• Amaliy ishlar metodi
  • Pardayeva gulmira abdunazarovna yaxyayev sobir jumakulovich latexga kirish




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/54
    Sana16.12.2023
    Hajmi5,37 Mb.
    #120490
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
    Bog'liq
    7.LaTexga kirish fanidan Laboratoriya

    Laboratoriya mashg‘ulot – aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi 
    tomonidan boshqarib turiladigan, aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli 
    nazariy darsda olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko‘nikmalar 
    shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali didaktik harakatga aytiladi. 
    Laboratoriya mashg‘uloti kasb-hunar ta’limining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quv 
    ustaxonalarida, laboratoriyalarda, o‘quv poligonlarida ish o‘rnida joylashgan real 
    vositalardan foydalanilgan holda o‘tkaziladi. 
    Laboratoriya mashg‘ulotlarda ta’lim beruvchi ish o‘rnida faqat ish 
    topshiriqlariga tegishli qo‘shimcha bilimlarni berishi kerak. Agarda laboratoriya 



    mashg‘ulotlarda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning dastlabki bilimlarida 
    kamchiliklar borligini aniqlasa, u kerakli nazariy bilimlarni beradi. 
    Amaliy ishlar metodi - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini 
    topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni 
    amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy 
    sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga 
    oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi 
    tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani 
    o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi. 
    Amaliy ta’lim mazmuni shu amaliyot uchun nazariy asos bo‘luvchi fanlar 
    mazmunidan hamda malakali kichik mutaxassis ish o‘rni malaka tavsifidan kelib 
    chiqib belgilanadi. Laboratoriya ishlarini ilmiy asosda tashkillashtirishning birinchi 
    sharti-unga asos bo‘luvchi o‘quv fanlarini o‘zlashtirishdir. Shuning uchun “oldin 
    nazariya, so‘ng amaliyot” qoidasiga amal qilish maqsadga muvofiqdir. 
    Laboratoriya mashg‘ulotlarni ilmiy asosda tashkillashtirishning ikkinchi 
    sharti-ixtisoslik bo‘yicha laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar davrida olingan 
    boshlang‘ich ko‘nikmalardir. 
    O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlari quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi: 

    Tashkiliy qism 

    Kirish yo‘l-yo‘rig‘i 

    Joriy yo‘l-yo‘riq 

    Yakuniy yo‘l-yo‘riq 
    O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarining umumiy qabul etilgan ketma-ketligi 
    tanlangan metodga bog‘liqdir. Ushbu ta’lim metodlari asosan amaliy qobiliyatlar 
    va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan va o‘zida bunga taalluqli nazariy 
    bilimlarni mujassam etgan bo‘ladi. O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlari mazkur 
    metodlar tizimidagi turli bosqichlariga asoslanib amalga oshiriladi.




    Download 5,37 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pardayeva gulmira abdunazarovna yaxyayev sobir jumakulovich latexga kirish

    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish