|
Пахта селекцияси, уруғчилиги ва етиштириш агротехнологиялари илмий-тадқИҚот институти, тупроқшунослик ва агрокимё илмий-тадқИҚот институти ва андижон қишлоқ ХЎжалик институти ҳузуридаги 14Bog'liq QBb2Ji7HzZxvBfjTadqiqotning ob„ekti
yer osti ichimlik suvini zararsizlantirish uchun quyosh
fotoelektrik panellari yordamida energiya bilan ta‟minlovchi avtonom tizim.
Tadqiqotning predmeti.
Ultrabinafsha nurlanishdan foydalangan holda er
osti ichimlik suvini zararsizlantirish elektrotexnologiyasini tizimli tahlil qilish va
avtonom fotoelektrik stantsiyani oqilona loyihalash metodologiyasi.
Tadqiqotning usullari.
Ushbu tadqiqotning asosini avtonom quyosh
fotoelektr
stansiyasi
bilan
yer
osti
ichimlik
suvini
zararsizlantirish
elektrotexnologik tizimining strukturasini yaratishga tizimli yondashuv, tashqi
meteorologik omillarga qarab quyosh fotoelektr stantsiyasining ishlashini
tavsiflovchi matematik va simulyatsiya modellari. Simulyatsiya modellari
MATLAB (SIMULINK) dasturida tizimning energiya xarakteristikalarini va
eksperimental natijalarni statistik qayta ishlashda samaradorligini tahlil qilish
uchun ishlatilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
quyidagilardan iborat:
quyosh panellaridan asosida avtonom energiya manbalarida ishlaydigan
ultrabinafsha nurlanishga asoslangan suv tozalash tizimlaridan foydalangan holda
ichimlik suvini zararsizlantirish texnologiyasi ishlab chiqildi;
tozalangan suv qatlamining nisbiy energiya intensivligi dezinfeksiya
jarayonida energiya xarajatlarini minimallashtirish imkonini beruvchi yakuniy
munosabatlar usuli yordamida aniqlandi;
quyosh nurlanishining intensivligi, atrof-muhit harorati, shamol tezligi va
quyosh panellarining yo„naltirilganligi kabi o„zgaruvchan tashqi omillarning
energiya xususiyatlariga ta„sirini hisobga oluvchi quyosh fotoelektrik qurilmasini
hisoblashning chuqurlashtirilgan modeli ishlab chiqildi;
quyosh fotoelektr qurilmasidan foydalangan holda suvni zararsizlantirish
elektrotexnologiyasining ilmiy-uslubiy asosi ishlab chiqildi, bu o„z navbatida
mahalliy meteorologik sharoitlarni hisobga olgan holda elektr ta‟minoti tizimini
optimallashtirish imkonini berdi;
yer osti ichimlik suvini ultrabinafsha nurlar bilan zararsizlantirish bo„yicha
olib borilgan tadqiqotlar natijalari avtonom zararsizlantirish stantsiyasining
tarkibini asoslash va quyosh fotoelektr stantsiyasini simulyatsiya qilish asosida
uning ishonchliligini baholash imkonini beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Пахта селекцияси, уруғчилиги ва етиштириш агротехнологиялари илмий-тадқИҚот институти, тупроқшунослик ва агрокимё илмий-тадқИҚот институти ва андижон қишлоқ ХЎжалик институти ҳузуридаги 14
|