• Labaratoriya ishi №8 KRISTALLANISh FRONTNING STRUKTURASI TADQIQOT QILISh Ishdan maqsad
  • Payvandlash mmetallurgiyasi” o‘quv fani bo‘yicha Labaratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo`llanma




    Download 1,48 Mb.
    bet11/13
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,48 Mb.
    #232975
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    PM Labaratoriya

    Xisobot mazmuni
    Xisobotda bajarilgan tajribalarnig qisqacha mazmuni, olingan natijalar analizi va hulosalar bo`lishi kerak
    Nazorat uchun savollar
    1. АH—348-А va АН—20 flyuslar ostida payvandlanganda erigan metalldagi marganets miqdorining turlichaligiga sabab nima?
    2. АH—348-А flyusi ostida payvandlaganda metal chokini legirlanishi qanday kechadi?

    Labaratoriya ishi №8
    KRISTALLANISh FRONTNING STRUKTURASI TADQIQOT QILISh
    Ishdan maqsad: kristallanishdagi struktura o`zgarishlari bilan tanishish.
    Ishning mazmuni.
    Payvand choki metalida yoriqcha, govak va metal bo`lmagan birikmalar kabi nuqsonlarning paydo bo`lishiga asosiy sabab birlamchi kristallanish shart sharoitlari hisoblanadi. Metal va qotishmalarda birlamchi kristallanish jarayonining tengsiz kechishi natijasida kimyoviy va fizik nobirjinsliklar vjudga keladi, bularning darajasi birinchi navbatda kristallanish fronti strukturasiga bog`liq.
    Kristalizatsiy fronti struktura jihatidan: tekis, uyali va dendridli bo`lishi mumkin. Kimyoviy va fizik nobirjinsliklar darajasi strukturaning tekisdan- uyaliga, uyalidan dendridga o`tishida ortib boradi.
    Uyali struktura qator parallel kristallanish yo`nalishida joylashgan sterjinlar(tolalar)dan iborat bo`ladi. Ko`ndalang yuzalardagi sterjinlar to`g`ri oltiburchakli shaklga ega, kristalizatsiya zonasida to`ntarib ko`rish usuli bilan aniqlangan strukturalar oltiburchakli yashikchalar yig`indisiga o`xshaydi. Uyali strukturaning hosil bo`lishiga sabab konsentratsiyalashgan sovitish nazariyasiga asoslangan. ( Suyuq va qattiq fazali aralashmalarning miqdorini munosabati Сqs =ko taxsimlanish koefitsiyenti) Taxsimlanish koeffitsiyenti k0<1 bo`lganda, aralashmalar harakatdagi kristalizatsiya zonasi oldida to`planib qoladi natijada konsetratsiyalashgan o`ta sovush vjudga keladi. Kristallanish zonasidagi har qanday tasodifoiy o`smalar konsentratsiyalashgan o`ta sovish zonasiga tushib qoladi va uni rivojlanishiga ko`maklashadi. Bu holda aralashmalar o`smalarga qo`shilib ketadi va kristallanish zonasida turg`un shakllar hosil qiladi. O`smalarning uchi o`ta sovish yuqoriroq bo`lgan joylarga chuqurroq kirib boradi va uyerda yanada tezroq o`sadi. Yonlama difuziya oqimlarining ta’siri natijasida, aralashmalar o`smalardan uzoqlashib chegaralarga boradi natijada, o`smalar uchida aralashmalar konsentratsiyasini kamayishiga va chegaralarda uning konsentratsiyasini ortishiga olib keladi.
    Yassi kristallanish zonasini uyali holatga o`tish sharti, haqiqiy temperatura gradiyenti, konsentratsiyalar temperaturasi gradiyentini likvidus chizig`ini og`ishiga ko`paytmasi Gс ga teng bo`lgan, teng kuchli temperature gradiyentidan G kichik holatida yuz beradigan o`ta sovishning konsentratsiyasi hisoblanadi. Yani..
    (8.1)
    Aralashmalarni eritmada difuziyalanish D koefitsentini kristallanish tezligi v orqali ifodalab, Taxsimlanish koeffitsiyenti k0 va boishlang`ich eritmadagi aralashmalar konsentratsiyasini С0 inobatga olib, kristallanishning yassi zonasini uyali holatga o`tishini quyidagicha yozish mumkin:
    (8.2)
    Bu tenglamadan ko`rinib turibdiki o`ta sovishning kosentratsiyalashuvi uchun, va G/v munosabat o`zgarmagan holatida uyali strukturani hosil bo`lishi uchun eritmada malum miqdorda aralashma konsentratsiyasi С0 bo`lishi shart. Kristallanish zonasini ma’lum miqdordagi qo`shimchalar mavjudligida С0 yassidan uyaliga o`tmasligi uchgun eritmadagi temperature gradiyentini oshirish kerak, yoki kristallanish zonasini harakatlanish tezligini kamaytirish kerak.
    Uyali kristallanishning miqdoriy harakteristikasi uyalar o`lchami hisoblanadi. Uyalarning eni qo`shimchalar miqdori С0 ortganda va temperature gradiyenti G va kristallanish tezligi v kamayganda kuzatiladi.
    Termik yoki kosentatsiyalashgan o`ta sovishning kata miqdorlarga ortishida uyali struktura dendrit strukturaga o`tadi. Eritmada ayrim uyalarni termik o`ta sovishi mavjud bo`lganda, u qo`shni yualardan tezroq o`sib dendrit shohchalarini hosil qiladi. Lekin dendrit struktura qotishmalarda ko`proq o`ta sovishning konsentratsiyalashuvi sababli sodir bo`ladi. O`ta sovish o`zining malum bir kritik miqdorlaridan ortganda barcha uyalardan shoxchalar o`sa boshlaydi va ular dendritlarga aylanadi.
    Uyali kristallanish zonasini dendritliga aylanishini quyidagicha yozish mumkin.
    (8.3)
    Bu yerda А — tajriba sinov yo`li bilan aniqlanadigan o`zgarmas. U qotishmaning tabiatiga ozroq bog`liq.
    Dendritli kristallanishda, huddi uyali kristallanish kabi dendrit shoxchalarida (k0<1 bo`lganda) aralashmalar miqdori ozroq, oxirida qotuvchi dendritlar orasiuda esa aralashmalarga boy bo`ladi. Ayrim shunday bir sharoitlarda harakatdagi kristallanish zonasida yangi kristalitlar tug`ilishi ham mumkin. Yangi kristalitlar o`ta sovitish kattalashib ketgan hollarda yoki modifikator ko`rinishidagi tayyor kristalizatsiya markazlari bo`lganda paydo bo`ladi.
    Texnik metall va qotishmalarni kristallanish jarayonini ularning yuqori temperaturalarda yorqin emasligi, yuqori nur qaytarish qobiliyati, shuningdek kimyoviy aktivligini kuchliligi sababli kuzatish qiyin.
    Shuning uchun kristallanish o`sishini erish entropiyasi past bolgan o`xshash moddalarda kuzatgan maqul, jumladan (NH4Cl) –hlorli ammoniyda. Ayrim moddalarning kristallanishi metal va qotishmalar kristallanishiga o`xshash xarakterga ega.

    Download 1,48 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 1,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payvandlash mmetallurgiyasi” o‘quv fani bo‘yicha Labaratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo`llanma

    Download 1,48 Mb.