11
esa, ayniqsa, olis qishloq xududlari, tomorqa va yer osti suvlaridan iste‟mol
qilinadigan joylarda aholiga berilayotgan suv ta‟minoti gidrogeologik
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ichimlik suvini dezinfeksiya qilishning
avtonom kichik tizimlarini o„rnatishni talab qilishini asoslash imkonini beradi.
Yer osti suvlarining past patogen xavfi va qabul qilinadigan organoleptik va
fizik xususiyatlari ultrabinafsha nurlanishidan foydalangan holda dezinfektsiyalash
usullaridan foydalanishga imkon beradi. Suvni ultrabinafsha nurlatish bilan
zararsizlantirish samaradorligi uning intensivligiga, ta‟sir qilish vaqtiga va suv
muhitining fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog„liq. Shu bilan birga, keyingi
ta‟sirning to„liq yo„qligi UB usulining salbiy tomoni hisoblanadi. Shuning uchun,
UB bilan suvni zararsizlantirish bosqichida mumkin bo„lgan eng yuqori
dezinfeksiya samaradorligiga erishish kerak.