• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Axborot manbaalari I. Kirish
  • Parmalash dastgohining tuzilishi va ishlash prinsplari




    Download 0.81 Mb.
    bet1/11
    Sana02.10.2023
    Hajmi0.81 Mb.
    #85995
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    MUSAYEV SARDORBEK ABDUMO’MINOVICH Mahsulot tayyorlash
    ONA TILI 8-sinf ish rwja, intellektualnye-sistemy-ulichnogo-osvescheniya-kak-sposob-povysheniya-bezopasnosti-dvizheniya, Определение фотодетектора сам 2, Word Раб №1 (1), Word Раб №1, 22-maktab ФИРМИННИ БИЛАНКА moliyaga, texnologiya, NAQQOSHLIK, BAHROMOV MANSURBEK ORIFJONOVICH Texnik ijodkorlik, SOTVOLDIYEV OZODBEK TURSUNBOYEVICH Texnik ijodkorlik, Mavzu yog’och materiallarini rejalash arralash va randalash. Re-fayllar.org, NAQQOSHLIK, BURXONOV MIRZABEK MARUFJON O’G’LI Texnik ijodkorlik, TURDIYEV BEHZODBEK RUSTAMBEK O’G’LI Texnik ijodkorlik

    MUSAYEV SARDORBEK ABDUMO’MINOVICH


    PARMALASH DASTGOHINING TUZILISHI VA ISHLASH PRINSPLARI.


    Reja:

    1. Kirish.

    2. Asosiy qism

    1. Parmalash va teshik yo‘nish stanoklari tasnifi.

    2. Parmalash stanoklarida qo‘llaniladigan yordamchi qurilmalar.

    3. Parmalashdagi qirqish jarayoni.

    1. Xulosa

    2. Foydalanilgan adabiyotlar

    3. Axborot manbaalari



    I. Kirish
    Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish sharoitida, mehnat turlari va tavsifining tezkorlik bilan o‘zgarib borishi tabiiy hol. Bunday muhitda ishlab chiqarishning zamonaviy fikrlovchi, ijodkorlik bilan, faol ishlaydigan ishchiga bo‘lgan talab-ehtiyoji tobora ortib boradi, albatta. Binobarin, yetuk bilimli, amaliy jihatdan barkamol va yuqori texnologik madaniyatga ega mutaxassis ishlab chiqarishdan o‘z o‘rnini topa oladi va uning xalq xo‘jaligini rivojlantirishga qo‘shadigan hissasi ham salmoqli bo‘ladi.
    Ma’lumki, mashinasozlikda mehnat samaradorligini oshirish va chiqariladigan mahsulotning raqobatbardoshliligini ta’minlash ishlab chiqarish jarayonlarida aniqlik va sifatni jiddiy oshirishni va yangi texnologik usullarni, avtomatik-texnologik jarayonlarni keng ko‘lamda joriy etishni talab qiladi.
    Hozirgi paytda korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot konstruksiyasi uzluksiz murakkablashib, turi ortib bormoqda, ishlab chiqarish obyektlari tez-tez almashinib, yangi mahsulot chiqarishni o‘zlashtirish muddatlari tobora qisqarmoqda. Albatta, bunday sharoitda, ya’ni integratsion muhitda ishlash tezkorlik bilan o‘zgaruvchan material- texnik vositalar majmuyida faoliyat yuritish uchun mutaxassis o‘z kasbining ustasi va mazkur faoliyatga texnologik jihatdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini ishlab chiqarishga ilg‘or g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilmasdan turib yanada rivojlantirish mumkin emasligi bugungi kunda barcha uchun kunday ravshan. O‘z navbatida, ushbu vazifalarni amalga oshirish malakali va iste’dodli kadrlarga bog‘liqdir. Ular yetuk mutaxassis, faqat o‘z kasbining barcha sir- sinoatini, o‘ziga xos tomonlarini mukammal bilibgina qolmay, balki yetarli darajada iqtisodiy hamda huquqiy bilimlarga ham ega bo‘lishi darkor. Ishlab chiqarishning chuqur ilmiy-iqtisodiy asoslarini ta’minlash esa kelajakda respublikada texnik-texnologik salohiyatning yanada oshishiga asos bo‘ladi. Bu borada parmalash va kengaytirib yo‘nish texnologiyasi fani ham muhim ahamiyatga ega. Mazkur fanni o‘rganishdan maqsad — ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan zamonaviy texnika va texnologiyaning ilmiy asoslari bo‘yicha bilim berish va uni o‘quv-amaliyot darslarida mustahkamlashdan iboratdir.
    O‘quv rejasiga monand bo‘lgan barcha asosiy mavzular bo‘yicha o‘quvchilarni texnik adabiyot va tavsiyanomalar, texnologik hujjatlar bilan mustaqil ishlashga jalb qilish, seminar va ma’ruzalar tashkil qilishning amaliy bajarilishiga e’tibor berish, masalalar yechish, laboratoriya-amaliyot ishlarini bajarish, o‘quv mashg‘ulotlari hajmini bazaviy korxona xususiyatlarini e’tiborga olgan tarzda hisoblash va konstruksiyalarni, texnologik jarayonlarni o‘zaro bog‘liq holda, tahliliy asosda o‘rganish o‘quvchining mutaxassis sifatida shakllanishiga asos bo‘ladi, albatta.
    O‘quvchilarga respublikamiz xalq xo‘jaligi tarmoqlaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari ishlab chiqarishga nechog‘liq joriy qilinayotganligi to‘g‘risida aniq misollar keltirish, mehnat muhitining yaxshilanishi, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish asosida og‘ir qo‘l mehnatini siqib chiqarish jarayonlarini tahlil qilish asosida tushuntirilishi yaxshi samara berishi shubhasizdir.
    Dunyo miqyosidagi ilg‘or texnologiya va texnika rivojiga erishish uchun moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlarini keng ko‘lamda qo‘llash talab etiladi. Bunday tizimlar EHM bilan boshqarilib, kompyuter texnologiyalari, informatsion texnologiyalarni mujassam etgan holda mexanotronika yo‘nalishi vujudga keladi.
    Turli buyumlarni ishlab chiqarish va yig‘ishga tezda moslasha oladigan avtomatik o‘zgaruvchan modullarni joriy qilish korxonada zamonaviy texnologiyaning yuqori darajada samaradorligini va madaniyatini oshiradi. Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlarida sanoat robotlari har xil vazifa doirasida ishlatiladi. Bunday robotlardan asosiy texnologik uskuna sifatida ham, zagotovkalarni berib turish, tayyor detalni yechib olish va tashishga mo‘ljallangan yordamchi uskunalar sifatida ham foydalanish mumkin.
    Dunyo miqyosida rivojlangan, texnik-texnologik darajasi yuqori bo‘lgan firmalarda moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari joriy qilingan. Albatta, yig‘ish texnologik jarayonlarida, sozlash ishlarida, chilangarlik, nazorat qilish ishlarida qo‘l mehnatining o‘z o‘rni mavjud, lekin texnologik jarayonlarni to‘la avtomatlashtirish borasida hal qilinmagan masalalar talaygina.
    O‘quv qo‘llanmada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan mexanik-parmalash, yo‘nib kengaytirish ishlari texnologiyasi asoslari, unda qo‘llanadigan vositalar, jihozlar, qurilma va moslamalar, nazorat, o‘lchash asboblari, har xil chilangarlik, sozlash asboblari, qurilmalari, moslanuvchan yig‘ish tizimlari, modullari, gidravlik, pnevmatik, elektr-mexanik qurilmalar, elektr-gidravlik kuzatuvchi uzatmalar, qadamli dvigatel uzatmalari, mexanotronika asoslari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, raqamli dastur bilan boshqariladigan (RDB) stanoklarni dasturlash asoslari ham keltirilgan.
    Parmalash stanoklari azaldan konstruktiv jihatdan katta o‘zgarish- larga ega bo‘lmay, oddiy teshik ochish uchun kichik gabaritli stol usti, katta gabaritli pol ustiga montaj qilinadigan, qo‘l yordamida ishlatiladigan stanoklar guruhida rivojlanib kelgan. ◻eshiklarga ishlov berish operatsiyasini bajarish uchun texnologik tizimni yaratish zarur. Bunga stanok, zagotovka, moslama, instrument va yordamchi elementlar kiradi. Ma’lumki, instrumentlarga, metall yoki nometall zagotovkalarga, ya’ni ochiq va berk teshiklarga (1-rasm) ishlov berishda


    1-rasm. Parmalash jarayonida uchraydigan har xil ochiq va berk teshiklarga ketma-ketlikda ishlov berish sxemasi: 1 — zagotovkadagi bo‘shliq; 2 — berk teshik; 3 — parma; 4 — parma; 5 — berk teshik; 6 — berk teshik; 7 — parma; 8, 11 — zagotovka; 9 — burchak ostida berk teshik; 10 — ochiq teshik; 12 — berk teshikni parmalab kengaytirish; 13 — ochiq teshikni parmalab kengaytirish; 14 — parma.
    parma, zenker, razvyortkalarning har xil konstruktiv turlari ishlatiladi.
    Metallni qirqish jarayonida, avvalo, zagotovka parmalash stanogining stoli ustiga aniq ravishda o‘rnatiladi. Ishlov beriladigan teshik markazini Morze konusiga (stanok shpindelida parma quyrig‘ining konusi bilan biriktirish uchun mo‘ljallangan konussimon bo‘shliq) o‘rnatiladigan parma o‘qiga monandligida sozlash asosida erishiladi.
    1-rasmda parmalash jarayonida uchraydigan quyidagi operatsiyalar ko‘rsatilgan:

        • Berk asosiy teshikka ishlov berish.

        • Ochiq yordamchi teshikka ishlov berish.

        • Berk ko‘ndalang joylashgan teshikka ishlov berish.

        • Ochiq asosiy teshikka ishlov berish.

        • Burchakli ochiq teshikka ishlov berish.

    Zagotovkani stanok stoli ustiga yoki moslamaga o‘rnatishdan avval operatsion kartaga asosan baza yaratiladi, ya’ni detal tekis frezalangan yuzaga ega bo‘lishi kerak. Shu yuza bilan ishlamaga yoki stanok stoliga o‘rnatilib, mahkamlanadi, so‘ngra parma, zenker, razvyortka, sekovka, kombinatsiyalangan instrumentlar bilan ketma- ketlikda ishlov berish mumkin bo‘ladi.

    Download 0.81 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Parmalash dastgohining tuzilishi va ishlash prinsplari

    Download 0.81 Mb.