• Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari
  • Ijtimoiylashuv
  • Individuallik
  • Shkalalash
  • O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi




    Download 3,07 Mb.
    bet141/179
    Sana27.06.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #265905
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   179
    Bog'liq
    O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw m

    GLOSSARIY
    Pedagogika (yunoncha «paidagogike» bo’lib, «paidagogos» - bola, etaklayman) – ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan.
    Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlarishaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari.
    Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
    Predmet – bu tadqiqotchi (sub’ekt) tomonidan mazkur ob’ektda qo’yilgan vazifani o’rganish sohasi hisoblanadi.
    Individ (lotincha “individium” bo’linmas, yagona, alohida degan ma`nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.
    Individuallik - shaxsning o’ziga xos xususiyatlari.
    SHaxs-kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti,ta`lm sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi
    Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi.
    Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a`zosi.
    Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
    Ta’lim menejeri – ta’lim muassasasi faoliyatini zamonaviy menejment qonuniyatlariga muvofiq boshqaruvchi mutahassis.
    Ta’lim kontseptsiyalari (lotin tilidan «conceptio» –tizim) – ta’lim-tarbiya mazmuni, istiqbolini yorituvchi yahlit qarashlar tizimi; uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida ta’lim muassasalari faoliyati yo’nalishi, maqsad va vazifalarini belgilashning alohida usuli.
    Metod- so’zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Falsafa lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan.

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   179




    Download 3,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi

    Download 3,07 Mb.