• Suyuqlik bilan sizishning izlash usullari.
  • Payvandlash sifat nazorati




    Download 3,83 Mb.
    bet59/107
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #118232
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107
    Bog'liq
    Payvandlash sifat nazorati UMK

    12 - MA’RUZA.
    GERMETIKLIGINI NAZORAT QILISH.


    Reja:
    12.1 Kompression usullar.
    12.2 Vakuum bo‘yicha izlash usullari.


    Tayanch so‘zlar va iboralar: germetikligi, kapillyar usullar, vakuum usullar, kopmerrsion usullar


    12.1 Kompression usullar

    Kompression nazorat usullari sinalayotgan buyumda (tutash tizimda) sinov moddasi (suyuqlik yoki gaz) ning ortiqcha bosimini hosil qilish va buyumning tashqi yuzasida sinov moddasi sizayotgan joylarni qayd qilishga asoslangan. Sinov moddasining turiga qarab, suyuqlik va gaz bilan sizishni izlash usullari farq qilinadi.


    Suyuqlik bilan sizishning izlash usullari. Sizishni izlashning gidravlik usuli bosim ostida ishlaydigan turli tutash tizimlar (chunonchi, bug‘ kozonlari, neft - kimyo apparatlari va boshqalar) ni nazorat qilishda majburiy usul sifatida qo‘llaniladi. Nazorat qilinayotgan buyum ish suyuqligi yoki suv bilan to‘ldirilib, zichlanadi, keyin gidravlik nasos yordamida unda ortiqcha bosim hosil qilinadi va ana shu bosim ostida ma’lum vaqt tutib turiladi. SHundan so‘ng buyumning tashqi yuzasi ko‘zdan kechiriladi. Tashqi yuzada suyuqlik (masalan, suv) tomchilari paydo bo‘lishi yoki uning terlashi nuqson borligini bildiruvchi belgi hisoblanadi. Bunday nazorat usuli diametri 10-3 mm atrofida bo‘lgan sizish joylarini aniqlashga imkon beradi. Agar texnik shartlarda nazarda tutilgan bo‘lsa, gidravlik sinovlardan avval buyum radiatsion yoki ultratovush yordamida nazorat qilinmog‘i zarur.
    Lyuminessent–gidravlik usul kompression usulning bir turidir. Uning farqi shundaki, sinov moddasining tarkibiga lyuminofor qo‘shiladi va buyumning tashqi yuzasi ultrabinafsharang yorug‘likda ko‘zdan kechiriladi.
    Gidravlik nazorat usulida nuqsonlar yaxshiroq aniqlanishi uchun ba’zan buyumning tashqi yuzasiga indikator qatlam qoplanadi, bu qatlamning tarkibida lyuminessent modda, masalan, suv tekkanda lyuminessenlanadigan fluoressinning dinatriyli tuzi va suvni uzoq vaqt ushlab turuvchi sorbent (kraxmal) bo‘ladi. Bunday qoplamada parron nuqsonli joy ultrabinafsharang yorug‘likda yashil yorug‘lanish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
    Gidravlik sinovlarni o‘tkazishda, buyumda hosil qilinadigan bosimni tug‘ri tanlash muhim jihat sanaladi. Odatda zichlikka sinash buyumni mustaxkamlikka sinash bilan birga olib boriladi va ish bosimidan 1,1 - 1,5 baravar ortiq bosimda amalga oshiriladi. Turkumlab ishlab chiqarish sharoitida, masalan, gaz–neft quvurlari uchun bo‘ylama chokli quvurlar ishlab chiqarish sharoitida nazorat qilishda maxsus sinov stendlaridan foydalaniladi.
    Gidravlik usul ba’zan ochiq idishlar, chunonchi, tindirgichlarni sinash uchun ham qo‘llaniladi. Bu holda idishlar ularga suyuqlik quyish, taqillatib ko‘rish va choklarining tashqi yuzalarini ko‘zdan kechirish yo‘li bilan nazorat qilinadi.

    Download 3,83 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107




    Download 3,83 Mb.