|
mavzu:Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni о‘ng usulda pastki holatda ustma-ust payvandlash
|
bet | 35/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #150522 |
Bog'liq Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlarimavzu:Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni о‘ng usulda pastki holatda ustma-ust payvandlash
Reja
Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga tayyorlash, gaz alangasini sozlash
Uglerodli pо‘lat plastinalarni о‘ng usulda ustma-ust pastki holatda payvandlash. 3.Payvand chokini tekshirish. Nuqsonlarni bartaraf qilish
Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni о‘ng usulda pastki holatda ustma- ust payvandlashda gorelka chapdan o‘ngga, eritib qo‘shiladigan sim esa gorelka ortidan suriladi. Alanga simning uchiga hamda chokning payvandlangan hududiga yo‘naltiriladi. Mundshtuk ko‘ndalangiga chap usulda payvandlashdagiga nisbatan kamroq tebratiladi. Qalinligi 8 mm dan kam metallni payvandlashda mundshtuk ko‘ndalangiga tebratilmasdan
chok o‘qi bo‘ylab suriladi. Simning uchi payvandlash vannasiga tiqib turiladi va u bilan suyuq metall aralashtiriladi. Bunda oksidlar va shlaklarning chiqib ketishi osonlashadi. Alanga issig‘i kamroq tarqaladi va undan chap usulda payvandlashga qaraganda yaxshiroq
foydalaniladi. Shuning uchun ham o‘ng usulda payvandlashda chokni ochish burchagi 90° emas, balki 60—70° bo‘lishi mumkin.Shunda eritib qoplanadigan metall miqdori, sim sarfi va chok metalining cho‘kishidan buyumning toblanishi kamayadi.
O‘ng usulda payvandlashda qalinligi 3 mm dan ortiq metallni,shuningdek, issiqni nihoyatda yaxshi o‘tkazadigan metall, masalan, qizil misni uning qirralarini ishlab birlashtirishda foydalanish ma’qul. O‘ng usulda payvandlashda chok sifati chap usulda
payvandlaganga qaraganda yaxshi chiqadi. Chunki erigan metallni alanga yaxshi muhofazalaydi. Alanga bir yo‘la eritib qoplangan metallni bo‘shatadi va uning sovishini sekinlashtiradi. Issiqdan yaxshiroq foydalanilishi sababli juda qalin metallarni o‘ng usulda
payvandlash iqtisodiy jihatdan ancha tejamli bo‘lib, chap usulda payvandlashga nisbatan unumliroqdir, ya’ni o‘ng usulda payvandlash tezligi 10—20% ortiq bo‘lib, gazlar 10—15% tejaladi.
O‘ng usulda payvandlashda qalinligi 6 mm gacha bo‘lgan po‘lat uning
qirralarini qiyalab ishlamasdan, orqa tomonidan payvandlamasdan to‘la payvandlab biriktiriladi. O‘ng usulda payvandlashda alanga quvvati metall (po‘lat)ning 1 mm qalinligiga soatiga 120 dan tortib 150 dm3 gacha asetilenni tashkil etadi.Mundshtuk payvandlanadigan metallga kamida 45° burchak ostida qiyalashtirilishi kerak.O‘ng usulda payvandlashda diametri payvandlanadigan metal qalinligining yarmiga teng bo‘lgan sim ishlatish tavsiya etiladi:
d = s/2 , mm.
Chap usulda payvandlashda diametri o‘ng usulda payvandlashda ishlatiladigan sim diametridan 1 mm katta simdan foydalaniladi:d = s/ 2 + 1 , mm.
Gaz bilan payvandlashda diametri 6 — 8 mm dan ortiq sim ishlatilmaydi.
|
| |