II.O’tilgan mavzuni so’rash va baholash




Download 6.26 Mb.
bet60/62
Sana21.02.2023
Hajmi6.26 Mb.
#43022
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
3- SINF UCHUN PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR 2021
chqbt-test, БАЁН-1 БО Ах хуруж, WRHJgP8bTsd5o7ZVdr11AsxI1oEusMveDLBuuux8, 2-Ózbetinshe, Lobaratoriya 3, The Culture of our country, Maqsadli bozor tanlash, Sevara Arxivlash va arxivlash dasturi, Nafosat ShK ishalshining umumiy prinsipi, Task 2 Guide, iqtisodiyot nazariyasi 8variant, Сам. работа №3, SilabusMTS 2 kurs 2021, Mavzu Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti s
II.O’tilgan mavzuni so’rash va baholash: O`quvchilar bilan matn yuzasian savol-javob o`tkazaman. Matnni o`quvchilarga o`qitib, oqish malakalaini tahlil qilgan holda baholab boraman.
III.Yangi mavzu bayoni: Oq tumshuq jasorati Hamidulla Murodov
(Hikoya) 1 Yozning o‘rtalari. Havo dim. Yo‘l yurib charchagan Azamat o‘tovga kirib, o‘rtaga tashlangan ko‘rpachaga cho‘zildi: „Birozgina mizg‘ib olsam“. Ko‘zi ilingan ekan, o‘tov yonidagi soyada yotgan Oq tumshuqning vovullashidan sergaklanib ko‘zini ochdi. Erinibgina yon-atrofni kuzatdi – hech narsa ko‘rinmadi. „Oq tumshuq hurib, uyqumni ham beliga tepdi-da“, deb itdan o‘pkalandi ham. Keyin iltijoli ohangda „Jim bo‘l, jim, Oq tumshuqjon!“ – dedi.
Bechora it Azamat yotgan o‘tovdan biroz naridagi supacha soyasiga borib yotdi.
Lekin ko‘p yotolmadi, yana ortiga qaytdi, qattiq-qattiq irilladi. Azamat yana itni jerkib
tashladi.
– Irillamay nari bor, charchaganman, biroz dam olay, nari bor! Bor! Bor!.. Oq tumshuq nari ketishga ketdi-yu, ko‘p o‘tmay yana qaytdi. Qaytdi-yu, kela solib endi o‘tovning o‘zi boya etigini yechib qo‘ygan joyiga uzala tushib yotib oldi.
– Voy, ahmoq it, nari haydagan sari o‘zim tomon yaqinlashadi-ya...
U yana noiloj o‘rnidan turdi. Itni o‘zidan nariga haydashga tutindi. Keyin oyog‘iga biron
narsa kiyib olish maqsadida o‘tov eshigi tomon yurdi. It ketmadi, qaytanga Azamat itni
haydashga tushsa, yonida bo‘lishga intilardi. Azamat yechgan etigini kiymoqchi bo‘lib
etikka qo‘l cho‘zdi. Oq tumshuq bo‘lsa, undan oldin etikka chang solib, joyidan ancha nariga otib yubordi. Otilgan etik ancha nariga borib tushdi.
Azamat itning qilig‘i sirini tushuna olmadi, aksincha unga buyruq ohangida gapirdi.
– Oq tumshuq, bor etigimni olib kel! Tez!
Oq tumshuq bo‘l... 2
Oq tumshuq uning gapini anglaganday etik tomon yurdi. Oldiga borganda esa bir qattiq irilladi-da, etikni qo‘njidan emas, poshnasi tomonidan tishlab torta boshladi. Azamat qandaydir xavfni anglaganday bo‘ldi. „Nahotki etikda biron narsa bo‘lsa?“
Nahotki degan o‘yda u qo‘liga ukalari o‘ynab shu joyda qoldirishgan o‘zining cho‘ponlik tayog‘ini oldi. Olishga oldi, birdan ko‘zi etik og‘zidan chiqib turgan boshga tushdi: „Ilon! Ilonning boshi! Ilon...“ U hammasini tushundi. Ilon etik ichiga kirib olgan ekan. Agar Azamat etikni olib kiyganda bormi, hozir nima bo‘lishini ko‘z oldiga keltirdi. Darrov qo‘lidagi tayoq bilan etikda ko‘ringan ilon boshiga zarba berdi. Zarba qattiq bo‘lmadi chog‘i, ilon etikdan chiqib ketish uchun bemalol o‘rmalay boshladi. Bu shu joylarda ahyon-ahyonda uchrab turadigan zaharli qora ilon edi. Azamat bu gal urishda naqd boshini mo‘ljallab urdi.
Zarba qattiq bo‘ldi shekilli, ilon darrov g‘ujanak bo‘lib olib, o‘zini himoyalashga urindi. Zarbalarning biri tegib, biri tegmasdi. Shunday bo‘lsa ham u ilonning duch kelgan joyiga urar, ilon bo‘lsa jon holatda vishillar, Azamatning zarbalaridan qochishga intilardi. Oq tumshuq bu zarbalarning biri ilonga tegib, boshqasi tegmay qolayotganini sezdimi, yo
ilon qochib qolishni rejalaganini bilib qoldimi, bir sapchib, ilonning bo‘ynidan tishlab oldi. It bir necha bor bir tishlagan joyini qayta-qayta tishladi. Oxirgi tishlaganda bir siltadi-yu,
o‘zidan biroz nariga otib yubordi. Ilon borib tushgan joyida ortiq qimirlamadi. U o‘lgan edi.
– E, Xudoyim-ey, bir asrabdi-da meni, – dedi Azamat it yoniga kelgach, uning boshini
minnatdorlik bilan silab. – Seni jerkib-jerkib tashlaganim uchun kechir, sen... sen mening
jonimni asrab qolmoqchi ekansan-a, Oq tumshug‘im! Vafodor itim!..

Download 6.26 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Download 6.26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.O’tilgan mavzuni so’rash va baholash

Download 6.26 Mb.