Yuqori uglerodli po‘latlarni payvandlash




Download 1,37 Mb.
bet41/59
Sana02.02.2024
Hajmi1,37 Mb.
#150522
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
Bog'liq
Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari

Yuqori uglerodli po‘latlarni payvandlash. Yuqori uglerodli po‘latlardan (С>0,45%) payvand konstruksiyalar yasalmaydi. Ular ta’mirlash ishlarida, eritib qoplashda ishlatiladi. Bunda boshqa yomon payvandlanadigan po‘latlarni payvandlash, eritib qoplash kabi usullar ishlatiladi (oldindan va keyin issiqlik bilan ishlov berish, qizdirib borish, payvandlash rejimlari).Bu holda payvandlashning chap usulini qo‘llab, normal alanga yoki biroz uglerodga boyitadigan alanga bilan uglerodi kam qo‘shimcha simdan foydalanib payvandlash yaxshidir.Flyus sifatida buradan foydalanish mumkin.
Qirralarning qalinligi 5 —6 mm dan oshmaganida birikma sifatli chiqadi

Nazorat savollari:



  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga qanday tayyorlanadi va gaz alangasini sozlashni izohlab bering




  1. Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni pastdan tepaga usulda ustma-ust vertikal holatda payvandlash jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering.

  2. Payvand choki qanday tekshiriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish yо‘llarini aytib bering
    1. mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni pastki holatda uchma-uch payvandlash


Reja




  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga tayyorlash, gaz alangasini sozlash




  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni chap va о‘ng usulda uchma uch pastki holatda payvandlash.

  2. Payvand chokini tekshirish. Nuqsonlarni bartaraf qilish

Kam va o‘rtacha legirlangan po‘latlarning payvandlanishi po‘latning tarkibida uglerodning va legirlovchi komponentlarning bo‘lishiga bog‘liq. Po‘latning tarkibida uglerod va legirlovchi komponentlar qancha ko‘p bo‘lsa, ular shuncha yomon payvandlanadi. Bu po‘latlar payvandlashdagi issiqlik ta’sirlariga ta’sirchan bo‘ladi.


Kam legirlangan po‘latning rusumiga qarab payvandlashda toblanuvchi strukturalar yoki payvand birikmaning termik ta’sir zonasida o‘ta qizigan hududlar hosil bo‘lishi mumkin. Termik ta’sir zonasida metall strukturasi uning kimyoviy tarkibi, sovitish tezligi
va metallni tegishli haroratlarda (bunda donlarning mikrostrukturasi va o‘lchamlari o‘zgaradi) qancha vaqt turishiga bog‘liq.Payvandlashda metallni sovitish tezligi (ayniqsa, qalin metallni) quyma metallni havoda odatdagicha sovitish tezligidan ancha ortiq bo‘ladi, natijada legirlangan po‘latlarni payvandlashda martensit hosil bo‘lishi mumkin.
Payvandlashda toblangan martensit strukturasi hosil bo‘lmasligi uchun termik ta’sir zonasining sovishini sekinlashtiradigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur (buyumni qizdirishdan,
chokda metall qatlamlarini ma’lum vaqt oralig‘ida hosil qilish va boshqalardan foydalanish). Buyumlarni yuqori haroratda ishlatishda uning yoyiluvchanligiga (vaqt o‘tishi bilan yuqori haroratda buyum metalining deformatsiyalanishi) qarshiligini oshirish uchun metall yirik donli strukturaga ega bo‘lishi kerak.Lekin juda yirik donli metallning plastikligi past bo‘ladi va shuning uchun bunday hollarda donlar o‘lchami cheklanadi.
Buyumlar past harorat sharoitlarida ishlatilganda yoyiluvchanlik bo‘lmaydi va katta mustahkamlik hamda plastiklikni ta’minlaydigan mayda donli metall strukturasi zarur bo‘ladi. Payvandlash simi va turli payvandlash ashyolari shunday tanlanishi kerakki, ulardagi uglerod, fosfor, oltingugurt va boshqa zararli elementlarning miqdori kam uglerodli konstruksion po‘latlarni payvandlashdagiga nisbatan kam bo‘lishi kerak.
Bundan maqsad kristallashgan darzlarga qarshi chok metali turg‘unligini oshirishdir,
chunki kam legirlangan po‘latlar kristallashgan darzlar hosil qilishga moyildir. Perlit sinfidagi kam legirlangan po‘latlarni ham normal alanga bilan payvandlanadi.
Flyuslar ishlatilmaydi. Legirlovchi elementlar kuyib ketmasligi uchun (xrom, molibden, kremniy) metallni o‘ta qizdirib yuborishga intilmaslik kerak. Payvandlash zonasini oldindan va yo‘lakay qizdirish yoki buyumni butunlay 250 — 300°C haroratgacha qizdirish va soviyotgan chokni kallak alangasi yordamida qizdirish yo‘li bilan sekin sovitish issiq darzlar hosil bo‘lmasligiga imkon beradi.

Download 1,37 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqori uglerodli po‘latlarni payvandlash

Download 1,37 Mb.