• Dissertatsiya mavzusi bo„yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlantirishning




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/44
    Sana24.05.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #252332
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    QBb2Ji7HzZxvBfj

    Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlantirishning 
    ustuvor yo„nalishlariga mosligi.
    Ushbu tadqiqot fan va texnika rivojlantirishning 
    2020-2023 yillarga mo„ljallangan ustuvor yo„nalishlariga. II. “Energiya, energiya 
    tejash va muqobil energiya manbalari” va IV. “Qishloq xo„jaligi, biotexnologiya, 
    suv muammolari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” muvofiq amalga 
    oshirildi. 
    Dissertatsiya mavzusi bo„yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi.
    “Jeneral 
    Electric”, “Sea Tech” (AQSh) Xorijiy davlatlardagi yirik firmalar, kompaniyalar, 
    ilmiy markazlar, universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan suvni 
    tozalash va dezinfeksiya qilish inshootlarini boshqarish tizimlarining elementlarini 
    va qurilmalarini yaratish bo„yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilgan
    shulardan Zhejiang CHINT Electrics (Xitoy), Simens (Germaniya), Mitsubishi 
    Group (Janubiy Koreya), HAWK, Festo (Buyuk Britaniya), MOX (Daniya), 
    Honeywell (Gollandiya), Missisipi davlat universiteti (AQSh), Shtutgart 
    universiteti (Germaniya), Zilina universiteti (Slovakiya), Milliy texnologiya 
    instituti (Hindiston), KSPEU (Rossiya), TIIMSH milliy tadqiqot universiteti va 
    boshqalar tomonidan tegishli tadqiqotlar olib borilmoqda. 
    Ilmiy nashrlarda ta‟kidlanishicha, suvni zararsizlantirish va tozalash 
    sohasidagi texnologiyalarni ishlab chiqish xususan, reagentsiz tozalash 
    yo„nalishida ultrabinafsha nurlanishdan foydalangan holda amalga oshiriladi. 
    Biroq, suv manbasini va uning dastlabki holatini hisobga olgan holda, qurilma va 
    ishchi organning parametrlarini yanada kengroq aniqlash uchun ma„lumotlar 
    etishmasligi mavjud. Shu bilan birga, ultrabinafsha texnologiyasining dezinfeksiya 
    tizimini boshqarish imkoniyati, ixchamligi va ishonchliligi kabi yaqqol 
    afzalliklarining mavjudligi qishloq xo„jaligining turli tarmoqlarida suvni 
    zararsizlantirish uchun keng qo„llanilishiga asos bo„ladi. 

    Download 1,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlantirishning

    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish