|
mavzu:Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni о‘ng usulda gorizontal holatda ustma-ust payvandlash
|
bet | 38/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #150522 |
Bog'liq Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari mavzu:Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni о‘ng usulda gorizontal holatda ustma-ust payvandlash
Reja
Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga tayyorlash, gaz alangasini sozlash
Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni о‘ng usulda ustma-ust gorizontal holatda payvandlash.
Payvand chokini tekshirish. Nuqsonlarni bartaraf qilish
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra po‘lat uglerodli va legirlangan bo‘ladi.Uglerodli po‘lat kam uglerodli (uglerod miqdori 0,25% gacha),o‘rtacha uglerodli (uglerod miqdori 0,25 dan 0,45% gacha) va ko‘p uglerodli (uglerod miqdori 0,45 dan 2,14% gacha) bo‘ladi.
Tarkibida ugleroddan tashqari legirlovchi elementlar (xrom, nikel, volfram, vanadiy va boshq.) bo‘lgan po‘lat legirlangan po‘lat deyiladi. Legirlangan po‘latlar kam legirlangan (ugleroddan tashqari legirlovchi komponentlar yig‘indisi 2,5% dan kam), o‘rtacha legirlangan (ugleroddan tashqari legirlovchi komponentlar yig‘indisi 2,5 dan 10% gacha), ko‘p legirlangan (ugleroddan tashqari legirlovchi komponentlar yig‘indisi 1 0 % dan ortiq) bo‘ladi. Mikrostrukturalariga ko‘ra po‘lat perlitli, martensitli, austenitli, ferrit va karbidli sinfga bo‘linadi.Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra po‘latlar quyidagilarga bo‘linadi:
oddiy sifatli (uglerod miqdori 0,45% gacha), qaynaydigan, chala qaynaydigan va qaynamaydigan po‘latlar. Qaynaydigan po‘latni metallni kremniy yordamida ma’lum darajada oksidsizlantirish yo‘li bilan olinadi, bu po‘latda 0,05% gacha kremniy bo‘ladi. Qaynamaydigan po‘latda 0,12% kremniy bo‘lib, u bir jinsli bo‘ladi. Chala qaynaydigan po‘latning tuzilishi qaynaydigan va qaynamaydigan po‘latlar oralig‘ida bo‘lib, unda 0,05—0,12% kremniy bo‘ladi;
sifatli po‘lat — uglerodli yoki legirlangan, bularda oltingugurt va fosfor miqdori 0,04% dan ortmasligi kerak;
d) yuqori sifatli po‘lat — uglerodli yoki legirlangan, bularda oltingugurt va fosfor miqdori, mos ravishda, 0,030 va 0,035% dan oshmasligi kerak. Bunday po‘latlarda metallmas aralashmalar juda kam bo‘ladi va rusum belgisiga A harfi qo‘shib qo‘yiladi.Vazifasiga ko‘ra, po‘latlar konstruksion (mashinasozlik),asbobsozlik, qurilish va alohida fizik xossali po‘latlarga bo‘linadi.Payvandlanuvchanligi deganda, po‘latni
biron usulda payvandlaganda darz ketmasdan, g‘ovaklashmasdan va boshqa nuqsonlarsiz yuqori sifatli payvand birikma hosil qila olishi tushuniladi. Po‘latning payvandlanuvchanligiga po‘lat tarkibidagi uglerod va legirlangan qo‘shilmalar miqdori katta ta’sir qiladi.
Elementlarning simvollari ularning po‘latdagi foiz hisobidagi miqdorini ifodalaydi. Titan va niobiy payvandlanuvchanlikni yaxshilaydi va qo‘shilmalarni hisoblashda hisobga olinmaydi.Po‘latni sovitishda uning martensit juda ko‘p (60 — 80
% va bundan ortiq) bo‘lgan strukturadagi qisman toblangan zonalarida sovuqlayin darz ketish hollari ro‘y berishi mumkin. Martensit qanchalik ko‘p bo‘lsa, darz ketish shunchalik osonlashadi.Martensit 25 — 30% dan kam bo‘lganda, odatda, darz hosil bo‘lmaydi. Tarkibida erkin (karbidlar ko‘rinishida bog‘lanmagan) uglerod miqdori 0,3
0,35% dan ortiq bo‘lgan po‘lat sovuqlayin ko‘proq darz ketadi. Tarkibida 0,18 — 0,25% uglerod bo‘lgan va nikel bilan legirlangan po‘latlar sovuqlayin darz ketmaydi, chunki martensit hosil bo‘lishi tugallanadigan haroratda (550 — 400°C va 270 — 140°C da) chok yaqinidagi zona yetarli darajada plastik bo‘ladi.
Nazorat savollari:
Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga qanday tayyorlanadi va gaz alangasini sozlashni izohlab bering
Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni о‘ng usulda gorizontal holatda ustma- ust payvandlash jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering.
Payvand choki qanday tekshiriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish yо‘llarini aytib bering
|
| |