Sezgirlikning shartli darajalari




Download 3,83 Mb.
bet55/107
Sana14.12.2023
Hajmi3,83 Mb.
#118232
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107
Bog'liq
Payvandlash sifat nazorati UMK

Sezgirlikning shartli darajalari

Sezgirlikning shartli darajasi

Nuqsonning o‘lchamlari, mkm

eni

chuqurligi

uzunligi

I
II
III
IV

<1
≤10
≤100
100 va undan ortiq

≤10
≤100
≤1000
1000 va undan ortiq

≤0.1
≤1
≤10
10 va undan
ortiq

YUzaga ochiltirgich qoplangandan so‘ng u iliq havo oqimi bilan quritilib, keyin buyumning yuzasi ko‘zdan kechiriladi. Ko‘zdan kechirish ikki marta ochiltirgich qoplangandan keyin 5 va 20 minut o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi. LD da buyuum ultrabinafsharang nurlanish bilan yoritilgan holda ko‘zdan kechiriladi. SD da ko‘zdan kechirish elektr va kunduzgi yorug‘likda olib boriladi. Ish o‘rnining yoritilganlik darajasi 500 lk dan kam bo‘lmasligi lozim.


Ko‘zdan kechirish oddiy ko‘z bilan bajariladi, zarur hollarda esa ko‘rish maydoni katta bo‘lgan, kam kattalashtirib ko‘rsatuvchi (1,5 – 2x) lupalardan foydalaniladi. Aniqlangan indikator izi optik vositalar yordamida tekshiriladi.
Indikator izlarining rasmi va joylashish topografiyasi nuqsonning turi haqida ancha ishonch bilan fikr bildirishga imkon beradi. Masalan, har qanday darzlar, qilsimon yoriqlar, ezilgan, payvandlanmay, kavsharlanmay qolgan joylar, oqsil pardalari turli shakldagi aniq, ba’zan esa uzuq-uzuq, bo‘yalgan yoki lyuminessenlanuvchi chiziqlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Materialning yorilganligi, yirik donli qotishmalar yuzalarining ayrim joylaridagi kristallitlararo korroziya alohida kalta chiziqlar guruhi yoki turi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mayda donli qotishmalar yuzasining ayrim joylaridagi kristallitlararo korroziya dog‘lar, yuvilib ketgan tilimlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. G‘ovaklar, yarasimon korroziya, kristallitlararo korroziyaning ayrim o‘choqlari, erroziyadan shikastlangan joylar alohida nuqtalar yoki yulduzchalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Detal yuzasidagi indikator rasmi yuzaning turli shikastlanishlari yoki ifloslanishlari tufayli ham yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Nazoratchining vazifasi bu sohta nuqsonlarni haqiqiy nuqsonlardan turli qo‘shimcha belgilarga ko‘ra ajrata bilishdan iborat. Agar aniqlangan shtrixlar, chiziqlar va nuqtalarning miqdori hamda o‘lchamlari joiz qiymatlardan ortiq bo‘lsa, buyum yaroqsizga chiqariladi. Nazorat qilib bo‘lingandan so‘ng buyum yuzasi erituvchilar bilan artib, yuvib va boshqa usullar bilan ochiltirgichdan tozalanadi.
Nazorat chog‘ida endigina paydo bo‘layotgan, yo‘qolib boradigan darajada ingichka mikrodarzlarni aniqlashga katta e’tibor qaratiladi. Bunday mikrodarzlar gazosorbsion usulda aniqlanishi mumkin. YUzasidagi nuqsonlar bo‘shliqlarini havo molekulalaridan holi qilish uchun buyum vakuum kamerasiga joylanadi. Keyin kameraga radioaktiv kripton-85 gazi kiritiladi. Bunda yuzadagi nuqsonlar gaz molekulalarini yutib oladi. Keyin buyum kameradan olinib, yuzasiga nurlanish detektori (masalan, yuqori daraja sezgir radioaktiv yoki fotoplyonka) qo‘yiladi. Radioaktiv gaz to‘plangan joylarda, ya’ni nuqsonlarda plyonka yorishadi, va unga fotoishlov berilganda suratda yuzadagi nuqsonlarning vizual tasviri paydo bo‘ladi. Kelajakda ushbu usul yordamida, mahalliy vakuum kameralaridan foydalanib yirik buyumlarning uzun payvand birikmalarini nazorat qilish mumkin.

Download 3,83 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107




Download 3,83 Mb.