Elektr tokidan shikastlanish havfining oldini olish




Download 229.5 Kb.
bet2/8
Sana30.03.2022
Hajmi229.5 Kb.
#19091
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jahongir avtomati va yarim avtomatik O\'A
Автотранспорт воситаларини, Charxlash stanogi USLUBIY ISHLANMA, Destination B2, 292 (1), 5-nazorat ishi 2-sinf matematika, Taqdimot (10)
Elektr tokidan shikastlanish havfining oldini olish. Eritib payvandlashda payvandlash manbai sifatida kuchlanishi o‘zgarmas tokda 110 V, o‘zgaruvchan tokda 80 V va plazma yordamida payvandlash va kesishda 170-200 V ishlatiladi. Shuning uchun ularda elektr yoyi uzilganda 0,5 sekund ichida tokni o‘chiruvchi avtomatik jihozlar bo‘lishi shart.
Inson tanasining elektr qarshiligi turg‘un bo‘lmaganligi sababli terining quruq xolatida qarshilik 8000-20000 OM ni tashkil etadi (qo‘l nam bo‘lganda, terining shikast joylarida qarshilik 400-1000 OM gacha pasayadi). Xavfsiz kuchlanish 12 V gacha hisoblanadi (ko‘chma yoritgich). Agar payvandchi tor xonada ishlayotgan bo‘lsa va metal yuzalarining ko‘p maydoni bilan aloqada bo‘lsa, elektr tokidan shikastlanishni oldini olish uchun quyidagilarga:

  • payvandlash transformatori va yoyi bilan bog‘liq hamma simlar mustahkam (ishonchli) izolatsiyalangan bo‘lishi va payvandlash transformatorining qobig‘i sim orqali yerga ulangan bo‘lishi;

  • ta’minlash manbai qobig‘i, apparat qutisi, yordamchi elektr jixozlar yerga ulanishi;

  • yerga ulanadigan simning ko‘ndalang kesimi 25 mm2 dan kam bo‘lmasligi;

  • payvandlash jixozlarini ulash, o‘chirish, ta’mirlash ishlarini faqat navbatchi elektromanter tomonidan bajarilishi;

  • ta’minlash manbalarida yuqori kuchlanishlarni o‘chiruvchi avtomatlardan qo‘llanilishi;

  • elektrod ushlagichning ishonchli tuzilishi, izolatsiyalangan bo‘lishi ish jarayonida metal yoki payvandchining qo‘liga tok o‘tkazuvchi qismlarni tegmasligi, elektrod ushlagich yuqori mexanik chidamlikga va 8000 ga yaqin elektrodni siqib (ushlab) turishga mo‘ljallangan bO‘lishi;

  • yoritish manbai 12 v dan oshmasligi jamokor va qo‘lqoplar butun va quruq bo‘lishi, tor va yopiq joylarda ishlaganda rezina kalish va gilamcha ishlatilishiga rioya qilish shart.

Yuqorida aytib o‘tilgan talablar bilan birga elektr tokidan shikastlanishning oldini olish uchun yuqori kuchlanish zanjirining klemma va siquvchi boltlariga tegish, avtomat mexanizmlarining qopqoqlarini yechish, apparat qutisining eshiklarini ochish, transformatorlarini sozlash va boshqalar man etiladi.



Download 229.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 229.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr tokidan shikastlanish havfining oldini olish

Download 229.5 Kb.