JOMBOY TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABI




Download 1,37 Mb.
bet31/59
Sana02.02.2024
Hajmi1,37 Mb.
#150522
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Bog'liq
Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari

JOMBOY TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABI


Gaz payvandlash ishlari “ о‘quv amaliyotidan


MAVZULAR TО‘PLAMI

2023-yil

1 -mavzu:О‘quv ustaxonada xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari.


Reja

  1. Texnika , yong’in xavfsizligi va mehnat xavfsizligi qoidalari bо‘yicha yо‘riqnomalar.

  2. Ish joyida xavfsiz ishlash harakatlari va usullari.

  3. Yong’inga qarshi inventarlarni turlari va joylari bilan tanishish. 4.Elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

Gaz bilan payvandlashda xavf sodir bo‘lishining asosiy manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin: asetilen generatorlari, kalsiy karbidi va gorelkalardan noto‘g‘ri foydalanilganida, shuningdek, alanga gorelka ichiga urganida asetilen-havo aralashmasining portlashi; agar suv tambasi ishga tushmasa alanganing orqaga urilishi
oqibatida asetilenli generatorlarning portlashi (suv tambasi har doim belgilangan sathgacha suvga to‘lg‘azilgan bo‘lishini kuzatib turish va tambaning nazorat jo‘mragini ochib uni vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak); agar ballon shtutserida yoki reduktor klapanida moy bo‘lsa, kislorod ballonlarini ochish paytida ularning portlab ketishi; kislorod ballon ventili keskin ochilganda uning yonib ketish hollari ham bo‘lishi mumkin; gorelka alangasidan ehtiyotsizlik bilan foydalanish; alanga sochning, kiyimning yonishiga, payvandchining kо‘yishi va xonada yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin; payvandchilar yorug‘lik filtrlaridan foydalanmagan hollarda ko‘zlarining kо‘yishi (payvandlash va boshqa gaz alangasi yordamida ishlov berish jarayonlarida payvandchilar Ã-1, Ã-2 va Ã-3 oynali, yordamchi ishchilar esa Â-1, Â-2 va Â-3 oynali himoya ko‘zoynagi taqib ishlashlari kerak, ulardan Ã-3 va Â-3 oynalilari eng to‘q rangda); xonada havo almashtirish ventilatsiyasi bo‘lmaganda to‘planib qolgan zararli gaz bilan zaharlanish; zararli gazlar to‘planib qolishi mumkin bo‘lgan bo‘linmalar, o‘ralar va rezervuarlar ichida gaz alangasi yordamida ishlarni bajarishda so‘rish-haydash ventilatorlari ishlashi kerak. 1 m3 yongan asetilenga 2500 3000 m3 havo ventilatsiyasi bo‘lishi kerak. Kichik hajmli xonalarda (sosudlar, sisternalar va shu kabilarda) 1 m3 yongan asetilen miqdoriga 4000-5000 m3 havo ventilatsiyasi bo‘lishi zarur.
Ochiq alanga bilan asetilen apparatiga 10 m masofaga yaqinlashish mumkin emas. Generator hajmi kamida 60 m3 va havosi yangilanib turiladigan xonaga о‘rnatilishi zarur. Apparatdagi suv muzlab qolmasligi uchun xonaning harorati kamida 5°C bо‘lishi kerak. Suv tambasi hamisha tegishli sathgacha suvga tо‘la bо‘lishini kuzatib turish hamda tamba kranini ochib, uni vaqtivaqti bilan tekshirib turish lozim. Karbid solingan retortaga suv quygandan keyin uni gazning birinchi porsiyalari bilan puflab, tashqariga chiqarib yuborish kerak. Suv tambasini ishga solmasdan yoki buzuq suv tambasi bilan ishlash man etiladi. Yuklash qutilari seksiyalarini karbidga tо‘lg’azib yuborish yoki generatorning texnik pasportida kо‘rsatilgan о‘lchamdan boshqa о‘lchamdagi karbid ishlatish mumkin emas. Generator korpusi va kameralarga suv yuboriladigan idish doim suvga keragicha tо‘lg’azilgan bо‘lishini kuzatib turish zarur. Qayta zaryadlash uchun kamerani uning nazorat kranidan suv oqa boshlaganidagina ochish kerak. Qopqoqni
ochishdan oldin gazni nazorat krandan chiqarib yuborib, kameradagi bosimni kamaytirish kerak. Belgilangan chegaradan ortiq asetilen sarflab, generatorga о‘ta kuchlanish berib bо‘lmaydi. Bitta suv tambasiga bir necha gorelka yoki keskichni ulash man etiladi. Generator har kuni ishlatilsa bir oyda kamida ikki marta ohak quyqasidan suv bilan yaxshilab tozalash kerak. Ishlatilgan generator nuqsonlarini payvandlash zarur bо‘lib qolsa, uni oldindan qurigan ohak quyqasi qoldiqlaridan yaxshilab tozalash va bir necha marta suv tо‘lg’azib yuvish, payvandlashga doir barcha ishlar esa ochiq havoda bajarilishi lozim. Asetilenli generatordan foydalanish va unga qarash qoidalarini ayni generatorni ishlatish qо‘llanmasiga muvofiq qat’iy bajarish lozim. Gaz tо‘ldirilgan ballonlarni tashishda jо‘mrakni shikastlanish yoki ifloslanishdan saqlash uchun ularga muhofaza qalpoqchasini burab kiygizish kerak. Ballonlarni qalpoqsiz tashishga ruxsat berilmaydi. Ballonlarni zambillarda yoki maxsus aravachalarda tashish zarur.
Ballonlarni yelkada kо‘tarib tashish man etiladi. Ballonlarni tashishda, shuningdek, ularni ortish yoki tushirishda ballonlar bir-birining ustiga tushib ketishiga va urilishiga yо‘l qо‘ymaslik choralarini kо‘rish zarur. Òо‘ldirilgan ballonlar tushib ketmasligi uchun maxsus ustunchalarga mahkamlanib tikkasiga saqlanishi kerak. Bо‘sh ballonlarni kо‘pi bilan tо‘rt qator qilib taxlash mumkin. Kislorod ballonlarini payvandlash yoki kesish joyida montaj va qurilish ishlari vaqtidagina saqlashga ruxsat beriladi. Bunda ballonlar payvandlash gorelkasi yoki keskichdan kamida 5 m masofada joylashishi kerak.
Ballonlarni quyosh nuri tushadigan joyga, isitish asboblari va boshqa issiqlik manbalari yaqiniga joylash yoki о‘rnatishga ruxsat berilmaydi. Òо‘ldirilgan ballonlar partiyasini qurilish maydonida saqlash uchun о‘tga chidamli material yoki tunuka pо‘latdan vaqtincha ombor qurilishi kerak. Har qaysi kо‘chma payvandlash postida faqat ikkita kislorod ballonini saqlashga ruxsat etiladi. Bittasi ishlatiladi, ikkinchisi zaxiraga olib qо‘yiladi. Payvandlash postlari о‘ntadan ortiq bо‘lsa, ularni gaz bilan quvurlar orqali markazlashgan tartibda ta’minlashni tashkil etish zarur. Kislorod ballonlari va ularning ventillarini moydan saqlash kerak. Kislorod balloni ichiga moy kirishi, shuningdek, ballonga kislorod bilan birgalikda portlash jihatdan xavfli aralashmalar hosil qiladigan yonilg’i gazlarining kirishi juda ham xavflidir. Agarda asetilen ballonlarining jо‘mraklari ochiq qolsa va bu holda tashqi harorat yuqori bо‘lsa, asetilenning tashqi muhitga chiqishi kuzatiladi. Shuning uchun bо‘sh asetilen ballonlarini saqlash va tashish yopiq jо‘mraklar bilan bajariladi. Payvandlashda ishga yaroqli manometrli reduktorlardangina foydalanish kerak. Kislorodni reduktorga ballon jо‘mragini sekin ochib va rostlovchi vintni batamom bо‘shatib kiritish lozim. Gazni kiritishda reduktor oldida turish mumkin emas. Reduktorning hamda uning ballon jо‘mragi va shlanglarga ulangan joylarining germetik bо‘lishiga e’tibor berish zarur. Reduktorlarni ta’mirlash hamda ulardan gaz sizib chiqishini bartaraf qilish ishlarini maxsus tajribali kishilargagina topshirish kerak. Gorelka va keskichni shikastlanish hamda ifloslanishdan saqlab ehtiyot qilish, gorelkadagi barcha birikmalarning zich bо‘lishiga e’tibor berish, gaz chiqishiga yо‘l qо‘ymaslik hamda aniqlangan nuqsonlarni darhol tuzatish lozim. Gorelka yoki keskichni yoqishdan oldin gorelka yoki keskichni suv tambasi bilan biriktiruvchi shlangni asetilen puflab tozalash kerak. Paqillaganda yoki alanga shlang ichiga urilganida oldin asetilen jо‘mragini, sо‘ngra esa kislorod jо‘mragini berkitish mumkin. Gorelka bilan ishlashda alangani boshqa ishchi shlang, ballon yoki yonadigan materialga tegmaydigan qilib yо‘naltirish zarur. Yonib turgan gorelka yoki keskichni ish о‘rnidan uzoq masofaga siljitish tavsiya etilmaydi, zinalar,
tо‘sinlar bо‘ylab kо‘tarish man etiladi. Ish о‘rtasidagi tanaffuslarda gorelka (keskich) alangasini о‘chirib, jо‘mraklar mahkamlab yopiladi. Yonuvchi gazlar chiqayotgan joy topilsa, darhol ish tо‘xtatilib gaz chiqayotgan joy yaxshilab mahkamlanadi, ishlayotgan xona esa shamollatiladi. Asetilenning о‘rniga benzin ishlatish tavsiya etilmaydi. Gaz alangasi bilan ishlov beriladigan barcha hollarda etillangan benzindan foydalanish man etiladi. Kerosin, benzin va ularning aralashmalaridan foydalanib bajariladigan ishlarda ishlashga maxsus о‘rgatilgan, malaka komissiyasi guvohnomasiga ega bо‘lgan ishchilargagina ruxsat etiladi. Stapel ishlarida, kemalar va berk xonalarda (qozonlar, sisterna va boshq.) suyuq yonilg’i ishlatish man etiladi. Suyuq yonilg’ilardan foydalanib ishlashda ichki diametri 6 mm va uzunligi kamida 5 m bо‘lgan benzin-moy ta’siriga chidamli shlanglardangina foydalanishga ruxsat etiladi. Gaz alangasida payvandlash va kesishga oid ishlarni bajarishda asetilen, kislorod ishlab chiqarish va metallarni gaz alangasi bilan ishlashda mehnat xavfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qilish kerak.

Nazorat savollari:





  1. Texnika , yong’in xavfsizligi va mehnat xavfsizligi qoidalari bо‘yicha yо‘riqnomalar bo;yicha ma’lumot bering.

  2. Ish joyida xavfsiz ishlash harakatlari va usullarini tushuntirib bering.

  3. Yong’inga qarshi inventarlarni turlarini aytib bering va joylarini izohlab bering . 4.Elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish deganda nimalar tushuniladi.




  1. Download 1,37 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



JOMBOY TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABI

Download 1,37 Mb.