• Mashinaning foydali ish koeffitsenti
  • Oʻzgarmas tok dvigatelining quvvat isrofi va uning foydali ish koeffitsiyentiga ta’sir pirmatov Nurali Berdiyorovich




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #247045
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    120-127

    Qoʻshimcha isroflar
    . Qoʻshimcha isroflarni anik, xisoblash ancha qiyin. Poʻlat 
    oʻzakda magnit induksiyaning notoʻgʻri taqsimlanishi, yakor oʻzagining tishlarida 
    magnit oqimining pulslanishi, yakor aylanganda qutb boshmoqlari uchida va 
    boshqalarda quvvati isrof boʻladi. Qoʻshimcha isroflar kompensatsion chulgʻamsiz 
    mashinalarda foydali quvvatning 1 % ga; kompensatsion chulgʻamli mashinalarda 0,5 
    % ga teng qilib olinadi.[3] 
    Mashinaning foydali ish koeffitsenti 
    . Oʻzgarmas tok generatorining yakori 
    qandaydir birlamchi dvigatel yordamida aylantiriladi va u birlamchi dvigateldan
    mexanik quvvat oladi. Bu quvvatning bir qismi isrof boʻladigan quvvat 
    sifatida sarflanadi. Qolgan qismi, yaʻni foydali quvvat
    isteʻmolchilarga 
    uzatiladi. Mashina dvigatel sifatida ishlaganda u tarmokdan 
    quvvat oladi, 
    bu quvvatning bir qismii isrof boʻladi. Qolgan qismi


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    124 
    foydali quvvat sifatida 
    mexanizmga uzatiladi. Mashina foydali 
    quvvati
    ning unga beriladigan quvvat 
    ga nisbati foydaliish koeffitsienta 
    deyiladi: 
    Mashinada yigʻindi kuvvat isrofi kuyidagicha aniqdanadi: 
    Unda generatorning foydali ish koeffitsienti: 
    (5-39)
    Dvigatelning foydali ish koeffitsienti: 
    (5—40) 
    Mashinaning foydali ish koeffitsienti yigʻindi isrof quvvat qiymatiga, bu esa nagruzka 
    qiymatiga bogʻlik,. Salt ishlaganda 
    Nagruzka qiymati oshib borganda 
    tez 
    ortib boradi va qiymati oʻzgarmas quvvat isrofi qiymati oʻzgaruvchan quvvat isrofiga 
    teng boʻlib, mashinaning quvvati
    boʻlganda eng katta qiymatga 
    erishadi.[4] 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    125 
    1-rasm 
    Mashina oʻta nagruzka bilan ishlaganda yakor zanjirida quvvat isrofi kupayishi 
    sababli
    kamayadi (1-rasm). Quvvati 10 kVt gacha boʻlgan mashinalarda
    F I K
    = 0,83 . . . 0,87; 100 kVt gacha boʻlgan mashinalarda 
    = 0,88 . . . 
    0,93; 1000 kVt gacha boʻlgan mashinalarda 
    = 0,92 ... 0,96. Kichik quvvatli (10 
    Vt) mikro mashinalarning FIK 0,3 ... 0,4 boʻladi.
    Mamlakatimizda oʻzgarmas tok mashinalari P yagona seriyada ishlab 
    chiqariladi, bular xalq xoʻjaligining turli soxalarida qoʻllaniladi. Bundan tashqari
    oʻzgarmas tok mashinalarini maxsus soxalar: transport, koʻtarma kranlar, avtomobillar, 
    kemalar, samolyotlar, avtomatik rostlash sistemalarida ishlatish uchun maxsus 
    seriyadagi mashinalar ishlab chiqariladi. Umumsanoat soxalarida qoʻllaniladigan 
    generatorlar parallel yoki aralash, qoʻzgatishli generatorlar boʻladi. Ularning tashki 
    xarakteristikasi qattiq.[5]
    P yagona seriyasida ishlab chiqariladigan mashinalar uch guruxga boʻlinadi:
    Quvvatlari 0,3 dan 200 kVt gacha boʻlgan mashinalar (1 ... 11 gabaritlar): Quvvatlari 
    200 dan 1400 kVt gacha boʻlgan mashinalar (12 ...17 gabaritlar); Quvvatlari 1400 
    kVt dan katta boʻlgan mashinalar (18 ... 26 gabaritlar). Mashinaning gabarit noʻmeri 
    yakor diametrining oʻlchamini ifodalaydi. Xar bir gabaritda yakor oʻzagining uzunligi 
    ikki xil boʻladi. Masalan, mashina P81 boʻlsa — P seriyadagi, 8 gabaritli, yakor 
    oʻzagining uzunligi qisqarok mashina; oxirgi raqam 2 boʻlsa, yakori uzunroq mashina 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    126 
    boʻladi. Oʻzgarmas tok dvigatelining kuchlanishi 110 yoki 220 V; generatorlarining 
    kuchlanishi 115 yoki 230 V boʻladi. Akkumulyatorlarni zaryadlaydigan 
    generatorlarning nominal kuchlanishi 135 va 270 V. Ularda kuchlanish 110 ... 160 V 
    va 220 ... 320 V chegarada rostlanishi mumkin. Generatorlarning aylanish chastotasi 
    1450 va 2850 ayl/min; dvigatellarning nominal aylanish chastotasi 600, 750, 1000, 
    1500 va 3000 ayl/min.[6]
    12 ... 17 gabaritli dvigatellarning kuchlanishi 220, 330, 440 va 660 V, aylanish 
    chastotasi 300, 400 va 500 ayl/min. Generatorlarning nominal kuchlanishi 230, 330, 
    460 va 660 V, aylanish chastotasi 1000 ayl/min boʻladi. Xozirgi vaqtda oʻzgarmas tok 
    dvigatellarining P seriyasi oʻrnida (I - II) gabaritli 2P seriyadagi dvigatellar quvvatlari 
    0,37 dan 200 kVt gacha; aylanish oʻqining balandligi 90 dan 135 mm gacha; mustaqil 
    qoʻzgatishli, kompensatsion chulgʻamli, yakorining uzunligi uch xil: L — uzun, M — 
    oʻrtacha, S — kalta boʻlgan va quvvatlari 30 dan 160 kVt gacha generatorlar ishlab 
    chiqarilmokda. P seriyaning 18 - 22 gabaritlari urnida quvvatlari 110 dan 10000 kVt 
    gacha; aylanish oʻqining balandligi 335 dan 630 mm gacha; aylanish tezligi 200 - 1250 
    ayl/min boʻlgan dvigatellar ishlab chiqarilmoqda.
    Bulardan tashqari, metallurgiya va koʻtarma kranlarning elektr yuritmalari uchun 
    D seriyadagi 2,5 - 185 kVt quvvatli dvigatellar ham ishlab chiqarilmoqda.Bunday 
    dvigatellarning yurgizish momenti va tezligini rostlash chegarasi ancha katta. 
    Oʻzgarmas tok dvigatelining markasi quyidagicha oʻqiladi.[7] Masalan, 2PN112GU4 
    markali dvigatel: 2PM yangi seriya; N - ximoyalangan; 112 – aylanish oʻqining 
    balandligi; L – yakorining maksimal uzunligi; G taxogeneratorli; U – iqlim belgisi; 4– 
    oʻrnatish kategoriyasi (GOST—20569—82E). 
    Xulosa 
    Mamlakatimizda oʻzgarmas tok mashinalari P yagona seriyada ishlab 
    chiqariladi, bular xalq xoʻjaligining turli soxalarida qoʻllaniladi. Bundan tashqari, 
    oʻzgarmas tok mashinalarini maxsus soxalar: transport, koʻtarma kranlar, avtomobillar, 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    127 
    kemalar, samolyotlar, avtomatik rostlash sistemalarida ishlatish uchun maxsus 
    seriyadagi mashinalar ishlab chiqariladi.

    Download 0,7 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzgarmas tok dvigatelining quvvat isrofi va uning foydali ish koeffitsiyentiga ta’sir pirmatov Nurali Berdiyorovich

    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish