mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni pastdan-tepaga usulda ustma-ust vertikal holatda payvandlash




Download 1,37 Mb.
bet39/59
Sana02.02.2024
Hajmi1,37 Mb.
#150522
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
Bog'liq
Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari

mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni pastdan-tepaga usulda ustma-ust vertikal holatda payvandlash


Reja



  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga tayyorlash, gaz alangasini sozlash




  1. Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni pastdan tepaga usulda ustma-ust vertikal holatda payvandlash




  1. Payvand chokini tekshirish. Nuqsonlarni bartaraf qilish

Payvandlanuvchanlik alomatiga qarab po‘latlarning hammasini shartli ravishda 4 guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Ekvivalent uglerod miqdori (Cekv) 0,25 dan oshmaydigan yaxshi payvandlanadigan po‘latlar oddiy usulda payvandlanganda darz ketmaydi.

  2. Cekv 0,25 — 0,35 atrofida bo‘lgan qoniqarli payvandlanadigan po‘latlar. Bunday po‘latlar normal ishlab chiqarish sharoitlaridagina, ya’ni atrofdagi harorat 0°C dan ortiq, shamol esmayotgan va boshqa hollarda darz ketmasdan payvandlanadi.

  3. Cekv 0,35 — 0,45 atrofida bo‘lgan va payvandlanuvchanligi cheklangan po‘latlarni odatdagi sharoitlarda payvandlaganda ular darz ketishi mumkin. Ularni payvandlash uchun darz ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish kerak. Bu choralar jumlasiga oldindan yoki ish davomida qizdirish, payvandlashdan oldin yoki undan keyin termik ishlash, qirralarini maxsus ishlab tayyorlash,maxsus usul yoki tartibda payvandlash va boshqalar kiradi.

  4. Yomon payvandlanadigan po‘latlarning Cekv 0,45 dan ortiq bo‘ladi. Bunday po‘latlarni payvandlashda ular darz ketishi mumkin. Odatda, ularni mavjud po‘lat xili uchun ishlab chiqilgan va ishlatiladigan maxsus usullar bilangina payvandlash mumkin. Po‘latning payvandlanuvchanligi turli namunalar yordamida ham aniqlanadi. Ana shu namunalar yordamida mazkur po‘latni payvandlashda chok hamda chokning qo‘shni zonasida darz-yoriqlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi mo‘rt struktura hosil bo‘lish-bo‘lmasligi aniqlanadi.




Download 1,37 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni pastdan-tepaga usulda ustma-ust vertikal holatda payvandlash

Download 1,37 Mb.