|
O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi
|
bet | 68/179 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #265905 |
Bog'liq O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw mHamkorlik pedagogikasi. Hamkorlik pedagogikasi xx asrning 80-yillarining boshida sobiq SSSR hududida shakllangan bo`lib,u ochiq ta`lim tizimining rivojlangan ko`rinishdir. Hamkorlik pedagogikasi namoyondalari o`z qarashlarini asoslash uchun klassik va progressiv didaktik tizimlarni tanqid etishadi: ta`limning asosiy harakatlantiruvchi kuchi o`quvchidir. O`qituvchi aytadi, so`raydi, talab etadi, tanqid etadi, ma`qullaydi, qoralaydi, majbur etadi, tekshiradi; u doimo qat`iy, kulmaydi, bolalarga tabassum qilmaydi. O`quvchilar o`qituvchi aytgan ishlarni bajarishadi, ular ijrochilardir. O`quvchi ijrochi rolida ishtirok etgan ta`lim jarayonida o`quv-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish mumkin emas.
Hamkorlik pedagogikasi targ`ibotchilari yuqoridagi kamchilikdan xalos bo`lish yo`lini ta`limni qayta qurishda ko`rishadi. Ularning fikricha, maktab ta`limi hayotiy mazmunni kasb etganda, bolalar zavq-shavq bilan o`qiganlarida, ta`lim bolalarning rivojlanishiga, ular shaxsining shakllanishiga mo`ljallab tashkil etilgandagina samarador amal qiladi.
Pedagogik jarayon, deb qayd etishadi, hamkorlik pedagogikasi asoschilari, qiyinchiliklarni bartaraf etish jarayonidagi o`qituvchi va o`quvchining hamkorligidir. Agar ta`lim jarayonida bolalar ma`lum biror ishni bajarishni uddalay olmasalar, o`qituvchi mimikasi, so`z ohangi bilan o`z noroziligini izhor etib, o`quvchilarga yordam berdi deylik. Bu hamkorlikmi? Bu hamkorlik emas. Bolalarning imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan yordam haqiqiy hamkorlikdir.
Ta`limda hamkorlikni ta`minlash uchun bolalarni o`quvchilik roliga o`rgatish kerak. Bolalarni o`quvchilik roliga tayyorlashda o`qituvchi quyidagilarni amalga oshiradi: bolalarda o`quv-biluv faoliyatini rivojlantirish, o`qish motivlarini tarbiyalash, irodani taraqqiy ettirish, burchni anglashga o`rgatish, jamoada yashay olish va ishlay olish ko`nikmalarini o`stirish, o`z-o`zini rivojlantirishga moyillikni shakllantirish.
Hamkorlik pedagogikasi targ`ibotchilari faoliyatida pedagogik nazariya va pedagoik amaliyotning qator jumboqli masalalari hal etildi: Sh.A.Amonashvili 6 yashar bolalarni o`qitish tajribasi asosida ta`limda ijtimoiy qimmatga ega motivlarning rolini, ularning bola shaxsini rivojlanishidagi o`rnini asosladi; S.N.Lisenkova boshlang`ich sinf o`quvchilari faoliyatini boshqarishning original usulini kashf etdi. U o`qitgan boshlang`ich sinflarda bolalar o`quv mehnati sohasidagi o`z yutuqlaridan sevinishadi, bolalar tayanch sxemalarga rioya qilishib, o`zlarining yutuq va kamchiliklariga izoh berishadi; V.F.Shatalovning ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyatida pedagogik jarayondagi eng mushkul masalalardan biri bolalarda har kuni aqliy mehnat bilan shug`ullanish ko`nikmasini shakllantirish muammosi hal etildi. U ishlagan sinflarda o`quvchilarning o`z shaxsiy shanini anglash, o`z kuchi va qobiliyatiga qat`iy ishonchini hosil qilish, mustaqillikni shaxsiy sifatga aylantirish kabi didaktik muammolar ham amaliy, ham nazariy isbotlandi.
|
| |