• Natija
  • Pardayeva gulmira abdunazarovna yaxyayev sobir jumakulovich latexga kirish




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/54
    Sana16.12.2023
    Hajmi5,37 Mb.
    #120490
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
    Bog'liq
    7.LaTexga kirish fanidan Laboratoriya

     
    5.5. MATRITSA MUHITLARI 
    Latex yordamida matritsa yozish uchun bizga array tanasi (\begin{} va \end{} 
    bu Latexdagi tana) kerak bo‘ladi. Matritsa tanasini tushunish uchun avval kichkina 
    misol ko‘rib o‘tamiz. 
    Misol: 
    \documentclass{article} 
    \usepackage{amsmath} 
    \begin{document} 
    \[ 
    \begin{array}{cccc} 
    a_{11} & b_{12} &\ldots & c_{13} \\ 
    a_{21} & b_{22} &\ldots & c_{23} \\ 
    a_{31} & b_{32} & \ldots & c_{33}\\ 
    \vdots & \vdots & \ddots & \vdots\\ 
    a_{n1} & b_{n2} & \ldots & c_{n3} 
    \end{matrix} 
    \] 
    \end{document} 
    Natija: 
     


    64 
    Mana matritsa ham hosil qilindi. Endi undagi bizga notanish bo‘lgan buyruq 
    va belgilar bilan tanishamiz. Matritsalar qator va ustunlardan iborat bo‘ladi. Yangi 
    qatorga o‘tish \\ buyrug‘i orqali(oxirgi qatorga shart emas) amalga oshiriladi. 
    Ustunlar orasidagi farqni aniqlash uchun & belgisidan foydalaniladi. Shuningdek 
    bu belgi matritsa turli ustunlarida turli uzunlikdagi qiymatlar bo‘lganda ustunlar 
    orasida vujudga keladigan nomutanosibliklarni ham yo‘qotadi. Matritsa yozishda 
    array tanasi(\begin{array} ,array figurali qavs ichiga yoziladi) ochilgandan so‘ng, 
    matritsa tuzilishini aniqlash boshlanadi, ya’ni matritsa nechta ustundan iboratligi. 
    Yuqoridagi misolimizda 4 ta ustun bo‘lgani uchun biz {cccc} yozdik. Figurali 
    qavslar ichidagi 4 ta harf matritsa 4 ta ustundan iboratligini, c harfi esa ustunni 
    markaz (inglizcha – center ning bosh harfi) bo‘yicha tartiblanganligini bildiradi. 
    Bu misolda biz 4 ta ustunning ham markaz bo‘yicha tartiblanishini ko‘rdik , aslida 
    c harfidan boshqa yana l yoki r harflarini ham ishlatishimiz mumkin edi. Bunda l 
    harfi (inglizcha – left ning bosh harfi) ustunni chap tomon bo‘yicha tartiblaydi , r 
    esa (inglizcha – right ning bosh harfi) ustunni o‘ng tomon bo‘yicha tartiblaydi.Biz 
    yuqoridagi misolimizning uchinchi qatorida yana vertikal ko‘pnuqtalar yozish 
    uchun \vdots va diagonal nuqtalar yozish uchun \ddots buyruqlaridan foyalandik. 
    Bu buyruqlardan nafaqat matritsalar yozishda balki istalgan matematik 
    formulalarni yozishda ham foydalanish mumkin. 
    Matritsa qanday yozilishini ko‘rdik. Lekin bu matritsamiz shunchaki bir 
    nechta qatorda ketma-ket turgan ro‘yhatga o‘xshaydi. Odatda matritsalar turli xil 
    ko‘rinishdagi qavslar bilan birga yoziladi.Agar biz ham o‘z matritsamizda 
    qavslardan foydalanmoqchi bo‘lsak , \begin{array} dan oldin ochiluvchi qavsni 
    (masalan “(“ ni) \left( ko‘rinishda , yopiluvchini esa \end{array} dan keyin \right) 
    ko‘rinishda yozish mumkin.
    Agar matritsa faqat bir qatordan iborat bo‘lsa uni matritsa yozish usuli bilan 
    yozish shart emas, bunday hollarda oddiy qatorga yozuv yozgandek yozuvlarni 
    bo‘sh joy(probel) bilan ajratib yozish , matitsa yozish usuli bilan yozishdan ko‘ra 
    ancha qulayroq va osonroq. Matritsa yozish tanasi, ya’ni array tanasi bilan nafaqat 


    65 
    turli xil matritsalar balki, turli xil matematik qatorlar ham yozish mumkin.Masalan 
    Paskal uchburchagi:
    \documentclass{article} 
    \usepackage{amsmath} 
    \begin{document} 
    $$ 
    \begin{array}{cccccccccccc} 
    &&&& 1 && 2 \\ 
    &&& 2 && 2 && 2\\ 
    && 1 && 3 && 3 && 2 \\ 
    & 1 && 4 && 6 && 4 && 2\\ 
    1 && 5 && 10 && 10 && 5 &&1 
    \end{array} 
    $$ 
    \end{document} 
    Natija: 
    Bu yerda “&” belgisi ustunlar o‘rtasida bo‘sh joy tashlash uchun ishlatiladi. 
    Agar matritsada satr tugagandan keyin qator oxirigacha bo‘sh joy qo‘ymoqchi 
    bo‘lsangiz u holda , qator tugaguncha “&” dan foydalanish shart emas. Shunchaki 
    \\ dan foydalanish kifoya. Bu belgi keyingi qatorga o‘tishni ta’minlaydi va 
    avtomatik tarzda oldingi qatorning qolgan qismi bo‘sh qolgandek ko‘rinadi Yana 
    bir misol: 
    Endi tenglamalar sistemasiga doir , array tanasi yordamida tuzilgan:
    \documentclass{article} 
    \usepackage{amsmath} 
    \begin{document} 


    66 
    $$ 
    \left\{ 
    \begin{array}{rlc} 
    x^2+y^2 & =67\\ 
    x+y & =63\\ 
    \end{array} 
    \right\} 
    $$ 
    \end{document} 
    Natiaja: 

    Download 5,37 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pardayeva gulmira abdunazarovna yaxyayev sobir jumakulovich latexga kirish

    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish