|
mavzu: Kam legirlangan pо‘latlarni gaz alangasida ustma-ust payvandlash
|
bet | 52/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #150522 |
Bog'liq Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari mavzu: Kam legirlangan pо‘latlarni gaz alangasida ustma-ust payvandlash
Reja
Kam legirlangan pо‘lat plastinalarni payvandlashga tayyorlash va gaz alangasini sozlash
Chap va о‘ng usulda har xil fazoviy holatda ustma ust payvandlash.
Payvand chokini tekshirish va nuqsonlarni bartaraf qilish
Payvandlash alangasi. Gazda payvandlashda gaz alangasining roli kattadir. Uni olish uchun kislorod, Atsetilen, vodorod va tabiiy gazlardan foydalaniladi. Gaz va kislorod qo‘shilib yonishidan mushtukda gaz alangasi hosil qilinadi. Gorelkaga berilayotgan kislorod va gazning miqdoriga qarab normal, oksidlovchi yoki uglerodsizlantiruvchi payvandlash alangasini olish mumkin. Normal alangani nazariy jihatdan kislorod miqdorining Atsetilenga hajmiy nisbati β = 1 bo‘lganda olish mumkin. Amalda kislorodning ifloslanishiga qarab normal alangani kislorodni ko‘proq hajmida, ya’ni β = 1,1 – 1,3 da olish mumkin. Normal alanga payvand vannasida metallni oksidlantirishga yordam beradi va sifatli chok olinadi.
Normal Atsetilen-kislorodli alanga uchta zonadan iborat bo‘ladi : yadro I, payvandlash zonasi II va mash’al III. Yadro Atsetilenning yonishidan hosil bo‘lgan
zarralardan tashkil topadi va yorug‘ konussimon qobiqqa o‘xshaydi. Yadroning uzunligi gaz aralashmasining bosimiga bog‘liq bo‘lib, uning oqish tezligi qancha katta bo‘lsa, shuncha uzun bo‘ladi. Payvandlash zonasining rangi yadronikidan farqlanadi, u uglerod va vodorod oksidlaridan tashkil topadi. Bu zonada yadrodan 3—5 mm uzoqlikda eng yuqori harorat (3000°Ñ) hosil bo‘ladi. Payvandlash zonasida payvandlash ishi bajariladi. Mash’al payvandlash zonasining tashqarisida joylashgan bo‘lib, u is gazi va suv bug‘idan iboratdir. Yonish jarayoni havodagi kislorod hisobiga bo‘ladi.
Payvandlash alangasini uning shakli va rangiga qarab rostlanadi. Bunda pasport bo‘yicha kislorod bosimini va gorelkani tanlash asosiy rol o‘ynaydi. Bosim katta bo‘lsa, alanga mushtukdan tez chiqib erigan metallni payvand vannasidan surib chiqarishi mumkin. Bosim kam bo‘lsa, yonilg‘i aralashmasi kamayib alanga uzunligi qisqaradi va qayta zarba hosil bo‘lish xavfi tug‘iladi. Normal alanga olinganda yadro yorqin va aniq bo‘ladi. Metall turiga qarab alangani tanlab olinadi. Masalan, cho‘yanni payvandlashda va qattiq qotishmalarni eritishda uglerodsizlantiruvchi alanga olinadi.
Nazorat savollari:
Kam legirlangan pо‘lat plastinalarni payvandlashga tayyorlash va gaz alangasini sozlash jarayonlari haqida nimalarni bilasiz
Chap va о‘ng usulda har xil fazoviy holatda ustma ust payvandlash jarayoni ketma- ketligini tushuntirib bering.
Payvand choki qanday tekshiriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish yо‘llarini aytib bering
|
| |