Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/44
Sana24.05.2024
Hajmi1,72 Mb.
#252332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
QBb2Ji7HzZxvBfj

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Dissertatsiya himoyasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalash muhandislari 
instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.01 raqamli Ilmiy kengashning 
2023 yil «25» oktabr soat 14
00
dagi majlisida bo„lib o„tadi. (Manzil: 100000, Toshkent, Qori Niyoziy 
ko„chasi, 39-uy. Tel.: (+99871)237-09-45; faks: (+99871)237-38-79, e-mail: admin@tiiame.uz). 
Dissertatsiya bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalash muhandislari 
instituti” Milliy tadqiqot universitetining Axborot-resurs markazida tanishish mumkin (291-raqami bilan 
ro„yxatga olingan) (100000, Toshkent, Qori Niyoziy ko„chasi, 39-uy. Tel.: (+99871)237-09-45; faks: 
(+99871)237-38-79, e-mail: admin@tiiame.uz). 
Dissertatsiya avtoreferati 2023 yil «14» oktabr kuni tarqatildi. 
(2023 yil «27» iyuldagi 87- raqamli reestr bayonnomasi). 
 
 



KIRISH (doktorlik (DSc) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Jaxonda aholini 
ko„payib borishini xisobga olgan xolda yer osti ichimlik suvini zararsizlantirish 
uchun resurs tejovchi texnologiyalar va texnik vositalardan foydalanib, toza 
ichimlik suvi bilan ta„minlash yetakchi o„rinni egallaydi. “Agar hozirda dunyo 
axolisi 8 mlrd. dan ziyod ekanligi va ularning kundalik ratsioniga 11,2·10

tonna 
ichimlik suvi kerakligini hisobga olsak”
1
, yer osti ichimlik suvini zararsizlantirish, 
sifatini yaxshilash va resurslarni tejash keng ko„lamli tadqiqotlarni talab qiladi. 
Xozirda kam energiya va resurslarni talab qiladigan dezinfeksiya usullarini joriy 
etgan xolda, yer osti ichimlik suvi va tegishli texnik vositalarni zararsizlantirish 
elektrotexnologiyasini joriy etish muhim o„rin tutadi. 
Butun dunyoda suvini zararsizlantirishning yangi ilmiy-texnik yechimlari, 
resurs tejovchi texnologiyalarini va texnik vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan 
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu yo„nalishda, xususan, tozalangan 
suvning bir xil tarkibini ta‟minlash va sifatini oshirish, shuningdek, elektr 
texnologiyalarini joriy etish orqali energiya resurslarini tejash imkonini beruvchi 
texnologiya yaratish muhim vazifalardan biridir. Bu borada quyosh panellaridan 
avtonom energiya manbalari sifatida foydalanib, ultrabinafsha nurlanishga 
asoslangan suv tozalash tizimlaridan foydalangan holda ichimlik suvini 
zararsizlantirish texnologiyasi va texnik vositalarini ishlab chiqish asosiy tadqiqot 
yo„nalishi hisoblanadi. 
Respublikada yangi sanoat, maishiy va qishloq xoʻjaligi obʼyektlarida keng 
koʻlamda qurilish ishlari olib borilayotganligi, aholi sonining koʻpayishi texnik va 
ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojni oshirmoqda. Ushbu ehtiyojni qondirish uchun 
quyosh panellaridan avtonom energiya manbalari sifatida foydalanib, ultrabinafsha 
nurlanishdan foydalangan holda suvni zararsizlantirish uchun resurs tejovchi 
texnologiyalar va qurilmalarni ishlab chiqish bo„yicha keng ko„lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda.
2022-2026-yillarda 
Yangi O„zbekistonni rivojlantirish strategiyasida 
“...sanoat tarmoqlaridagi yo„qotishlarni kamaytirish va resurslardan foydalanish 
samaradorligini oshirish, uy-joy kommunal xo„jaligi, ijtimoiy soha ob‟ektlari va 
boshqa sohalarda qayta tiklanadigan energiya manbalarini keng joriy etish va 
energiya samaradorligini oshirish”
2
vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni 
amalga oshirishda energiya va resurslarni tejash bilan birga suvni sifatli 
zararsizlantirishni amalga oshiruvchi qurilmalarni texnik va texnologik 
modernizatsiya qilish, ularni ishlab chiqarish hajmini oshirish muhim ahamiyatga 
ega.
Mazkur dissertatsiya tadqiqoti O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi ta‟minoti va kanalizatsiya tizimini, 
1
 https://www.iaea.org/ru/newscenter/news/skolko-vody-stoit-pit-v-den; 
2
Указ Президента Республики Узбекистан № УП 60 от 28 января 2022 года «О Стратегии развития Нового 
Узбекистана на 2022-2026 годы. 



shuningdek, suv ta‟minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to„g„risida”gi PF-6074-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta‟minlashga 
ma‟lum darajada xizmat qilib, ushbu sohadagi investitsiya loyihalari 
samaradorligini oshirish maqsadida 2022-yil 2-dekabrdagi “O„zbekiston 
Respublikasining 2030-yilgacha “yashil” iqtisodiyotga o„tishga qaratilgan 
islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-436-sonli 
qarorlari”, va 2022-yil 24-maydagi “Aholini ichimlik suvi ta‟minoti va 
kanalizatsiya xizmatlari bilan ta‟minlash darajasini oshirishga doir qo„shimcha 
chora-tadbirlar to„g„risida”gi PQ-257-sonli qarorlari hamda ushbu sohada qabul 
qilingan boshqa me‟yoriy hujjatlarning tegishli bandlarini bajarilishiga xizmat 
qiladi. 

Download 1,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish