|
-MA’RUZA.
RANGLI SIFAT NAZORATI VA LYUMINESSENT NAZORATI
| bet | 53/107 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #118232 |
Bog'liq Payvandlash sifat nazorati UMK10-MA’RUZA.
RANGLI SIFAT NAZORATI VA LYUMINESSENT NAZORATI
Reja:
10.1. Kapillyar nazorat uslubi.
Tayanch so‘zlar va iboralar: kapillyar, kapillyar nazorat, lyuminissent suyuqlik
10.1 Kapillyar nazorat uslubi
Kapillyar usullarda nazorat qilish jarayoni ushbu texnologik operatsiyalardan tashkil topadi: buyumni nazorat qilishga hozirlash, unga defektoskopik materiallar bilan ishlov berish, nuqsonlarini aniqlash va buyumni uzil kesil tozalash.
Buyumni hozirlash. Bunda nazorat qilinadigan yuza barcha iflosliklar, lok-bo‘yoq qoplamalardan tozalanadi, moysizlantiriladi va quritiladi.
YUzani tozalash uchun mexanik ishlov berish (silliqlash, jilvirlash, shaberlash va boshqalar) usullari qo‘llanilib, keyin yuza yuviladi hamda oson uchuvchan erituvchilar (skipidar, atseton, benzin, spirt va boshqalar) bilan artiladi. Tozalash usuli shunday tanlanadiki, bunda bo‘shliqdagi iflosliklar yo‘qotiladigan, ammo ularning yangilari olib kirilmaydigan bo‘lsin. Payvand choklarga va choklar yaqinidagi joylarga avval abraziv doira bilan, keyin esa turli donadurlikdagi qumqog‘oz bilan ishlov beriladi. Bunday mexanik ishlov yuzadagi hamma notekisliklar (tangachadorlik, oqmalar, kesiklar) ni yo‘qotish va chok kuchaytirgichini tekislash imkonini beradi.
Ammo bunday tozalash jarayonida abraziv va metall changi nuqsonlar bo‘shliqlarini to‘ldirib qo‘yadi, plastik deformatsiyalangan yupqa metall qatlami esa ularni berkitadi. SHu bois mexanik ishlov berilgandan so‘ng nuqsonlar bo‘shliqlarini ochish uchun yuziga kislotalar bilan ishlov berilmog‘i lozim.
Ta’kidlash joizki, yuzani yaxshilab tozalash nazoratning sezgirligini ko‘p jihatdan belgilab beradi. SHu sababli hozirgi vaqtda yuqorida eslatilgan tozalash usullaridan tashqari, kelajagi juda porloq bo‘lgan ultratovush yordamida tozalash usuli qo‘llanilmoqda. Bu usulda buyum suyuq erituvchilar solingan vannaga botiriladi va unga ultratovush nurlanishining kuchli oqimi bilan ishlov beriladi. Anod - ultratovush yordamida tozalashdan ham foydalaniladi, bunda xurushlovchi birikmalar (kislotalar) solingan vannaga joylangan buyumga bir vaqtning o‘zida ultratovush va elektr toki ta’sir qiladi.5
|
| |