Mavzu :Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni vertikal holatda uchma uch payvandlash




Download 1,37 Mb.
bet45/59
Sana02.02.2024
Hajmi1,37 Mb.
#150522
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Bog'liq
Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari

Mavzu :Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni vertikal holatda uchma uch payvandlash


Reja



  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga tayyorlash, gaz alangasini sozlash




  1. Pastdan tepaga usulda uchma-uch vertikal holatda payvandlash.




  1. Payvand chokini tekshirish. Nuqsonlarni bartaraf qilish

Austenitli po‘lat chokini payvandlashda buyum bikirligini oshirish bilan birga, chok metali tarkibidagi ferritning miqdorini 2 dan 10% gacha oshirish zarur. Bu holda chok metalining plastikligi austenitli po‘latnikiga nisbatan ortadi va darzlar hosil bo‘lmasdan


cho‘kadi (hatto payvand buyum bikir holatda bo‘lganda ham). Darzlari bo‘lmagan payvand birikmalar hosil qilish uchun payvandlanadigan detallarni tirqish qoldirib payvandlash va
iloji boricha choklarni kamroq suyuqlangan metall bilan to‘ldirishni (suyuqlangan metall bilan to‘ldirish shakli koeffitsiyenti 2 dan kam bo‘lishi kerak) qo‘llash tavsiya etiladi.
Bir jinsli bo‘lmagan strukturali payvand birikmalar payvandlashdan keyin ham, termik ishlov berilgandan keyin ham asosiy metallning mustahkamligiga nisbatan past mustahkamlikka ega bo‘ladi. Bundan tashqari, yuqori haroratlarda ishlaydigan payvand birikmalarda chok metali bilan asosiy metal orasida diffuziya bo‘ladi, bu esa chok yaqinidagi zona va qotishish zonasida sovuqdan darzlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 100—300°C haroratgacha qizdirish (umumiy yoki mahalliy) asosiy metall mikrostrukturasining xarakteriga, tarkibdagi uglerod miqdoriga, buyumning bikirliligi va qalinligiga qarab ko‘p legirlangan po‘latlar hamda qotishmalarni payvandlashda tavsiya qilinadi. Martensitli po‘latlar va qotishmalar uchun buyumni qizdirish shart; austenitli po‘latlar uchun qizdirish kam qo‘llaniladi. Qizdirish payvandlash jarayonida haroratning buyum bo‘ylab ancha tekis taqsimlanishiga va sekin sovitilishiga yordam beradi, natijada payvand birikmada cho‘kish deformatsiyalarining konsentratsiyasi hamda darzlar hosil bo‘lmaydi. Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalarni payvandlashda
chok metali va chok yaqinidagi metallning o‘ta qizishi (donlarning yiriklashishi) uning kimyoviy tarkibi va mikrostrukturasiga, qizish harorati va metallning yuqori haroratda bo‘lish vaqtiga bog‘liq.


Po‘lat tarkibidagi uglerod miqdori ortishi karbidli fazaning ta’sirini kuchaytiradi,
bunda uning dispersligi qotishmaning tarkibi va termik ishlov berilishiga bog‘liq bo‘ladi. Legirlangan po‘latning konstruktiv mustaxkamligi ortishiga toblanish chuqurligi katta ta’sir kursatadi. Toblanishining yaxshilanishiga po‘latni bir necha elementlar, masalan, Sg+Mo, da Sg+Ni, Sg+Ni+Mo va boshqa elementlar qo‘shilmasi bilan legirlab erishish mumkin.Po‘latning yuqori konstruktiv mustaxdamligi undagi legirlovchi elementlarning ratsional miqdori bilan
ta’minlanadi. Kerakli darajada toblangandan sung ortiqcha legirlash (nikeldan tashqari)
po‘lat qovushoqligining kamayishiga sabab bo‘ladi va uning mo‘rt sinishini yengillashti radi.X r o m konstruksion po‘latning mexanik xossalariga yaxshi ta’sir kursatadi. U po‘latga 2% gacha miqdorda kiritiladi; u ferrit va sementitda eriydi. Nikel eng kdmmatli legirlovchi elementda bo‘lib, po‘latga 1 dan 5% gacha miqdorda kiritiladi.
Marganets po‘latga 1,5% gacha miqdorda kiritiladi. U ferrit bilan sexmentit orasida u taqsimlanadi. Nikel po‘latning oquvchanlik chegarasini oshiradi, lekin po‘lat uta kdzdirilishga sezgir bo‘lib kiladi. Shuning uchun zarralarni maydalash maksadida po‘latga nikel bilan birgalikda karbid hosil qiluvchi zlementlar ham kiritiladi. Kremniy karbid hosil qiluvchi element hisoblanmaydi va u po‘latga cheklangan miqdorda 2%) gacha kiritiladi. U po‘latning oquvchanlik chegarasini oshiradi, uning miqdori 1% dan oshib ketganda po‘latning qovushoqligi kamayadi
va sovukda sinuvchanligi ortadi. Molibden va volfram karbid hosil qiluvchi elementlar
hisoblanib, sementitda ko‘p qismi eriydi. Molibdenning 0,2-0,4% va volframning 00,8- 1,2% miqdori kompleks-legirlangan po‘latlarda zarralarning maydalanishiga yordam beradi, qizdirilishini oshiradi va po‘latning boshqa ba’zi xossalarini yaxshilaydi.
Nazorat savollari:



  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga qanday tayyorlanadi va gaz alangasini sozlashni izohlab bering




  1. Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni vertikal holatda uchma uch payvandlash jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering.




  1. Payvand choki qanday tekshiriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish yо‘llarini aytib bering




    1. Download 1,37 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu :Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni vertikal holatda uchma uch payvandlash

Download 1,37 Mb.