• Nazorat savollar
  • Payvandlash sifat nazorati




    Download 3,83 Mb.
    bet56/107
    Sana14.12.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #118232
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107
    Bog'liq
    Payvandlash sifat nazorati UMK

    Apparatlar. Sanoatda har xil turdagi ko‘chma va ko‘chmas (statsionar) defektoskoplar ishlab chiqariladi. Ko‘chma KD-40LS aerozol komplektining kelajagi eng porloqdir. U buyumlarni dala, sex va laboratoriya sharoitida rangli, lyuminessent va lyuminessent-rangli usullarda nazorat qilishga mo‘ljallangan. Komplektga qismlarga ajraladigan aerozol ballonlari kiradi, ularni komplektga kiruvchi zaryadlash stendida defektoskopik materiallar bilan ko‘p marta to‘ldirish mumkin. Ballonlar uch to‘plamga butlangan bo‘lib, ulardan bittasi elektr yordamida qizdiriladi, bu esa atrof muhit harorati – 400S bo‘lganda ham nazorat qilishga imkon beradi. Komplektga KD-33L ultrabinafsharang nurlatkichi ham kiradi.
    SD uchun, ishlar hajmi kichik bo‘lganda, DMK-4, DAK-2S ko‘chma defekoskoplaridan foydalaniladi. DMK-4 jomadan ko‘rinishida yasalgan bo‘lib, unda uyalar va bo‘lmalar bor, ularga ishlatiladigan erituvchilar, bo‘yoq va suyuqlik solingan idishlarni nazorat qilish uchun kerak-yaroqlar, mo‘yqalamlar qo‘yilgan penallar hamda lupalar joylashtirilgan. 7 kg og‘irlikdagi defektoskopning gabarit o‘lchamlari uncha katta emas: 430  250  200 mm.
    Buyumlarni sexlar va laboratoriyalarda stendlarda nazorat qilish uchun qator operatsiyalarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishga imkon beruvchi ko‘chmas defektoskoplardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Mazkur defektoskoplar rolganglar, buyumlarni nazoratga mexanizatsiyalashtirilgan usulda uzatish uchun transportyorlar, purkash kameralari, kuchli yoritkichlar va boshqa qurilmalar bilan ta’minlangan.
    Buyumlarni ko‘zdan kechirish va sifatini baholash jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida elektron hisoblash mashinalari bo‘lgan televizion texnikadan foydalanila boshlandi. Bunday defektoskoplarning unumdorligi soatiga 500 va bundan ko‘p kichik hajmdagi detallarni tashkil etadi.


    Nazorat savollar:

    1. Kapillyar defektoskopiya usullari kandan fizik xodisaga asoslangan?


    2. Defektoskopik materiallarning tarkibi va vazifasini ayting.
    3. Kapillyar nazoratning asosiy texnologik operatsiyalarini ayting.
    4. Kapillyar defektoskopiya uchun mo‘ljallangan uskunalarni sanab uting.



    Download 3,83 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107




    Download 3,83 Mb.