|
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish”
|
bet | 3/4 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,85 Kb. | | #247568 |
Bog'liq Oʻzbekistonning yangi milliy gʻoyasi Reja-hozir.orgXavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan. Oʻzbekistonda mustaqillikning ilk yillaridanoq respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning anʼanaviy, madaniy merosini qayta tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda turli millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil-inoq yashab, samarali mehnat qilib kelmoqdalar. Turli millatlar oʻrtasida oʻzaro mehr-oqibatni yana-da mustahkamlashga davlat tomonidan alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23- fevraldagi 140-son qaroriga binoan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyaning II bobida belgilab berilganidek, bugunning yoshlarida jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan aloqador boʻlgan davlat xizmati turlarida faollik koʻrsatish, tinch va harbiy sharoitda Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli boʻlish, ularda oʻz yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak masʼuliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlar mujassam deya ishonch bilan ayta olamiz. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvda: «Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz» – degan taʼkidlari bejiz emas. Albatta, bu ishonch barcha yoshlarni ruhlantirdi, shu bilan birga ularda katta masʼuliyat hissini ham uygʻotdi. Shu oʻrinda taʼkidlash kerak: qaysiki jamiyat aʼzolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-maʼrifat, yuksak maʼnaviyat kerak. Ilm yoʻq joyda qoloqlik, jaholat va albatta, toʻgʻri yoʻldan adashish boʻladi. Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʻlidan borish imkoniyatini beradi.
Mustaqillik yillarida bosib oʻtgan shonli yoʻlimizga nazar tashlab, ertangi kunimizga, oʻz kuch va imkoniyatlarimizga boʻlgan ishonchimiz yana-da ortmoqda. Mamlakatimizni rivojlantirishning “Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlar bu borada hal qiluvchi omil boʻlmoqda. Eng muhimi, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan daʼvatkor gʻoya hayotimizga tobora chuqur kirib borayotir. Hademay, “
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish”
|