9
tadqiqot natijalari asosida zararsizlantirilayotgan suvning maqbul qatlamini
tanlash va turli iqlim sharoitida quyosh fotoelektrik
qurilmasini boshqarish
bo„yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
olingan natijalar quyosh panellaridan avtonom energiya manbalarida
ishlaydigan ultrabinafsha nurlanishdan foydalangan holda
yer osti ichimlik suvini
zararsizlantirish uchun yanada samarali tizimlarni yaratish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
tizimli
yondashuv,
matematik
va
simulyatsiya
modellari,
shuningdek,
eksperimental ma„lumotlardan foydalanilganligi. Bundan tashqari,
tadqiqot
natijalari shu yo‟nalishdagi xorijiy va mahalliy tadqiqotlarda olingan amaliy
yechimlarga mos kelishi va ularning ishonchliligi va dolzarbligi bilan ifodalanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy axamiyati
. Tadqiqot natijalarining
ilmiy ahamiyati ultrabinafsha nurlar bilan suvni zararsizlantirish jarayonining
matematik modelini ishlab chiqish va quyosh panellari
asosidagi energiya
ta‟minoti bilan yer osti ichimlik suvini zararsizlantirish tizimlari uchun
simulyatsiya vositasini yaratishdadir. Bu suvni zararsizlantirish va fotoelektrik
tizimlar asosida energiya ta‟minoti tizimlarini maqbullashtirish
muammolarini
samarali hal qilish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ultrabinafsha nurlanish va quyosh
panellari asosidagi energiya ta‟minotidan foydalangan holda yer osti ichimlik
suvini zararsizlantirishning avtonom tizimlarini yaratishdadir.
Ushbu tizimlar
qishloq xo„jaligining turli sohalarida qo„llanilishi mumkin, ular minimal energiya
sarfi bilan suvni tozalash va zararsizlantirishni ta„minlaydi. UB stansiyalarini
boshqarish tizimlari uchun ishlab chiqilgan qurilmalar qator korxonalarda joriy
etilgan, bu esa xlor va elektr energiyasi uchun xarajatlarni
kamaytirish imkonini
berdi.