|
Gaz bilan sizishni izlash usullari
|
bet | 60/107 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #118232 |
Bog'liq Payvandlash sifat nazorati UMKGaz bilan sizishni izlash usullari. Bu usullar suyuqlik bilan izlash usullariga nisbatan sezgirroqdir, chunki sinov moddalari – gazlar parron nuqsonlar orqali osonroq o‘tadi. Nazoratning gazli usullari faqat tutash (berk) idishlarni sinash uchun qo‘llaniladi. Gazli usullarning eng oddiysi pufakchali usul bo‘lib, u masalan, havo yordamida ortiqcha bosim qilingan buyumni suvli vannaga botirish va sizish joylarini paydo bo‘layotgan pufakchalarga qarab aniqlashdan iborat (6.2 - rasm). Agar buyum katta bo‘lsa va vannaga sig‘masa, u holda buyumning tashqi yuzasiga ko‘pik hosil qiluvchi modda (sovun eritmasi) qoplanadi va sizish joylari sovun pufakchalariga qarab qayd qilinadi. “Lotos”, “Ladoga” va boshqa sirt-aktiv moddalar hamda namlikni tutib turuvchi komponent xrompikli (0,01%) glitserin (90% gacha) ko‘pik indikatorining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Pufakchali usul 10-3 mm gacha diametrli ancha mayda sizish joylarini aniqlashga imkon beradi.
6.2-rasm. Sizishni izlash bilan nazorat qilishning pufakchali usuli sxemasi 1 - reduksion klapan, 2 - manometr, 3 - klapan, 4 - saqlovchi klapan, 5 - bak, 6 - suyuqlik, 7 - nazorat kilinayotgan buyum, 8 - bosimni pasaytirish ventili
Kimyoviy kompression usullar sinov moddasining kimyoviy sizishlarini sinalayotgan buyumning tashqi yuzasiga qoplangan indikator qatlami bilan indikatsiyalash uchun foydalanishga asoslangan.
Kompression usullarga havo–ammiak aralashmasi bilan nazorat qilish usuli ham kiradi. Ayni usulda, sinalayotgan buyum payvand chokining tashqi yuzasi simob - oksid nitratning 5% li eritmasi yoki fenolftalein eritmasi bilan ho‘llangan kog‘oz tasma bilan qoplanadi. Keyin buyumga havoning 1 - 10% ammiak bilan eritmasi beriladi. Kog‘oz 1 - 15 min tutib turiladi. Ammiak parron nuqsonlar orqali kirib kog‘ozda sizish joylarida qora yoki binafsharang dog‘lar qoldiradi.
Sinov moddasi sifatida SO2 dan foydalanilganda chokning tashqi yuzasiga kog‘oz tasma o‘rniga quyidagi tarkibli indikator massa qoplanadi (mas. q. da): distillyat – 40, agar-agar – 1, fenolftalein – 0,15, suvsiz soda – 0,01. Sizish joylari massaning to‘q qizil fonidagi rangsiz dog‘lar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Zichlikni gaz–lyuminessent usulida nazorat qilish juda texnologiyabopdir. Idish tuzsizlantirilgan, sinov gazi, masalan SO2 va ammiak bilan to‘yingan suv bilan to‘ldiriladi. Tekshirilayotgan buyumning tashqi yuzasiga shimiluvchi indikator qoplama surtiladi, qoplamaning tarkibida sinov gazi bilan to‘qnash kelganda yangi indikatorni hosil qiluvchi kimyoviy moddalar bor bo‘lib, bu indikator ultrabinafsharang nurlanishda fluoressensiyalaydi.
Kompression nazorat usullarining eng oddiysi manometrik usuldir. Mazkur usul idishning zichligi buzilganda uning ichida sodir bo‘luvchi bosim o‘zgarishini manometrlar yordamida muayyan vaqt mobaynida qayd qilishdan iborat. Usul zichlikning tahminiy bahosini beradi, ammo bosim ostida ishlaydigan foydalanilayotgan uskunlarni hech qanday qo‘shimcha operatsiyalarsiz vaqt vaqtida tekshirib turish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Buyumlarning zichligini nazorat qilish amaliyotida yuqorida aytilgan usullar bilan aniqlash mumkin bo‘lganlaridan ancha kichik sizishni aniqlashga tug‘ri keladi. Bunday nuqsonlar sizishni galoid va geliy bilan izlash orqali aniqlanadi.
Galoid bilan izlash usulida sinov gazi sifatida freon-12 (ftorning galoidli elementi asosidagi kimyoviy birikma) dan foydalaniladi. Uning kirib borish qobiliyati yuqoridir. Sizishni galoid bilan izlashda indikator vizifasini elektron asbob o‘taydi. Uning tarkibida platina diod ko‘rinishidagi sezgir element bor bo‘lib, elementning zondi va kollektori 800 – 9000S gacha qizdirilgan va bir biridan havo yoki vakuumdan iborat oraliq bilan ajratilgan bo‘ladi.
Ana shu oraliqqa freon molekulalari tushganda diod orqali o‘tayotgan elektr toki keskin ortadi, buni strelkali asbob qayd kiladi. Sanoatda GTI-6 va BGTI-5 turidagi galoid bilan sizishni izlagichlar ishlab chiqariladi, ular bir biridan konstruksion ijrosi bilan farq qiladi. Keyingi paytda freonni kimyoviy reaksiyalar masalan, ammiak bilan reaksiyaga kirishishi natijasida uning parchalanish mahsullari bo‘yicha indikatsiyalashning sezgirroq usullari ko‘llanilayotir.
GTI-6 turidagi sizishni izlagich atmosfera sharoitida ishlash uchun mo‘ljallangan datchigi bo‘lgan chiqarma shchupdan va strelkali asbobi hamda tovush indikatori telefoni bo‘lgan o‘lchash blokidan tuzilgan. Asbobda asosiy atmosfera datchikidan tashqari, vakuum datchigi, oqimi rostlanadigan chiqarma puflagich va qayd qiluvchi blok bor.
BGTI-5 turidagi sizishni izlagich akkumulyatorlar batareyasidan avtonom ravishda ta’minlanadi va uzun buyumlarni montaj va dala sharoitida sinashda juda qulaydir.
Amaliyotda galoid bilan sizishni izlashda odatda shchup usulidan foydalaniladi (7.3-rasm). Tutash idishda freon-12 atmosferasining biroz ortiqcha bosimi hosil qilinadi. Galoid bilan sizishni izlagichning shchupi yordamida buyumning tashqi yuzasi chokning butun uzunligi bo‘yicha “hidlab kuriladi”. SHchupni chok bo‘ylab siljitish tezligi 10 – 25 mm/s.
6.3-rasm. Nazorat qilinadigan buyumni toza freon bilan to‘ldirgan holda
zichligini shchup usulida galoid bilan nazoart qilish sxemasi: 1 - freonli ballon, 2 - 5 – ventillar, 6 - nazorat qilinayotgan buyum, 7 - galogen bilan sizishni izlashda ishlatiladigan atmosfera datchigi bo‘lgan shchup 8 - mexanik vakkum nasosi, 9 - kompressor, 10 - kondensator
Geliy bilan sizishni izlashda sinov moddasi vazifasini molekulyar massasi kichik va binobarin, juda mayda nozichliklardan kirish qobiliyati yaxshi bo‘lgan geliy gazi o‘taydi. Gaz mass-spektrometr vositasida indikatsiyalanadi. Sinalayotgan buyumdagi parron nozichliklardan o‘tgan geliy 665*10-6 Pa ga teng yuqori vakuum hosil qilingan mass-spektrometrning kamerasiga kelib tushadi. Magnit maydonida turgan kamera latun korpus ichiga joylangan katod, ionizator, diafragma va kollektordan tuzilgan. Mass-spektrometrga tushayotgan gaz molekulalari qizigan katod emittatsiyalayotgan elektronlar oqimi ta’sirida ionlanadi va zaryadli musbat ionlarga aylanadi. 300 – 400 V kuchlanishli elektron maydoni tezlashtirayotgan ionlar mass-spektrometrning kamerasiga kelib tushadi va magnit maydoni ta’sirida doiraviy harakat traektoriyasiga ega bo‘ladi. Massasiga qarab ionlar turli radiuslarda harakatlanadi. Ionlarning harakat yo‘lida joylashgan diafragmalar faqat geliy ionlarini ajratib chiqaradi, bu ionlar kollektorga kelib tushadi. Bunda ion toki kuchayadi, buni milliampermetr va tovush indikatori (sirena bilan) qayd qiladi. Mass-spektrometr nazorat qilayotgan buyumdagi nozichliklar orqali o‘tib, asbobga tushgan juda ham kam miqdordagi geliy atomlarini qayd qilish imkonini beradi. Zichlikni geliyli shchup bilan nazorat qilish sezgirligi 10-6 mm3 MPa/sek ga etadi.
Sanoatda mass-spektrometrik geliy bilan sizishni izlagichlarning bir necha turi ishlab chiqariladi. Ular asosan vakuumli so‘rilma tizim, mass-spektrometrik analizator (mass-spektrometr) va elektron blokdan tashkil topadi. Sezgirligi (qayd qiladigan eng kam geliy oqimi) 6,5*10-9 mm3 MPa/sek bo‘lgan PTI-7A turidagi ko‘chma sizishni izlagich eng ko‘p ishlatiladi. Sizishni izlagichning vakuumli tizimi mexanik (VN-461M) va bug‘-moyda ishlaydigan (NVO-40M) nasoslardan suyuq azot bilan sovitiladigan tutkich va ventillardan tuzilgan. Tutkich moy bug‘lari nasosdan press-spekrometr kamerasiga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Hozirgi vaqtda sezgirligi anchagina yuqori bo‘lgan geliy bilan sizishni izlagichlar (PTI-10) dan tobora keng foydalanilmoqda. Unda elektron avtomatik potensiometrga chiqish simi bor. Sizishni izlagich kalibrlangan geliy sizmalari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular uni sozlash uchun hizmat qiladi.
Gazli infraqizil sizishni izlagichlarning kelajagi porloqdir. Ularda tahlil qilinadigan komponent infraqizil nurlanishining tanlab yutilishiga asoslangan gazlarni indikatsiyalash usullaridan foydalaniladi. Har hil gazlarning yutilish infraqizil spektrlarining o‘ziga xosligi selektiv priyomniklardan foydalanib usulning yuqori darajada sezgirligi va tanlovchanligini ta’minlaydi. U juda universaldir, chunki ko‘pgina bug‘lar va gazlar, masalan azot, karbonat angidrid gazi zarralari miqdorini aniqlash, ana shu miqdorlarning keng doirasida o‘lchash, bir necha sekund darajasida tezkorlikka erishish, asboblar (IGT-1, IGT-2) ning nisbatan oddiy va kichik hajmli konstruksiyalarini yaratish imkonini beradi.
TP-7102 turidagi katarometrik (gazoanalitik) sizishni izlagich sinov gazlari (vodorod, geliy) ning atmosferaga sirqiyotganini indikator muhitning issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘zgarishiga qarab qayd qiladi. U ikkita elkasiga ikkita sezgir element ulangan Uitson ko‘prigi sxemasiga muvofiq yig‘ilgan bo‘lib, bu elementlar sizishni izlagich datchigi ichida joylashgan. Ulardan biri sizishni nazorat qiladi, ikkinchisi esa taqqoslash elementi hisoblanadi va o‘zgarmas tarkibli gaz muhiti bilan qurshalgan bo‘ladi.
Nuqsonlardan gaz sirqiganda ortiqcha bosimlarda ultratovush tebranishlari yuzaga keladi, ularni asboblar bilan qayd qilish mumkin. Ultrotovushli sizishni izlagichlarning sezgirligi nisbatan kichik bo‘lib, ulardan, masalan, magistral asosiy gaz quvurlaridagi sirqish joylarini aniqlashda foydalaniladi.
|
| |