mavzu: Kam legirlangan pо‘latlarni gaz alangasida uchma-uch payvandlash




Download 1,37 Mb.
bet53/59
Sana02.02.2024
Hajmi1,37 Mb.
#150522
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59
Bog'liq
Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari

mavzu: Kam legirlangan pо‘latlarni gaz alangasida uchma-uch payvandlash


Reja

  1. Kam legirlangan pо‘lat plastinalarni payvandlashga tayyorlash va gaz alangasini sozlash




  1. Kam legirlangan pо‘latlarni gaz alangasida uchma-uch payvandlash.




  1. Payvand chokini tekshirish va nuqsonlarni bartaraf qilish

Kam legirlangan po‘latlarning payvandlanishi po‘latning tarkibida uglerodning va legirlovchi komponentlarning bo‘lishiga bog‘liq. Po‘latning tarkibida uglerod va legirlovchi komponentlar qancha ko‘p bo‘lsa, ular shuncha yomon payvandlanadi. Bu po‘latlar payvandlashdagi issiqlik ta’sirlariga ta’sirchan bo‘ladi.


Kam legirlangan po‘latning rusumiga qarab payvandlashda toblanuvchi strukturalar yoki payvand birikmaning termik ta’sir zonasida o‘ta qizigan hududlar hosil bo‘lishi
mumkin. Termik ta’sir zonasida metall strukturasi uning kimyoviy tarkibi, sovitish tezligi va metallni tegishli haroratlarda (bunda donlarning mikrostrukturasi va o‘lchamlari o‘zgaradi) qancha vaqt turishiga bog‘liq.Payvandlashda metallni sovitish tezligi (ayniqsa, qalin metallni) quyma metallni havoda odatdagicha sovitish tezligidan ancha ortiq bo‘ladi, natijada legirlangan po‘latlarni payvandlashda martensit hosil bo‘lishi mumkin.
Payvandlashda toblangan martensit strukturasi hosil bo‘lmasligi uchun termik ta’sir zonasining sovishini sekinlashtiradigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur (buyumni qizdirishdan,chokda metall qatlamlarini ma’lum vaqt oralig‘ida hosil qilish va boshqalardan foydalanish). Buyumlarni yuqori haroratda ishlatishda uning yoyiluvchanligiga (vaqt o‘tishi bilan yuqori haroratda buyum metalining deformatsiyalanishi) qarshiligini oshirish uchun metall yirik donli strukturaga ega bo‘lishi kerak.Lekin juda yirik donli metallning plastikligi past bo‘ladi va shuning uchun bunday hollarda donlar o‘lchami cheklanadi.
Buyumlar past harorat sharoitlarida ishlatilganda yoyiluvchanlik bo‘lmaydi va katta mustahkamlik hamda plastiklikni ta’minlaydigan mayda donli metall strukturasi zarur bo‘ladi. Payvandlash simi va turli payvandlash ashyolari shunday tanlanishi kerakki, ulardagi uglerod, fosfor, oltingugurt va boshqa zararli elementlarning miqdori kam uglerodli konstruksion po‘latlarni payvandlashdagiga nisbatan kam bo‘lishi kerak.
Bundan maqsad kristallashgan darzlarga qarshi chok metali turg‘unligini oshirishdir, chunki kam legirlangan po‘latlar kristallashgan darzlar hosil qilishga moyildir.
Perlit sinfidagi kam legirlangan po‘latlarni ham normal alanga bilan payvandlanadi. Flyuslar ishlatilmaydi. Legirlovchi elementlar kuyib ketmasligi uchun (xrom, molibden, kremniy) metallni o‘ta qizdirib yuborishga intilmaslik kerak. Payvandlash zonasini oldindan va yo‘lakay qizdirish yoki buyumni butunlay 250 — 300°C haroratgacha qizdirish va soviyotgan chokni kallak alangasi yordamida qizdirish yo‘li bilan sekin sovitish issiq darzlar hosil bo‘lmasligiga imkon beradi.
Issiqqa chidamli po‘latlardan 600°C haroratdan oshmaydigan ish zonalarida ishlaydigan buyumlar tayyorlanadi. Yanada yuqori haroratda ishlash uchun buyumlarni issiqbardosh va olovbardosh po‘latlardan tayyorlanadi. Issiqqa chidamli po‘latlarga 12МХ; 20МХЛ; 34ХМ; 20ХЗМВФ;20ХМФ; 20ХМФЛ; 12Х1М1Ф;
15ХМФКР; 12Х2МФБ;Х5М; 15Х5МФА va boshqalar kiradi. Bunday po‘latlar qoniqarli payvandlanadi. Lekin payvandlash texnologiyasi noto‘g‘ri bo‘lganida chok yaqinidagi o‘tish zonasida mayda-mayda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. Bunday po‘latlar qirralarini payvandlashga moslab aniq yig‘ishni talab qiladi.
Turli rusumli issiqqa chidamli po‘latlarni payvandlash texnologiyasida asosiy metall bilan chok metalining bir xil bo‘lishi uchun payvandlanayotgan metallni qizdirish kerak. Buyumni qo‘shimcha qizdirish metall toblanishining oldini olish uchun
bajariladi. Ushbu qizdirishsiz payvandlansa chok metalida va chok atrofi zonasida xrom va molibden karbidlari hosil bo‘ladi, ular payvand birikmaning mo‘rtligini oshirishi mumkin.Chok metali bilan asosiy metallning bir xil bo‘lishi payvand buyumni ishlatish davrida yuqori harorat oqibatida hosil bo‘ladigan diffuzion hodisalarni bartaraf etish uchun muhimdir.Issiqqa chidamli po‘latlar gaz alangasida payvandlanganda alanga quvvati metallning 1 mm qalinligiga 1 0 0 dm3 asetilen/soatni tashkil qiladi; payvandlash faqat normal (tiklovchi) alanga yordamida bajariladi. Qo‘shilma metall sifatida payvandlanayotgan p o ‘lat rusumiga qarab Св-08ХМФА, С в-10Х М Ф ^ Св- 10Х5М, Св-18ХМА va boshqa rusumli payvandlash simlari ishlatiladi. Legirlovchi aralashmalar kuyib ketishining va mikrodarzlar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida avval detal qirralari suyuqlangan metallning yupqa qatlami bilan
«oqartiriladi»va tayyorlash shakli tezda suyuq metallga to‘lg‘aziladi. Payvandlashda qo‘shimcha metall har vaqt payvandlash vannasida bo‘lishikerak; legirlovchi elementlar kuyib ketmasligi uchun tomchilatib payvandlash usulidan foydalanilmaydi.
Quvurlarning uchma-uch choklari gaz alangasida oldindan butun chokni qizdirib payvandlanadi. Chokni quvur perimetri bo‘ylab chok hosil qilganda foydalaniladigan gorelkaning o‘zi bilan qizdirish mumkin. Issiqqa chidamli po‘latlarni payvandlash texnikasi kam uglerodli po‘latlarni payvandlash texnikasiga o‘xshash. Uchma-uch payvand chokka termik ishlov berish shart; uni payvandlash gorelkasi bilan, yaxshisi quvurning diametri, devorining qalinligi va boshqa sharoitlarga ko‘ra ancha kuchli gorelka bilan qizdirish mumkin.

Nazorat savollari:



  1. Kam legirlangan pо‘lat plastinalarni payvandlashga tayyorlash va gaz alangasini sozlash jarayonlari haqida nimalarni bilasiz




  1. Kam legirlangan pо‘latlarni gaz alangasida uchma-uch payvandlash jarayoni ketma- ketligini tushuntirib bering.




  1. Payvand choki qanday tekshiriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish yо‘llarini aytib bering

    1. Download 1,37 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



mavzu: Kam legirlangan pо‘latlarni gaz alangasida uchma-uch payvandlash

Download 1,37 Mb.