|
Uglerodli po‘latlarni payvandlash texnologiyasi
|
bet | 40/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #150522 |
Bog'liq Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari
Uglerodli oddiy sifatli p o ‘latlar uchun ГОСТ 380-94 bo‘yicha quyidagi rusumlar belgilangan: Ст0, Ст1, Ст2, Ст3,Ст4, Ст5, Ст6 .
Sifatli uglerodli konstruksion p o ‘latlar mas’uliyatli payvand konstruksiyalarda ishlatiladi. Ular ГОСТ 1050-74 bo‘yicha ishlab chiqiladi, mexanik xususiyatlari va kimyoviy tarkibi kafolatlanadi.Sifatli uglerodli po‘latlar raqamlar bilan rusumlanadi. Raqamlar uglerod miqdorining yuzdan bir foizini belgilaydi. Masalan, Po‘lat 05 — po‘latda uglerod miqdori 0,05% ni tashkil etadi.
Kam uglerodli po‘latlarni payvandlash. Tarkibida 0,25% gacha uglerod bo‘lgan kam uglerodli po‘latlar normal alanga bilan yaxshi payvandlanadi. Payvandlashda uglerod, marganes va kremniy yonib ketishi, bu esa chokning mustahkamligini yomonlashtirishi mumkin. Qalinligi katta detallarni payvandlashda mexanik xossalarni baravarlashtirish uchun payvandlanadigan detallarga termik ishlov berish mumkin (normallashtirish, past haroratda yumshatish). Ish unumdorligini oshirish uchun oksidlovchi alangadan foydalanish mumkin. Bunda tarkibida oksidsizlantiruvchilar — marganes va kremniy ko‘p bo‘lgan
qo‘shimcha m aterialdan, masalan, Св-08Г2С, Св-12ГС simidan foydalanish kerak.
O ‘rtacha uglerodli po‘latlarni payvandlash. Bunday po‘latlarda payvandlash vaqtida kristallanish yoriqlarini hosil qiluvchi, shuningdek, chok atrofi zonasida kam plastik strukturalar va yoriqlar hosil qiluvchi uglerod miqdori ko‘p bo‘ladi.Shuning uchun chok metalining chidamliligini oshirish uchun(kristallanish yoriqlari hosil bo‘lishiga qarshi) chok metali tarkibidagi uglerod miqdorini kamaytirish kerak.Toblangan strukturalarning paydo bo‘lishini kamaytirish uchun buyumni dastlab va payvandlash vaqtida qizdirib turish
kerak. Payvand birikmasining asosiy metall bilan bir xil mustahkamlikda bo‘lishiga erishishning ishonchli usuli chok metalini marganes yoki kremniy bilan qo‘shimcha legirlashdir.O‘rtacha uglerodli po‘latlarni payvandlashda faqat normal alangadan foydalaniladi, uning quvvatini kam uglerodli po‘latlarni payvandlashdagiga qaraganda 20 — 30% kam qilib qabul qilinadi.Metallning qalinligi 3 mm dan ortiq bo‘lganida payvandlashdan oldin 250 — 350°C gacha umumiy qizdirish yoki payvandlash zonasini kallak bilan 600 — 700°C gacha mahalliy qizdirish tavsiya etiladi. Chok metalining xossalarini oshirish uchun tarkibida 0,5 dan 1,0 gacha xrom va 2 — 4% nikel bo‘lgan qo‘shimcha simdan, masalan, Св-18ХГС dan foydalanish mumkin.
|
| |