7
KIRISH
Tеz rivojlanib borayotgan kompyutеr axborot tеxnologiyalari bizning
kundalik hayotimizning barcha jabhalarida sеzilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda.
Barchamizga sir emaski, xozirgi vaqtda jamiyatni
axborot kommunikasiya
texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Umuman olganda, har bir mamlakatni
rivojlanishini zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini sohalarga joriy
qilinishi bilan baholash mumkin. Mamlakatimizda xam buning uchun bir qator
ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 24 apreldagi “Innovatsion g‘oyalar,
texnologiyalar va
loyixalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3682-son qarori, 2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy
faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855-son qarori, 2020 yil 6 oktyabrdagi “Axborot
texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish,
ilmiy
tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora
tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4851-son qarorlari ijrosi ayni damda bugungi kun
yoshlarining raqamli texnologiyalardan o`z soxalarini
rivojlantirishda unumli
foydalanishlari kerakligini ta`kidlaydi. Shu bilan birga yosh izlanuvchilarning chet
el nufuzli jurnallariga o`z ishlanmalari hamda maqolalarni taqdim qilishda
raqamlashtirilgan dasturlardan foydalanish dolzarb vazifalardan biri xisoblanadi.