• 2014y 2015y 2016y 2017y
  • O’zbekiston Respublikasi 1301,5 1298,1 1265,1
  • 2900,2 1 Qoraqalpog’iston Respublikasi
  • “Bo‘lsa-bo‘lmasa paxta ekaverish, uni arzon narxda xom ashyo sifatida sotish — iqtisodiyotni tushunmaslik.
  • O’zbekiston Respublikasida




    Download 32,42 Kb.
    bet2/3
    Sana06.12.2023
    Hajmi32,42 Kb.
    #112204
    1   2   3
    Bog'liq
    3-reja

    O’zbekiston Respublikasida paxta yetishtirish

    T/R

    Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar


    Paxta ekin maydoni (ming gektar )


    Paxta yalpi hosili (ming tonna )







    2014y

    2015y

    2016y

    2017y

    2014y

    2015y

    2016y

    2017y




    O’zbekiston Respublikasi

    1301,5

    1298,1

    1265,1

    1201,2

    3400,2

    3361,3

    2959,0

    2900,2

    1

    Qoraqalpog’iston Respublikasi

    94,7

    95,9

    94,4

    94,0

    203,2

    195,5

    205,7

    192,7

    2

    Andijon

    93,5

    93,4

    91,4

    89,3

    283,7

    284,4

    261,9

    239,4

    3

    Buxoro

    111,3

    110,3

    108,0

    106,2

    348,4

    359,5

    325,9

    310,8

    4

    Jizzax

    101,7

    101,8

    99,7

    90,3

    229,1

    213,7

    196,3

    170,5

    5

    Qashqadaryo

    164,9

    164,7

    160,5

    153,4

    421,5

    421,4

    421,4

    409,1

    6

    Navoiy

    35,8

    35,8

    35,2

    34,5

    107,5

    107,3

    106,2

    96,7

    7

    Namangan

    82,6

    82,6

    80,9

    76,4

    230,0

    230,4

    175,4

    189,9

    8

    Samarqand

    94,7

    93,0

    89,8

    87,6

    223,2

    228,7

    217,4

    218,9

    9

    Surxondaryo

    119,6

    119,6

    117,1

    94,5

    335,1

    305,1

    142,1

    247,3

    10

    Sirdaryo

    107,5

    106,8

    101,4

    96,7

    243,1

    226,7

    191,2

    187,7

    11

    Toshkent

    95,6

    94,4

    89,2

    84,1

    237,1

    237,2

    201,5

    166,5

    12

    Farg’ona

    100,1

    100,1

    98,0

    98,3

    280,1

    286,6

    229,2

    220,4

    13

    Xorazm

    99,5

    99,7

    99,5

    95,9

    258,2

    264,8

    284,8

    250,4

    Garchi respublikamizda paxta maydoni qisqarib, uning hosili kamayib borgan bo’lsada, bu soha mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri sifatida o’z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Sababi, ayni paxta, uning tolasi O’zbekiston eksportining asosiy mahsulotlaridan biridir. Respublikamiz xalqaro mehnat taqsimotida va jahon bozorida bu borada eng oldingi mamlakatlar qatoriga kiradi (Xitoy, AQSh, Hindiston va b). Respublikamizda jami paxta ekilgan maydon 2012-yilda 1308,3 ming ga bo’lgan. 2005-yilda u-1472,3, 2008 yilda 1425,1 ming, 2017-yilda 1201,2, 2018yilda 1108,2 ming gektarni tashkil qilgan. Ko’rinib turibdiki, paxta maydonlari yildan-yilga qisqarib borgan, 1990-yillarda esa bu raqam taxminan 1800-1850 ming gektar bo’lgan.
    Paxta maydonlari bo’yicha Qashqadaryo viloyati respublikamizda birinchi o’rinda; uning bu sohadagi hissasi 13 foizga barobar. Keyingi o’rinlarda Buxoro, Xorazm, Farg’ona viloyatlari turadi. . Eng oz raqam Navoiy viloyatida - atigi 33,3 ming ga, vaholanki Mamlakatimizda 2014 yilda 3400,2 ming tonna, 2017 yilda esa 2900,2 ming, 2018yilda 2 293,0 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirilgan.
    Paxtachilik respublikamizda kelajakda ham o’zining hozirgi ahamiyatini saqlab qoladi. Shu bilan birga uning maydoni yana biroz qisqarishi mumkin. Bu holat asosan yirik shaharlar atrofida qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlarini (ko’proq sabzavotchilik) rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi. O’zbekiston paxtachiligidagi dolzarb muammo - uning hosildorligini oshirishdir. Ba’zi viloyatlar va tumanlarda u gektaridan 20-22 sentner va hatto undan ham kamni tashkil etadi. Bu esa tarmoqning iqtisodiy samaradorligini ancha pasaytiradi. Binobarin, irrigatsiya va melioratsiya ishlarini yaxshilash, paxtaning yangi navlarini yaratish va to’g’ri rayonlashtnrish, tuproq erroziyasi va shurlanishga qarshi kurash respublikamiz paxtachiligi rivojlanishining ustuvor yunalishlaridan bo’lib qolishi kerak
    Yurtimizda pillachilik qadimdan rivojlanib kelgan. U mavsumiy va hududiy jihatdan sug’orma dehqonchilikka ixtisoslashgan, ayniqsa paxtachilik rayonlarda ko’proq tashkil etilgan. Bir yilda taxminan, O’zbekiston jami 25-27 ming t. pilla yetishtiriladi, uning asosiy qismi Farg’ona vodiysida boqiladi. 2017yilda O’zbekistonda 12480,3 tonna pilla yetishtirilgan.
    Paxta tozalash zavodlari respublikamiz hududida XIX asrning ikkinchi yarmida barpo etila boshlangan. Masalan, Kattaqo’rg’on paxta tozalash zavodi XIX asrning 70- yillarida ishga tushirilgan. Bu va boshqa korxonalar Rossiya to’qimachilik sanoatiga xom ashyo (paxta tolasi) yetkazib berib turgan. Aynan shu maqsadda dastlabki temir yo’llar ham qurilgan. Hozirgi kunda paxta tolasi respublikamiz tashqi iqtisodiy aloqalarida muhim o’ringa ega. U har yili valyuta tushumining 13- 18 foizini ta’minlab turadi.
    Prezidentimiz 2018-yil may oyida Sirdaryoda bo’lgan tashrifida paxtachilik masalasiga to’xtalib “Bo‘lsa-bo‘lmasa paxta ekaverish, uni arzon narxda xom ashyo sifatida sotish — iqtisodiyotni tushunmaslik. Endi paxtani faqat rentabelligi bor joylarda ekamiz”, deya alohida ta’kidladi.
    Import kamaytirilib, eksport ko‘paytiriladi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 28 fevraldagi “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tarmoqdagi bunday o‘zgarishlarning huquqiy kafolatidir. Unda tuproq unumdorligi past bo‘lgan, oxirgi 3 yil mobaynida kam hosil olingan yerlarda paxta yetishtirilmasligi aniq-tiniq belgilab qo‘yildi.  2018 yilda respublikamiz bo‘yicha 1 million 71 ming gektarga chigit ekilayapti, — deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxtachilik va texnika ekinlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari To‘xtamurod Meyliyev. — Bu paxta maydonlari o‘tgan yildagiga nisbatan salkam 135 ming gektar qisqartirildi, deganidir. Jumladan, past rentabelli, yer sharoiti va suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan qariyb 100 ming gektar maydon paxtadan bo‘shatildi. Ushbu maydonlarning 5,1 ming gektariga intensiv bog‘, 2,3 ming gektariga tokzor, 811 gektariga issiqxonalar barpo etilsa, qolgan qismiga sabzavot, poliz, dukkakli, moyli ozuqa hamda oziq-ovqat ekinlari joylashtiriladi.
    Iqtisodiyot vazirligidan ma’lum qilishlaricha, 2017 yil yakunlariga ko‘ra, past rentabelli yerlarda yetishtirilgan paxtaning 1 gektaridan o‘rtacha 0,9 million so‘m daromad olingan, xolos. Holbuki, ushbu joyga ekiladigan sabzavotdan 5,2 million so‘m, kartoshkadan 5,9 million so‘m, polizdan 4,1 million so‘m, mevadan 1,8 million so‘m, uzumdan 2 million so‘m, moyli ekinlardan esa 1,2 million so‘mdan ziyod daromad olish mumkin. Bu, o‘z navbatida, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga yildan-yilga o‘sib borayotgan talabini to‘liqroq qondirish, qayta ishlash va eksportchi korxonalarning qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish imkonini beradi.
    Past rentabelli paxta maydonlarining maqbullashtirilishi moddiy va tabiiy resurslarni tejashda ham qo‘l keladi. Sababi, barpo etiladigan intensiv bog‘larga tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilinishi evaziga uning har gektaridan 2,5 — 3,5 kub metr, tokzorlarda esa 1,2 — 1,8 kub metr suv tejaladi. Bundan tashqari, 130 ming tonna paxta o‘rniga qo‘shimcha 430 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot, 350 ming tonnadan ortiq moyli va ozuqa, 60 ming tonna sholi va dukkakli ekinlar hosili olinadi, 20 mingga yaqin ish o‘rinlari ochiladi.
    Yana bir muhim jihati, unumdorligi past yerlarda g‘o‘zani joylashtirmaslik hisobiga o‘rtacha hosildorlik o‘tgan yildagi 27 sentnerlik ko‘rsatkichdan joriy yilning o‘zida 29 sentnergacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Natijada 1 gektarda paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlari o‘rtacha 5,1 million so‘mdan 8,6 million so‘mgacha ko‘paygani holda, rentabellik 0,1 foizdan 10,2 foizgacha oshadi.
    Gap shundaki, paxta maydonlari 2019 yilda 37,5 ming, 2020 yilda yilda esa 33 ming gektarga qisqartiriladi. Bo‘shagan yerlarga davlatimiz rahbarining tavsiyasi bo‘yicha serdaromad va eksportbop bo‘lgan ekinlar joylashtiriladi. Masalan, respublikamiz shimoliy hududlarida sholi va poliz, yurtimiz janubi va Samarqandda kartoshka hamda karam, vodiy viloyatlarida esa pomidor, bodring, lavlagi va ko‘katlar ekish fermer xo‘jaliklariga iqtisodiy jihatdan ko‘proq foyda keltiradi. Shu o‘rinda aytish joizki, soha mutaxassislari va olimlar, tajribali eksportyorlar tomonidan tavsiya etilayotgan serhosil hamda tashqi bozorda xaridorgir qishloq xo‘jaligi ekinlari ro‘yxatida achchiq qalampirga alohida o‘rin berilgan. Bu bejiz emas, albatta. Chunki past rentabelli maydonlarda 60 — 80 kunda yetiladigan qalampir parvarishlansa, koni foyda. Keyingi paytda jahon bozorida paxta tolasiga bo‘lgan talabga qarab, uning bahosi o‘zgarib turibdi. Ammo sintetik, hatto bambuk tolalari sanoatda keng qo‘llanilayotgan hozirgi taraqqiyotning innovatsion bosqichida ham paxta tolasiga ehtiyoj aytarli susaygani yo‘q. Aksincha, aholi sonining ko‘payishi, daromadi ortib, turmushi farovonlashuvi kabi omillar tabiiy mahsulotga rag‘batni kuchaytirayotir. Manashu sabablar ham hozirgi vaqtda paxtachilik yerlarini kamaytirishga olib kelmoqda

    Download 32,42 Kb.
    1   2   3




    Download 32,42 Kb.