mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarda turli shakldagi teshiklarni kesish




Download 1,37 Mb.
bet48/59
Sana02.02.2024
Hajmi1,37 Mb.
#150522
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
Bog'liq
Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari

mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarda turli shakldagi teshiklarni kesish


Reja


  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni kesishga tayyorlash




  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni kesishga tayyorlash, rejalash




  1. Gaz alangasini sozlash, turli shakldagi teshiklarni kesish

Kesiladigan metall yuzasi zang, moy va boshqa iflosliklardan tozalangan bо‘lishi kerak.



Tashqi kontur 4 eng oxirida kesib olinadi. Bu kesishga qadar rejalangan konturlardan kam chetga cliiqqan holda detallar kesib olishni ta’minlaydi. Prokatlash bajarilgan listdagi ichki kuchlanishlar kesish konturini buzadi. Bu buzilishlar ichki kontur bo‘yicha kesib bartaraf etiladi.
Dastlab metallning kesiladigan joyi qizdiriladi, so‘ngra kislorodning kesuvclii oqimi yo‘naltiriladi. Bundan keyin keskich metallning butun qalinligi baravari kuydirib belgilab olingan kesish chiizig‘i bo‘yicha suriladi. Metall chetidan boshlab kesiladigan bo‘lsa, 5 —200 mm qalinlikdagi metallning boshlang‘ich qizdirish vaqti 3 — 10 soniyagachani tashkil qiladi (yonilg‘i tariqasida Atsetilendan foydalanilganda). Teshikni kislorod bilan teshishda buning iichun 3 — 4 baravar ko‘p vaqt ajratiladi.
Kesishda keskichni bir me’yorda surib turish kerak. Juda tez surilsa, metallning qo‘shni hududlari qizib ulgurmaydi va kesish jarayoni to‘xtab qolishi mumkin. Keskich juda sekin surilganda metallning qirralari eriydi va kesik notekis chiqadi, juda ko‘p shlak hosil bo‘ladi
Qizdiruvchi alanganing quvvati kesish shart-sharoitlariga qarab aniqlanadi. Metall qanchalik qalin bo‘lsa, qizdiruvchi alanganing quvvati shunchalik katta bo‘ladi. Pо‘lat tarkibida legirlovchi aralashmalar juda ko‘p bо‘lganida, shuningdek, kesish tezligi oshirilganda alanganing quvvati kichik tezlikda kesiladigan kam legirlangan pо‘latlarga qaraganda kuchliroq bо‘lisli kerak. Qizdiruvclii alanganing quvvatini haddan tashqari kuchaytirish yaramaydi, chunki yonilg’I va kislorod ortiqcha sarf bо‘ladi va kesilayotgan joyning yuqori qirralari eriydi

Kesuvchi kislorod bosimi kesishda juda katta ahamiyatga ega. Bosim yetarli bo‘lmasa kislorod oqimi kesilayotgan joydan shlaklarni chiqarib yubora olmaydi va metall butun qalinligi baravari kesilmaydi. Bosim haddan tashqari katta bo‘lganda kisloroddan ortiqcha sarf bo‘ladi va qirqim toza chiqmaydi. Kislorod bosimi kesilayotgan metall qalinligiga bog‘liq bo‘ladi.
Qirrasini kertib qiyalab kesishda kesiladigan yuzalar sifati jihatidan bir xil cliiqmaydi. b yuza har doirn a yuzadan yaxshi bo‘ladi. a yuzadagi o‘tkir burchak atrofi ko‘proq suyuqlanadi, chunki unda qizdiradigan alanganing ko‘p qismi to‘planadi. a yuzaning o‘tmas burchagi (pastki qirra) ustidan suyuq shlak va kislorod o‘tadi, buning natijasida burchak atrofidagi metall ham suyuqlanadi. Shuning uchun, agar kesish xarakteri imkon bersa, keskichni shunday joylashtirish kerakki, b yuzali kesib olingan qismdan foydalanilsin.
Qirralar qiyaligini payvandlashga tayyorlash uchun mashinada bir yo'la ikkita yoki uchta keskich bilan kesish mumkin. Keskichlardan chiqqan kislorod oqimlari bir- biriga tegmasligi va kesiladigan yuza sifatining yomonlashishiga olib keladigan uyurmalar hosil bо‘lmasligi uchun keskichlar kesish yо‘nalishida siljishi kerak.
Keskichlar orasidagi siljish bir necha santimetrni tashkil qiladi.

Dastaki usulda kesishda keskich uchun tayanch aravacha, sirkul, yo'naltiruvchi chizghch va shu kabi oddiy moslamalardan foydalaniladi .
Kesish tugagandan keyin metallning usti po‘lat cho‘tka bilan kuyindi va shlak qoldiqlaridan tozalanadi. Metallning ostki qirrasida qotib qolgan metall zubilo bilan qirqib tashlanadi.

Nazorat savollari:



  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni kesishga tayyorlash jarayonlarini izohlab bering




  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni kesishga tayyorlash uchun qanday rejalashtiriladi




  1. Gaz alangasini sozlashni va turli shakldagi teshiklarni kesishni amalda bajarib kо‘rsating

    1. Download 1,37 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarda turli shakldagi teshiklarni kesish

Download 1,37 Mb.