7
V.S. Preobrazhenskiy, S.R. Erdavletova, Yu.P. Rassadkina, B.B. Sidorenkova,
M.B. Bobirya, V.S. Titova, Ph.M. Kanarev, S.G. Emelyanova, A.A. Shevyakova,
D.N. Koul, E.V. Yakovleva, V.V. Korobkina, A.P. Kuxorenko, I.A. Kalyaeva, va
boshqalar tomonida xam ushbu yo„nalishda ijobiy natijalarga erishgan.
Respublikamizda bu boradagi tadqiqotlar A.
Radjabov, A. Muhammadiev,
X.M. Muratov, A.A. Xoliqov, S.F. Amirov, M. Ibragimov, I. Kolesnikov va
boshqa olimlar tomonidan ham amalga oshirildi. Bu tadqiqotchilarning
ishlarida
xlorlash va ozonlash kabi dezinfeksiyalashning nafaqat anʼanaviy usullari, balki
muqobil usullaridan:
elektrokimyoviy, ultratovush, elektroliz, elektroflotatsiya,
ultraqisqa toʻlqinlar, tok kuchi va boshqalar bilan ishlov berish xam o„rin olgan.
Biroq, so„nggi yillarda ultrabinafsha nurlanishi bilan ishlov berish asta-sekin
muqobil usullar toifasidan an„anaviy usullarga o„tmoqda
va keng fizik-kimyoviy
va epidemiologik xususiyatlarga ega suvni tozalashni ta„minlaydigan ultrabinafsha
dezinfeksiya tizimlarini ishlab chiqish hali to„la o„rganilmagan. Bu o„z navbatida
chuqurroq va har tomonlama izlanishni talab qiladi. Ultrabinafsha manbalarini
ishonchli va energiya tejamkor elektr ta‟minoti tizimini
yaratish hamda yer osti
ichimlik suvini yuqori samarali zararsizlantirish tizimini loyihalashnig ilmiy-
uslubiy asoslarni ishlab chiqish tadqiqotning eng muhim vazifasi hisoblanadi.