-biri bilan teng muloqot qilish imkonini beruvchi yangicha ta’lim muhitini yaratishni ko‘zda tutadi. Ikkinchidan, dastur barcha xohlovchilar uchun tahsil olish imkonini kengaytiruvchi, yangi ko‘nikma va bilimlar olish yoki o‘tkazib yuborilgan mashg‘ulotlarni o‘rganib olish imkonini beruvchi masofaviy ta’lim rivojiga e’tibor qaratadi.
Darslarda o‘qituvchilar turli multimedia materiallaridan foydalanadilar, o‘quvchilar bilan muloqotga kirishadilar. Masofaviy mashg‘ulotlarda esa o‘qituvchi maxsus ishlab chiqilgan o‘quv materiallaridan foydalanadi, ijodiy muhit yaratadi va bilimlarni baholaydi. Ta’lim berish davomida maxsus murabbiy ham biriktirilgan bo‘lib, u o‘quvchilarning bilim olish jarayonini kuzatadi, o‘qituvchilarning virtual va bulut texnologiyalari bilan ishlashlariga ko‘maklashadi.
So‘nggi yillarda Janubiy Koreyada virtual maktab va universitetlar faol ko‘payib bormoqda. Ularda ta’lim jarayoni to‘laqonli ravishda onlayn ta’lim vositalari yordamida o‘tadi, o‘quvchilar esa o‘zlarini qiziqtirgan kurslarni aynan oʻz qiziqishi doirasida tuzilgan o‘quv rejasi bo‘yicha o‘tadi.
Uchala mamlakatda ta’limni raqamlashtirish borasida ahamiyatli yutuqlarga erishildi. Bu PISA va TIMSS² o‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturlarida mamlakatlar ko‘rsatkichlarini sezilarli ravishda yaxshilash imkonini berdi. Texnologiyalarning haddan ziyod ko‘p ishlatilishi bilan bog‘liq qiyinchiliklar jamoatchilik suhbatlari va malaka oshirish kurslari orqali hal qilindi: tanqidiy fikrdagi o‘qituvchilar va ota-onalarga maktabda yangi texnologiyalardan foydalanish o‘quv jarayonini rang-barang va qiziqarli qilibgina qolmay, bolalarni kompyuter savodxonligiga va XXI asrning boshqa muhim yangiliklariga oshno qilish imkoniyatini ham berishi tushuntirildi.
Yangi texnologiyalardan cho‘chish kerak emas. Keling, ulardan xorijiy tajribani o‘zlashtirgan va xatolardan xulosa qilgan holda unumli foydalanaylik.
Manba: https://sinaps.uz/maqola/3504/
Manba: https://sinaps.uz/maqola/3504/
Manba: https://sinaps.uz/maqola/3504/
Manba: https://sinaps.uz/maqola/3504/
|
| |