• Erigan metall va shlakning sachrashidan himoya qilish.
  • Aerozol va zararli gazlardan zaharlanishning oldini olish.
  • Elektr yoyi nurlaridan shikastlanish xavfini oldini olish




    Download 229.5 Kb.
    bet3/8
    Sana30.03.2022
    Hajmi229.5 Kb.
    #19091
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Jahongir avtomati va yarim avtomatik O\'A
    Автотранспорт воситаларини, Charxlash stanogi USLUBIY ISHLANMA, Destination B2, 292 (1), 5-nazorat ishi 2-sinf matematika, Taqdimot (10)
    Elektr yoyi nurlaridan shikastlanish xavfini oldini olish. Payvandlash yoyi yorug‘lik nurlarining manbai hisoblanib, uning nuri ta’siridan ko‘z 10-15 soniyada nurlanib kuyishi mumkin. Uzoq muddat nur ta’siridan ko‘z qorachig‘ining ishdan chiqishi va ko‘rish qobiliyati yo‘qolishi mumkin. Ultrabinafsha nurlari oftobning infraqizil nurlar kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siridan, ko‘z qorachig‘ini xiralashishiga va terini kuydirishga olib keladi. Yoy nurlari ta’siri faqat payvandchiga emas, balki yordamchilarga ham zarar yetkazadi. Ko‘zga xavfli jarohat yetishidan saqlash uchun albatta muxofazalovchi oyna tutilish kerak. Maska va shchitoklarga o‘rnatilgan muxofazalovchi oynalarning tashqarisi oddiy oyna bilan yopiladi va erigan metal sachrashidan saqlaydi. Shchitoklar izolatsiyali materiallardan (fibra, fanera) tayyorlanadi. Ularning tashqi tuzilishi va o‘lchamlari payvandchining yuzi va boshini muhofaza qilishi kerak.
    Kabinadan tashqarida ishlaganda atrofdagilarning ko‘zlarini yoy nuridan muhofaza qilishi uchun to‘sgichlardan va shchitoklardan foydalanish kerak.
    Erigan metall va shlakning sachrashidan himoya qilish. Yoyli payvandlashda, erigan metall tomchilarining harorati 18000 С gacha yetib, u har qanday gazlamani kuydirib ishdan chiqarishi mumkin. Shunday tomchilardan saqlanish uchun maxsus gazlama va brizentdan tayyorlangan maxsus kiyim (shim, kurtka va qo‘lqop)dan foydalanish zarur. Kurtka bilan ishlaganda uni shim ichiga kiritish kerak emas. Oyoq kiyim usti tekis bO‘lishi kerak.
    Aerozol va zararli gazlardan zaharlanishning oldini olish. Yoyning yuqori harorati (6000-80000С) payvand simi, elektrod qoplami va flyuslarni bug‘ holatiga olib keladi. Bu bug‘lar ustaxona muhitiga o‘tgach kondensatsiyalanadi va aerozolga aylanadi, uning zarralari parchalanishi natijasida tutunga aylanib, payvandchining nafas olish organiga yengil o‘tadi. Bu aerozollar payvandchining ish faoliyatini amalga oshirishga bosh xavf tug‘diradi. Payvandchining nafas olish organlaridagi changlar miqdori payvandlash usuli va payvand materiallariga bog‘liq. Yoy yordamida payvandlashda changlar bilan bir qatorda gazsimon moddalar (azot oksidlari va uglerod) hosil bo‘ladi;
    «B» qobig‘li elektrod va flyus ostida payvandlashda – ftor birikmalari ajralib chiqadi.
    Payvandchining nafas olish organlarida bu gazlarning konsentratsiyasi N2O5 0.009-0.018 mgl; SiF4 0,004 mgl, SO-0,46 mgl gacha ortishi mumkin. Rangli metallar va ularning qotishmalarini payvandlashda payvandchining nafas olish organida zararli ZnO, SnO2, MnO­2, SiO2 va boshqa gazsimon moddalarni kuzatish mumkin.
    Payvandchining sog‘lig‘iga ko‘proq marganes aerozoli hafli, chunki u bilan zaharlanganda markaziy nerv tizimi uzoq muddatga ishdan chiqib, xatto shol xolatiga ham keltirishi mumkin.
    Rux, qo‘rg‘oshin, xrom angidridi inson nfas olish organlarini o‘tkir zaharlab, surunkali kasalliklargacha olib keladi. Uzoq muddatda o‘pkada changlarning yig‘ilishi pnevmokonikoz kasaliga olib keladi.




    Yon tomonlama keng havo so‘rish jixozi chizmasi
    1-drossel; 2-transformator;
    3-payvandlash stoli;
    4-yon tomonli havo so‘rish;
    5-havo tortish quvuri;
    6-payvandchi kabinasi (xonasi)

    Hamma ko‘rsatilgan shikastlanishlar payvandlashda xavfsizlik texnikasini qo‘pol ravishda buzganda, umumiy va mahalliy havo tozalash ta’minlanmasa, shaxsiy muhofaza vositalari (maska, raspirator) dan, ayniqsa rangli metal va ularning qotishmalarini payvandlashda, shuningdek tor va yopiq joylarda payvandlashda havoni tozalashning yetishmasligidan va hokazolar oqibatida ro‘y berishi mumkin.
    Payvandlash ishlarida havoni tozalashning qat’iy talablari mavjud. Bular payvandlash aerozolini ushlash uchun mahalliy havo tortish shkaflari va bir tekis havo so‘rilishi uchun vertikal yoki qiya panellar, reshetka (panjarali) havo so‘rish vositali stollar va boshqalar kiradi.

    Ko‘chma payvandlash postlarining yopiq va yarim yopiq joylarida ishlaganda mahalliy, ejektor tipidagi, havo so‘rish jihozi ishlatiladi. Bunda bitta payvandlash postidan 400-500 m­­3soat, lekin 100-150 m­­3soatda kam bo‘lmagan havo so‘ruvchi yuqori vakuumli jihozlar havoni me’yor darajada yetkazib berishni ta’minlaydi.

    Download 229.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 229.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr yoyi nurlaridan shikastlanish xavfini oldini olish

    Download 229.5 Kb.