|
Issiqqa chidamli po‘latlar
|
bet | 42/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #150522 |
Bog'liq Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlariIssiqqa chidamli po‘latlar. Issiqqa chidamli po‘latlardan 600°C haroratdan oshmaydigan ish zonalarida ishlaydigan buyumlar tayyorlanadi. Yanada yuqori haroratda ishlash uchun
buyumlarni issiqbardosh va olovbardosh po‘latlardan tayyorlanadi. Issiqqa chidamli po‘latlarga 12МХ; 20МХЛ; 34ХМ; 20ХЗМВФ;20ХМФ; 20ХМФЛ; 12Х1М1Ф;
15ХМФКР; 12Х2МФБ;Х5М; 15Х5МФА va boshqalar kiradi. Bunday po‘latlar qoniqarli payvandlanadi. Lekin payvandlash texnologiyasi noto‘g‘ri bo‘lganida chok yaqinidagi o‘tish zonasida mayda-mayda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. Bunday po‘latlar qirralarini payvandlashga moslab aniq yig‘ishni talab qiladi.
Turli rusumli issiqqa chidamli po‘latlarni payvandlash texnologiyasida asosiy metall bilan chok metalining bir xil bo‘lishi uchun payvandlanayotgan metallni qizdirish kerak. Buyumni qo‘shimcha qizdirish metall toblanishining oldini olish uchun bajariladi. Ushbu qizdirishsiz payvandlansa chok metalida va chok atrofi zonasida xrom va molibden karbidlari hosil bo‘ladi, ular payvand birikmaning mo‘rtligini oshirishi mumkin.
Chok metali bilan asosiy metallning bir xil bo‘lishi payvand buyumni ishlatish davrida yuqori harorat oqibatida hosil bo‘ladigan diffuzion hodisalarni bartaraf etish uchun muhimdir.Issiqqa chidamli po‘latlar gaz alangasida payvandlanganda alanga quvvati metallning 1 mm qalinligiga 1 0 0 dm3 asetilen/soatni tashkil qiladi; payvandlash faqat normal (tiklovchi) alanga yordamida bajariladi. Qo‘shilma metall sifatida payvandlanayotgan p o ‘lat rusumiga qarab Св-08ХМФА, С в-10Х М Ф ^ Св- 10Х5М, Св-18ХМА va boshqa rusumli payvandlash simlari ishlatiladi. Legirlovchi aralashmalar kuyib ketishining va mikrodarzlar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida avval detal qirralari suyuqlangan metallning yupqa qatlami bilan
«oqartiriladi»va tayyorlash shakli tezda suyuq metallga to‘lg‘aziladi. Payvandlashda qo‘shimcha metall har vaqt payvandlash vannasida bo‘lishikerak; legirlovchi elementlar kuyib ketmasligi uchun tomchilatib payvandlash usulidan foydalanilmaydi.
Quvurlarning uchma-uch choklari gaz alangasida oldindan butun chokni qizdirib payvandlanadi. Chokni quvur perimetri bo‘ylab chok hosil qilganda foydalaniladigan gorelkaning o‘zi bilan qizdirish mumkin. Issiqqa chidamli po‘latlarni payvandlash texnikasi kam uglerodli po‘latlarni payvandlash texnikasiga o‘xshash. Uchma-uch
payvand chokka termik ishlov berish shart; uni payvandlash gorelkasi bilan, yaxshisi quvurning diametri, devorining qalinligi va boshqa sharoitlarga ko‘ra ancha kuchli gorelka bilan qizdirish mumkin.
|
| |