|
Payvandlash sifat nazorati
|
bet | 32/107 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #118232 |
Bog'liq Payvandlash sifat nazorati UMKElektron blok. U yuqori chastotali kuchlanishning zondlovchi impulslarini yuzaga keltirish, nuqsondan qaytarilgan aks-sado-signallarni kuchaytirish va o‘zgartirish hamda aks-sado-signallarning amplituda - vaqt tavsiflarini elektron - nur trubka (ENT) da yaqqol aks ettirish uchun mo‘ljallangan.
3.8-rasm. UD-11PU defektoskopning umumiy ko‘rinishi
Payvand choklarni nazorat qilish uchun UD-11PU, UD-10P va boshqa defektoskoplar ishlatiladi. UD-11PU defektoskopi (4.8-rasm) quyidagicha ishlaydi. Takt impulslari sinxronizatordan zondlovchi impulslar generatoriga kelib uni ishga tushiradi. Ishga tushiruvchi impulslar uzatilganda induktivlik, idish, pezoplastinalar va to‘plovchi kondensatordan tuzilgan konturda qisqa vaqtli erkin radiochastotali tebranishlar (zondlovchi impulslar) yuzaga keladi. Zondlovchi impulslar pezoplastinada tegishli chastotadagi ultratovush tebranishlarni hosil qiladi. Ayni paytda takt impulslari sinxronizatordan elektron–nur trubkaning yoyma generatoriga ham uzatiladi. Turli qalinlikdagi metallni (5000 mm gacha qalinlikdagi po‘latni) tovush yordamida nazorat qilish uchun yoyilma tezligi rostlanishi mumkin.
Nuqsondan qaytarilgan qayishqoq tebranishlar impulslari pezplastinaga keladi va undan elektr signallarga aylanadi. Bu signallar kuchaytirgichda kuchaytiriladi, keyin ENT ekraniga uzatiladi.
ENT ning gorizontal yoyilmasi vaqt yoyilmasi hisoblanadi. YOyilma bo‘yicha zondlovchi impulsdan qabul qilingan signalgacha bo‘lgan oraliq impulsning pezoplastinadan nuqsongacha o‘tish va orqaga qaytish vaqtiga mutanosibdir. SHunday qilib, ultratovush tezligi va nurlanish oqimining harakat yo‘nalishi malum bo‘lsa, nuqsonlar koordinatalarini yoki buyumning qalinligini ana shu vaqtini strob–impuls deb ataluvchi chuqurlik o‘lchagichning P – simon surilma belgisi yordamida o‘lchash orqali aniqlash mumkin. Koordinatalarni o‘lchash hatosi 2 mm dan oshmaydi.
ENT da nurning vertikal yo‘nalishida og‘ishi (impulslar balandligi) qabul qilingan signal amplitudasini tavsiflaydi va nuqsonning kattaligiga mutanosibir. Amplitudani o‘lchash uchun defektoskoplarda darajalarga bo‘lingan maxsus asbob – attenyuator bor.
|
| |