Mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni gorizontal holatda uchma uch payvandlash




Download 1,37 Mb.
bet44/59
Sana02.02.2024
Hajmi1,37 Mb.
#150522
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
Bog'liq
Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari

Mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni gorizontal holatda uchma uch payvandlash


Reja

  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga tayyorlash, gaz alangasini sozlash




  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni chap va о‘ng usulda uchma uch gorizontal holatda payvandlash.




  1. Payvand chokini tekshirish. Nuqsonlarni bartaraf qilish

Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalardan tayyorlangan buyumlarning payvand birikmalariga mustahkamlik chegarasiga oid, shuningdek, plastiklikka oid talablardan tashqari konstruksiyaning vazifasi va payvandlanayotgan metallning xossalariga oid talablar ham qo‘yiladi. Bu talablar quyidagilardan iborat:



  • korroziyabardosh (zanglamas) po‘latlar uchun

  • kristallitlararo umumiy suyuqlikda va kuchlanish ostida korroziyaga qarshi turish imkoniyati;

  • kuyindibardosh po‘latlar va qotishmalar uchun

  • kuyindi hosil bo‘lishiga va kristallitlararo gaz oqibatida korroziyaga qarshi tura olish imkoniyati;

  • olovbardosh po‘latlar va qotishmalar uchun

  • yuqori harorat va yuklama ta’sirida uzoq muddat mustahkamlikni ta’minlash, siljishga qarshi qarshilik ko‘rsata olish, mikrostrukturaning barqarorligi, mo‘rtlanishga qarshi chidamlilikni ta’minlash va qirqilib ketishiga, kuyindi hosil bo‘lishiga kam beriluvchan bo‘lishini ta’minlash.

Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalarni payvandlashdagi
asosiy qiyinchiliklar payvand birikmalarining kristallanish yoriqlari hosil bo‘lishiga qarshi tura olishini ta’minlash, korroziyaga chidamliligini va ish haroratlari hamda kuchlanishlar ta’sirida birikmalarning xossalarini saqlashni ta’minlashdir.
Kam uglerodli po‘latlarga nisbatan aksariyat ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti kichik (1,5 — 2 marta) va chiziqli kengayish koeffitsiyenti katta (1,5 marta) bo‘ladi. Payvandlashda issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentining pastligi issiqlikning to‘planishiga va buning natijasida buyum metali suyuqlanishining ortishiga olib keladi.Oshirilgan chiziqli kengayish koeffitsiyenti payvandlashda payvand buyumlarda katta deformatsiyalarning paydo bo‘lishiga, ularning bikirligi yuqori bo‘lgan holda esa (nisbatan yirik buyumlar, qalin metall, payvandlanadigan detallar orasida tirqishning yo‘qligi, payvandlashda buyumning bikir mahkamlanishi) payvand
buyumda darzlar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalar kam uglerodli po‘latlarga nisbatan darzlar hosil bo‘lishiga ancha moyil bo‘ladi.Darzlar issiqdan ko‘pincha austenitli
po‘latlarda, sovuqdan esa martensit va martensit-ferrit sinfidagi toblanadigan po‘latlarda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, tarkibida titan yoki niobiy bo‘lmagan
yoxud vanadiy bilan legirlangan korroziyabardosh po‘latlar 500°C dan yuqori haroratda qizdirilganda korroziyaga qarshi xossalarini yo‘qotadi. Chunki qattiq eritmadan korroziyalanish hamda korroziyadan yorilish markazlari bo‘lib qoladigan xrom karbidlari ajralib chiqadi. Termik ishlov berib (ko‘pincha toblab) payvand buyumlarning korroziyaga qarshi xossalarini tiklash mumkin. Eritmadan ilgari ajralib chiqqan xrom karbidi 850°C gacha qizdirib austenitda qayta eritiladi, tez sovitilganda esa ular alohida fazaga ajralib chiqmaydi. Termik ishlov berishning bunday turi stabillash deb ataladi. Lekin stabillash po‘latning plastikligi va qovushqoqligining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Payvand buyumlarning plastikligi, qovushqoqligi va bir yo‘la korroziyaga qarshi xossalari yuqori bo‘lishiga metallni 1 0 0 0 — 1150°C haroratgacha qizdirib va suvda tez sovitib (toblab)erishish mumkin. Ko‘p legirlangan po‘latlarni payvandlashda darzlarning oldini olish yo‘llari: chok metalida ikki fazali struktura (austenit va ferrit) hosil qilish; chok tarkibidagi zararli aralashmalar (oltingugurt, fosfor, qo‘rg‘oshin, surma, qalay, vis mut) miqdorini cheklash va metall tarkibiga molibden, marganes, volfram singari elementlarni kiritish; asos va aralash xarakterdagi elektrod qoplamlaridan foydalanish, payvandlashda bikirligi pastroq bo‘lgan buyum hosil qilish.
Nazorat savollari:



  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga qanday tayyorlanadi va gaz alangasini sozlashni izohlab bering




  1. Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni gorizontal holatda uchma uch payvandlash jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering.




  1. Payvand choki qanday tekshiriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish yо‘llarini aytib bering

    1. Download 1,37 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni gorizontal holatda uchma uch payvandlash

Download 1,37 Mb.