• Erigan metall va shlaklardan yong‘inning oldini olish.
  • Portlash havfini oldini olish




    Download 229.5 Kb.
    bet4/8
    Sana30.03.2022
    Hajmi229.5 Kb.
    #19091
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Jahongir avtomati va yarim avtomatik O\'A
    Автотранспорт воситаларини, Charxlash stanogi USLUBIY ISHLANMA, Destination B2, 292 (1), 5-nazorat ishi 2-sinf matematika, Taqdimot (10)
    Portlash havfini oldini olish. Bosim ostidagi gaz ballonlarini noto‘g‘ri tashish, saqlash va ishlatishda, har xil idishlarda oldindan tozalamay payvand ishlarni olib borganda, ular ichidagi yonuvchan moddalar qoldiqlaridan portlash havfi kelib chiqadi.
    Bosim ostidagi gaz ballonlarini ishlatishda quyidagi o‘rnatilgan xavfsizlik choralariga rioya qilish zarur:

    • ballonlarni tashlamaslik;

    • isitish jihozlari yonida ushlab turmaslik;

    • yonuvchi gaz va kislorod ballonlarini bir joyda saqlamaslik;

    • ballonlarni vertikal holda saqlash.

    Karbonat angidridli ballonlarni reduktorida nam muzlaganda faqat maxsus elektr isitgich yordamida isitish kerak, yoki issiq suvda ho‘llangan latta qo‘yib isitiladi (eritiladi). Har qanday bosim ostidagi gaz ballonlarini ochiq alanga bilan isitish qat’iyan man etiladi, chunki bu to‘g‘ridan to‘g‘ri portlashga olib keladi.
    Idishlar ichida payvand ishlarini olib borishdan oldin unda qanday mahsulot saqlanganligi va uning qoldig‘i aniqlanadi. Idishlar qoldiqlardan puxta tozalanadi va 2-3 marotaba 10% li ishqor eritmasi bilan yuviladi, undan keyin havo bilan puflab undagi hidlardan tozalanadi. Bu hidlar payvandchiga zararli ta’sir qiladi. Idishlarni kislorod yordamida puflab tozalash qat’iyan man etiladi, chunki bu holda kislorodning kiyim-kechakka va teriga tushishi har qanday ochiq alanga shiddat bilan kiyimni yonishga olib keladi, oqibatda kuyish natijasi o‘limga olib kelishi mumkin.
    Katta xajmdagi changsimon organik moddalar (oziq-ovqat uni, torf, toshko‘mir) bor xonada ham portlash xavfi mavjud bo‘ladi. Bu chang ma’lum konsentratsiyada katta portlashlarga olib kelishi mumkin. Bunday xonalarda payvand ishlari olib borish uchun yaxshilab havosi tozalanishidan tashqari o‘t o‘chiruvchilar korxonasidan maxsus ruxsatnoma bo‘lishi kerak.
    Erigan metall va shlaklardan yong‘inning oldini olish. Metal bilan qoplangan yog‘och yoki yonuvchan izolyatsion materiallar, yoki tez yonuvchan materiallar oldida payvand ishlarini bajarganda yong‘in chiqishi havfi mavjud. Hamma ko‘rsatilgan payvandlash variantlariga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.

    Download 229.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 229.5 Kb.