Payvandlash sifat nazorati




Download 3,83 Mb.
bet57/107
Sana14.12.2023
Hajmi3,83 Mb.
#118232
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107
Bog'liq
Payvandlash sifat nazorati UMK

11 - MA’RUZA.
GERMETIKLIGINI NAZORAT QILISH.


Reja:
11.1. Tasnifi.
11.2. Kapillyar usullar.
7.3. Kompression usullar.
7.4. Vakuum bo‘yicha izlash usullari.


Tayanch so‘zlar va iboralar: germetikligi, kapillyar usullar, vakuum usullar, kopmerrsion usullar


11.1. Tasnifi

Tutash turdagi buyumlar (idishlar, o‘tkazgich kuvurlar) ga qo‘yiladigan asosiy foydalanish talablari devorlari va payvand birikmalarining o‘tkazmovchanligi, ya’ni zichligi (germetikligi) dir. Zichlik buyumning konstruksiyalar qismlari va birikmalari orqali gaz yoki suyuqlik kirishini cheklash hususiyatidir. Zichlik darajasi vaqt birligi ichida sirqiydigan gaz yoki sizadigan suyuqlik miqdori bilan aniqlanadi.


Buyumlarni zichlikka sinash, yoki sizishni izlash bilan nazorat qilish parron nuqsonlar orqali osongina kiradigan va ko‘z bilan yoki asboblar sizishni izlagichlar hamda boshka qayd qilish vositalari yordamida yaxshi farq qilinadigan sinov moddalari (suyuqlik yoki gazlar) dan foydalanib amalga oshiriladi.6

6.1.- rasm. Sizishni izlash bilan nazorat qilish usullari

Sizishni izlash bilan nazorat qilish payvand birikmalardagi va buyumning asosiy metallidagi darzlar, payvandlanmay qolgan joylar, gazli g‘ovaklar, teshiklar, kuygan joylar va shu kabi parron nuqsonlarni aniqlashga imkon beradi. Parron nuqsonning chiziqli o‘lchamlarini o‘lchashning iloji bo‘lmganligi bois kattaligi vaqt birligi ichida nuqson orqali oqib o‘tuvchi sinov moddasi oqimi bilan shartli ravishda baholanadi. Sizishni izlash bilan nazorat kilish GOST 18353 - 73 ga muvofiq kapillyar, kompression va vakuum usullariga tasniflanadi, bu usullar esa, o‘z navbatida, sinov moddasini indikatsiyalash turi va usullari, apparatlar turi hamda qo‘llanilish hususiyatlariga ko‘ra 7.1-jadvalda keltirilgan xillarga ajratiladi.


Sizishni izlashning qaysi usulini tanlash kerakligi sinaladigan ob’ektlarning zichligi darajasiga qo‘yiladigan talablarga, qobiqqa gazdan tushadigan ish yuki (nagruzka) ning yo‘nalishi va qiymatiga, ishlatishga ruxsat etiladigan sinov moddalariga qarab aniqlanadi.
Sinash paytida yukning yo‘nalishi va qiymati qobiqning materiali deformatsiyalanishi hamda sizish paydo bo‘lishi mumkinligi sababli imkon qadar ish bosimiga mos kelmog‘i lozim.


6.1-jadval



Download 3,83 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107




Download 3,83 Mb.