|
«oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi 5321000-«Oziq-ovqat texnologiyasi» bakalavr ta’lim yо‘nalishi uchun
|
bet | 44/107 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,58 Mb. | | #125754 |
Bog'liq portal.guldu.uz-ma`ruzalar kursiNazorat savollari ?
Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi nimalardan iborat?
Inson salomatligiga xavf tug’diruvchi komponentlar tasnifi va ularning manbai nimalardan iborat?
Oziq- ovqatdagi tabiiy komponenlarga nimalar kiradi?
Og’ir metallardan zaharlanish inson organizmda qanday o’zgarishlarga olib keladi?
Agrоkimyoviy mоddalar tarkibiy qismlaridan zaharlanish qanday ro’y beradi?
2-MAVZU. MAHSULOTLARNI ANALIZ QILISH UCHUN NAMUNALAR OLISH VA ULARNI TAHLIL QILISH
Reja:
1.Mahsulotni analiz qilish uchun namunalar olish.
2.Oziq-ovqat mahsulotining sifatini aniqlash.
3. Quruq moddalar miqdorini refraktometrda aniqlash.
Mahsulotlar sifatini tekshirishning tajriba usuli ularning kimyoviy tarkiblarini fizikaviy, mikrobiologik va texnologik usullarini aniqlashda keng qo’llaniladi.
Bu usulning qulayligi shundan iboratki unda natija raqamlar bilan va bu natija katta aniqlikda ifodalaniladi. Uning kamchiliklari shundaki, mahsulotning sifatini aniqlash uchun ko’p vaqt talab etiladi, aniqlash uchun reaktivlar va maxsus jixozlangan tajriba xonalar talab qilinadi.
Tekshirishning fizikaviy va fizik– kimyoviy usullari. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirishning bu usullari mahsulotning solishtirma og’irligini, yopishqoligini, erish, qotish, va qaynash haroratini, optik xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Mahsulotning solishtirma og’irligi va zichligini ariometr, piknometr va gidrostatik tarozilar yordamida o’lchash mumkin. Ularning solishtirma ogirligi asosida ma’lum darajada kimyoviy tarkibi va sifati xakida suz yuritish mumkin.
Yog’larning erish va qotish harorati asosida ularning tabiatini, tozaligini va ma’lum darajada uning tarkibida qanday yog’ kislotalari borligi haqida ma’lumotga ega bo’lish mumkin.
Yog‘larning erish va qotish harorati yog‘ning qattiq holatdan suyuq holatga yoki suyuq holatdan qattiq holatga o’tish paytidagi haroratini termometr bilan o’lchash natijasida aniqlanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining optik xususiyatlari esa polyarimetriya, refraktometriya, fotokalorimetriya, lyuminesseit hamda xromotografiya usullari yordamida aniqlanadi.
Polyarimetriya usuli ba’zi optik faol moddalar eritmalarining nur tebranishlari yo’nalishlarini o’zgartirish qobiliyatiga asoslangan. Masalan, bu usul bilan saxarometr asbobi yordamida shakar eritmalari tarkibidagi saxarozaning foiz miqdorini va ularning tarkibida qanday shakar moddalari turi borligini aniqlash mumkin.
Refraktometriya usuli bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida yog‘ning, suvning, spirtning, qandning va boshqa quruq moddalarning foiz miqdorini aniqlash mumkin. Refraktometriya usuli nurning bir muhitdan ikkinchi bir muhitga o’tish paytida uning yo’nalishining o’zgarishiga yoki nurning sindirish ko‘rsatkichi koeffitsientlarini aniqlashga asoslangandir. Masalan, refraktometr yordamida asalning tarkibida qancha suv borligini, sharbatlar tarkibida qancha quruq modda borligini yoki bo’lmasa moy va yog‘larning sindirish ko‘rsatkichlari orqali ularning tozaligini va buzilgan-buzilmaganligini aniqlash mumkin.
Fotokalorimetriya va spektrometriya usuli esa moddaning nurni uziga tanlab singdirish qobiliyatiga asoslangandir. Bu usul bilan rangli eritmalardagi rang beruvchi moddalarning miqdorini aniqlash mumkin. Tajriba xonalarda FEK-M, FEK-52, FEK-64, FEK-56 va boshqa markali fotoelektrokalorimetrlar ishlatiladi. Spektrometriya usulida esa birmuncha murakkab tuzilgan SF-4, SF-4A, SF-10 va boshqa markali spektrofotmetrlar ishlatiladi.
Shuningdek bu usullar bilan uzum vinolari va uzum tarkibidagi antotsionlar miqdorini, choy va kofeda kofein, kakaoda teobramin, meva va sabzavotlarda esa rang beruvchi moddalarning miqdorini aniklash mumkin.
Lyuminessent usuli bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida oqsil, yog‘, vitaminlarning miqdorini, baliq va go’sht mahsulotlarining buzilgan yoki buzilmaganligini, kartoshka va sabzavotlarning kasallanganligini aniqlash mumkin. Bu usul ko’pchilik moddalar ultrabinafsha nurlari bilan yoritilganda uzlaridan qorong’ida ko’rinadigan va xar xil rangdor tusga ega bo‘lgan nur chiqarishga asoslangan.
Xromotografiya usuli murakkab birikmalar tarkibidagi moddalarni bir-biridan ajratish va uni aniqlashning eng qulay usullaridan biridir. Bu usul yordamida esa oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini, ularni saqlaganda bo‘ladigan o’zgarishlarni hid beruvchi va rang beruvchi moddalarning miqdorini, oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdorini o’rganish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
«oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi 5321000-«Oziq-ovqat texnologiyasi» bakalavr ta’lim yо‘nalishi uchun
|