partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati




Download 334.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana21.01.2023
Hajmi334.55 Kb.
#38892
1   2
Bog'liq
Amaliy mashg`ulot javoblari, bevosita Soliq turlari 9,21, Toshkent moliya instituti “moliya” mustaqil ta’lim topshiriqlari, dokumen.tips malumotlar-tuzilmasi-va-algoritmlar-asosida-nazariy-bilimlarini-hamda, 2-mavzu ma’lumotlarni relyatsion boshqarishning asosiy vositala, Amaliy-Xorijiy-til-fransuz-tili-1, Ingliz tili grammatikasi (M.G apporov R.Qosimova), AKT Mustaqil ish, axborot-va-undan-yoshlarning-foydalanish-xususiyatlari, FALSAFA O\'UM SIRTQI TA\'LIM UCHUN 2022-2023, ITT mustaqil ish 4, Tu`sindiriw xati, A`meliy jumis, Презентация1

partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati 
hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, 
tanqidiy tahlil o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning 
echimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi 
tobora ko‘proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p 
partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan 
vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining 
konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya 
jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini 
xalqimiz va kelajak avlodga etkazish burchimizdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy 
davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini 
o‘rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash 
va chop etish borasidagi etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. Institutda 
O‘zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi “YAngi va eng 
yangi tarix”, “Etnologiya va antropologiya”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik” 
bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu erda eng yangi tarixni o‘rganishda tarix, 
xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, falsafa, 
iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi fanlararo 
yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda. YAna ahamiyatli jihati, institutning olti 
nafar etakchi olimi Jamoatchilik kengashi a’zosi hamdir. 
Olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “O‘zbekistonning 
eng yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manba va 
uslublar”, “O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, 
“O‘zbekistonning eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida 


iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991-1996 yillar)” kabi qator to‘plam va 
monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga 
oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin. 
Bizda, afsuski, O‘zbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini o‘rganish bilan 
shug‘ullanayotgan mutaxassislarning (tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar, 
faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular faoliyatini 
muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Bugun ilmiy 
gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda sarflanadigan kuch-
g‘ayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish murakkabligi barchaga 
ayon. 
Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik 
kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori kengash va tarixchilarga muhim 
yo‘riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va kengashning faoliyatini qayta 
ko‘rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan tadqiqotlar, kitoblar, 
monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal etmoq talabini 
qo‘ymoqda. 
Mazkur qarorda belgilanganidek, institut va kengash a’zolari qator rejalar, 
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, iqtisod, 
madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‘layotgan voqealar asosida 
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha kompleks yondashuvni 
ta’minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi va hal qilinishi 
muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik arsenalining tanqidiy 
tahlili va tegishli tarzda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid turli voqealarni 
tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan barcha ilmiy yo‘nalishlarning nazariy 
salohiyati yangilanishi bilan bog‘liqdir. 
1. O‘zbekiston tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 

Ilmiy xolislik (ob’ektivlik); 

Tarixiy – tahliliylik; 

Mantiqiy – uzviylik; 

Vorislik va izchillik; 

Xronologik izchillik; 

G‘oyaviylik va vatanparvarlik; 

Halol va xolislik; 

Qiyoslash va kuzatish; 

Kuzatish va umumiylashtirish; 

Baxslashish, munozara yuritish va isbotlash; 

Matematik hisoblash; 

SHakllash va modellashtirish; 

Ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka 
(deduksiya); 


Bugungi kunda oshkoralik, shaffoflik kabi tamoyillar ilgari surilayotgan bir 
vaqtda tarix qanday bo‘lsa, uni shundayligicha o‘rganish ustivor bo‘lmog‘i kerak. 
CHunki yaqin tarix ko‘pchilik o‘z ko‘z o‘ngidan o‘tkazgan voqeliklardir. Uni 
oshirmay, yashirmay, boricha o‘rganish zarurdir. 
Umuman olganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va uni 
o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur 
anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix 
ilmi va fani masalalarini keng ommaga etkazish hamda matbuotda faol muhokama 
qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o‘tmishini 
tushunishga, murakkab, jo‘shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan 
mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‘rganishga, uni to‘laqonli 
anglab etishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga 
oshirish esa o‘zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir. 
Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy 
siljishlar bilan birga, tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi 
hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb etdi. Ana 
shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, 
ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning bundan keyingi 
uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu 
davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi, zamonaviy 
jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, intellektual 
imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. 
Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bo‘lsada, mustabid tuzum iskanjasidan 
chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini ta’minlash kabi g‘oyatda 
tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli jarayonni boshdan kechirdi. 
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining 
mazmun-mohiyati va xususiyatlarini obektiv baholagan holda mustaqillik davrini 
quyidagi ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi:
1) 1991–2016-yillar. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishga qaratilgan o‘tish davrining 
dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo‘yildi. Demokratik an’analar asosida 
yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati 
tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga 
o‘tila boshlandi. 2000-yildan mamlakatda faol demokratik yangilanish va 
modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Jumladan, kuchli davlatdan – kuchli 
fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish asosiy vazifa qilib qo‘yildi. Natijada 
mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish 
jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi 
mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi. 2010-
yildan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada 
chuqurlashtirish masalasi ilgari surildi. Uning boshlanishi O‘zbekistonning Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasining 
ishlab chiqilishi bilan bog‘liqdir. SHuningdek, bu davr davlat hokimiyati va 
boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish 


sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini 
takomillashtirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi 
bilan xarakterlanadi.
2) 2017-yildan keyingi yillar. Bu davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan 
O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning strategik taraqqiyotga asoslangan 
keng ko‘lamli jadal islohotlar davri hisoblanadi. Natijada, hayotimizga yangi 
iboralar, xususan, “xalq bilan muloqot”, “xalq qabulxonalari”, “virtual qabulxona”, 
tanqidiy tahlil”, “qat’iy tartib-intizom”, “arzon uylar”, “texnoparklar”, “o‘z bolangni 
o‘zing asra”, “yo‘l xaritasi”, “kafolatlangan xavfsizlik” singari tushunchalar kirib 
keldi va hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. 

Download 334.55 Kb.
1   2




Download 334.55 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati

Download 334.55 Kb.
Pdf ko'rish