Reja
Rangli metall plastinalarni payvandlashga tayyorlash va gaz alangasini sozlash
Gaz alangasida rangli metallarni ustma ust payvandlash.
Payvand chokini tekshirish va nuqsonlarni bartaraf qilish
Mis, alyuminiy, magniy elementlari va ularning qotishmalarini payvandlashda havo muhitida yoki oksidlovchi payvandlash alangasida payvandlashda metall kislorod bilan shiddatli ravishda reaksiyaga kirishadi. Natijada, bu elementlarni o‘ziga nisbatan yuqoriroq temperaturada eriydigan oksidlar hosil bo‘lishi sababli payvandlashda suyuqlangan metall tomchilarini yupqa parda bilan cho‘lg‘ab, bu zarralarning o‘zaro birikishiga ancha halaqit beradi. Shuning uchun suyulantirilgan metalni oksidlanishdan va hosil bo‘luvchi oksidlardan ajratish maqsadida flyuslardan (kukunlar yoki pastalar ko‘rinishida) foydalaniladi. Payvandlashda flyuks oksidlar bilan kimyoviy birikmalar berib, oson eruvchi shlak hosil etib, metall sirtiga ko‘tarilib, metall vannasini oksidlanishdan saqlaydi. SHunday qilib, flyuks suyuqlantirilgan metalni oksidlardan tozalab chok sifatini oshiradi. Flyuslarning tarkibi payvandlanadigan metall tarkibiga va payvandlash usuliga ko‘ra belgilanadi. Flyus sifatida quruq bo‘ra, bor kislotasi, kremniy kislotasi va qator boshqa moddalardan foydalaniladi.
Aluminiy tabiatda eng ko‘p tarqalgan elementlardan biridir;uning zichligi kam, elektr va issiq o‘tkazuvchanligi katta,oksidlovchi muhitlarda korroziyaga chidamliligi va past haroratlarda mo‘rt holatga o‘tishga chidamliligi yuqori. Auminiyning zichligi 2,7 g/sm3. Aluminiyning issiqlik o‘tkazuvchanligi kam uglerodli po‘latga qaraganda 3 baravar yuqori bo‘ladi. Sof aluminiy 650°C da eriydi. Qizdirganda aluminiy oson oksidlanib, qiyin eriydigan (2060°C dan ortiq haroratda) aluminiy oksidini hosil qiladi.
Aluminiyni payvandlashdagi asosiy qiyinchilik qiyin eriydigan
oksid pardasining mavjudligi hamda metall chokida g‘ovaklar va kristallashgan yoriqlar hosil bo‘lishidir.Vodorod payvand choklarida g‘ovaklar hosil bo‘lishiga sabab
bo‘ladi, u aluminiyning suyuq holatidan qattiq holatiga o‘tishida eruvchanligi keskin o‘zgarishi tufayli atmosferaga chiqishga intiladi. Toza aluminiy payvand choklaridagi
kristallashgan yoriqlar kremniy miqdori ortib ketganligi sababli yuz beradi va aluminiyga temir qo‘shimchasi kiritilishi bilan kamayadi. Texnikada sof aluminiydan tashqari uning marganes, magniy, mis va kremniy bilan qotishmalari ham ishlatiladi.
Aluminiy
qotishmalari sof aluminiyga qaraganda ancha mustahkamdir.Tarkibida 4 — 5% gacha mis (АЛ 7) yoki 10 dan 13% gacha kremniy (АЛ 2) yoxud 9,5 — 11,5% magniy (АЛ 8
) bo‘lgan quyma aluminiy qotishmalar yaxshi quyiladi. Quyma konstruksiyalarda tarkibida 1 dan 1,6 % gacha marganes bo‘lgan aluminiy-marganes qotishmalari (АМц) va
tarkibida 6 % gacha magniy bo‘lgan aluminiy-magniy qotishmalari (AMr) juda ko‘p qo‘llaniladi. Д1 rusumli dyuraluminning tarkibi: 3,8 — 4,8 % mis, 0,4 —0, 8% magniy, 0,4 —0, 8% m arganes, qolgani aluminiydan iborat bo‘ladi. Д6 va Д16 rusumli ko‘p legirlangan dyuraluminlar 3,8 — 5,2 % mis, 0,65 — 1,8 % magniy, 0,3 —1 , 0 % marganes va qolgani aluminiydan tashkil topgan. Termik ishlagandan keyin Д6 va Д16 qotishmalarning mustahkamlik chegarasi 420 — 460 MPa va nisbiy uzayishi
15 — 17 % ni tashkil etadi. Aluminiy va uning AMц hamda AMr turdagi qotishmalari yaxshi payvandlanadi. Д turdagi qotishmalar unchalik yaxshi payvandlanmaydi. Bunga sabab shuki, bunday qotishmaning payvand chokida mustahkamligi prokat qilingan asosiy metalldan ikki baravar kam bo‘lgan qo‘yma metall strukturasi hosil bo‘ladi.
Bundan tashqari, chok metalining ancha cho‘kishi hamda u birmuncha noplastik bo‘lishi sababli payvandlash jarayonida choklar darz ketadi. Payvandlashda asosiy metall yumshaydi.Oqibatda payvand birikmaning mexanik xossalari yomonlashadi. Qirralar payvandlashdan oldin bir dm3 suvga 20 — 25 g o‘yuvchi natriy, 20 — 30 g natriy karbonat angidridi qo‘shilgan va harorati 65°C bo‘lgan eritmada 10 daqiqa, so‘ngra xona haroratidagi suvda yuviladi. Bundan keyin o‘rta fosfor kislotasining 25% li eritmasida (AMц va AMr qotishmalari uchun) yoki azot kislotasining 15% li eritmasida (Д va AMr qotishmalari uchun) 2 daqiqa davomida tozalanadi.
Tozalangandan keyin iliq va sovuq
suvda yuviladi hamda quruq qilib artiladi. Qaytadan oksidlanmasligi uchun metallning qirralari tayyorlangandan so‘ng ko‘pi bilan 8 soat o‘tgach payvandlanadi.
Aluminiy qotishmalarini gaz bilan payvandlashda payvandlash rejimi to‘g‘ri tanlansa, payvandchi kerakli mahoratga ega bo‘lsa hamda aluminiy oksidi pardasini eritadigan flyuslar ishlatilsa, juda yaxshi natijalarga erishiladi. Alanga quvvatini to‘g‘ri tanlash alohida ahamiyatga egadir. Chunki aluminiy oksidi payvandlash vannasini to‘sib, payvandchiga metall eriy boshlaganini payqashga xalaqit beradi.Alanga haddan tashqari kuchli bo‘lsa, metallning eriy boshlashini sezmay qolishi va metall erib teshilishi (bunday nuqsonni tuzatish juda qiyin bo‘ladi) mumkin.
Nazorat savollari:
Rangli metall plastinalarni payvandlashga tayyorlash va gaz alangasini sozlash jarayonlari haqida nimalarni bilasiz.
Gaz alangasida rangli metallarni ustma ust payvandlash jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering.
Payvand choki qanday tekshiriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish yо‘llarini aytib bering
|