Reja
Rangli metall plastinalarni payvandlashga tayyorlash va gaz alangasini sozlash
Gaz alangasida rangli metallarni uchma-uch payvandlash.
Payvand chokini tekshirish va nuqsonlarni bartaraf qilish
Nikel erish harorati 1453°, zichligi 8,9 g/sm3, havoda korroziyabardoshligi, plastikligi va mustahkamligi yetarlicha yuqori, shuningdek, issiqbardosh va 0 m qarshiligi katta bo‘lgan metalldir. Nikel texnikada toza holida va turli qotishmalar tarzida ishlatiladi. Texnik toza nikel — H0, H1, H3 va H4 lardir. Nikelning qotishmalari mis-nikelli, nikel-xromli (nixromlar), nikelmolibdenli, nikel-kobaltli bo‘ladi. Nikelni payvandlashdagi asosiy qiyinchiliklar metall chokining g‘ovaklik va kristallanishda yoriqlar hosil qilishga moyilligi tufayli yuz beradi. Nikelni payvandlashda metall chokida g‘ovaklik hosil bo‘lishiga sabab, gazlarning, ayniqsa, vodorod va kislorodning yuqori haroratlarda juda eruvchanligi va kristallashish paytida ularning ajralib chiqishidir.
Metall chokida kristallashish jarayonida yoriqlar hosil bo‘lishiga sabab oson eruvchan evtektika Ni—NiS ning hosil bo‘lishidir. Bu yoriqlar hosil bo‘lishining oldini olish uchun suyuqlangan metallga payvandlash jarayonida oltingugurtni NiS ga qaraganda qiyinroq eriydigan birikmalarga bog‘lovchi elementlar kiritiladi. Bunday elementlar marganes va magniy bo‘lib, ular qiyin eruvchan MnS va MgS birikmalarini hosil qiladi. Shu maqsadda payvand chokka biroz titan qo‘shilsa ham foydali bo‘ladi. Erish harorati 1650°C, ya’ni asosiy metallning suyuqlanish haroratidan yuqori bo‘lgan nikel oksidi pardasi ham
payvandlashni qiyinlashtiradi. Nikel va uning qotishmalaridan tayyorlangan detallar uglerodga biroz boyitadigan, quvvati metallning 1 mm qalinligiga 140 — 200 l/soat asetilen sarfiga teng bo‘lgan alanga bilan payvandlanadi. Payvandlash o‘ng usulda alanganing tiklash zonasi bilan olib boriladi, yadroning oxiridan metall sirtigacha bo‘lgan
masofa 3 — 4 mm. Simning diametrini metall qalinligining yarmiga teng qilib qabul qilinadi. Nikelni flyussiz payvandlash mumkin, biroq muhim detallar uchun 30 % bura, 50 % borli kislota va 10 % dan natriy xlorid va kaliy ftoriddan iborat flyus qo‘llanadi. Faqat bura yoki uning borli kislota, bilan aralashmasini ishlatish mumkin.
Qo‘rg‘oshinning erish harorati past (327°), biroq 850°C haroratda eriydigan oksid Pb0 hosil qiladi. Bu payvandlashda asosiy qiyinchilikni tug‘diradi. Qo‘rg‘oshinni gaz alangasida chap usul bilan payvandlanadi, alanganing quvvati metallning 1 mm qalinligiga 15—20 l/soat asetilen sarfiga teng. Qo‘shimcha metal sifatida qo‘rg‘oshin tasmachalari yoki detallar qirralarining qalinligi 0,8—1,2 mm bo‘lganda diametri 3 mm, qirralarning qalinligi 4—8 mm bo‘lganda diametri 10—12 mm gacha bo‘lgan simlar ishlatiladi. 0ksid pardalarini ketkazish uchun kanifol va stearinning teng qismlaridan iborat bo‘lgan flyus ishlatiladi.
Nazorat savollari:
Rangli metalllarni payvandlashga tayyorlash va gaz alangasini sozlash jarayonlari haqida nimalarni bilasiz.
Gaz alangasida rangli metallarni uchma-uch payvandlash jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering.
Payvand choki qanday tekshiriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish yо‘llarini aytib bering
mavzu: Gaz alangasida rangli metallarni burchak ostida payvandlash Reja
Rangli metalllarni payvandlashga tayyorlash va gaz alangasini sozlash
Ilintirish usuli bilan 45°, 90°, 135° burchak ostida rangli metalllarni payvandlash. 3.Burchaklarni tekshirish va nuqsonlarni bartaraf qilish
Misning erish harorati 1080 — 1083°C. 400 — 600°C haroratda mis mo‘rtlashadi. Suyuq holatdagi mis gazlar, ya’ni kislorod bilan vodorodni eritib yuboradi. Natijada payvandlash qiyinlashadi. Mis kislorod bilan birgalikda mis (II) oksidi (Cu2 O) ni hosil qiladi. Mis (II) oksidi mis bilan birgalikda donalarning chegarasida joylashadigan oraliq qotishma Cu+Cu2O beradi. Oraliq qotishmaning erish harorati sof misning erish haroratidan 2 0 ° past bo‘lgani uchun, bu qotishma chok kristallashayotganda yoriqlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tarkibida mis (II) oksidi bor erigan mis qotganida vodorod mavjud bo‘lsa, mayda yoriqlar hosil bo‘ladi. «Misning vodorod kasalligi» deb ataladigan bu hodisa vodorodning mis (II) oksididagi kislorod bilan birikishi va suv bug‘ining hosil bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Suv bug‘i yuksak haroratlarda kengayishga harakat qilib, chok metalining darz ketishiga sabab bo‘ladi.
Bu jarayon quyidagi reaksiya bo‘yicha boradi:Cu2 O+H2= 2Cu+H2O
Misni payvandlashning qiyinchiligi yana shundan iboratki,mis nihoyatda issiqlik o‘tkazuvchan va erigan holatida juda ham suyuq oquvchan bo‘ladi.
Misning payvandlanuvchanligi ko‘p jihatdan uning tozaligiga bog‘liq: misda zararli qo‘shimcha qancha kam bo‘lsa, uning payvandlanuvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi. Tarkibida 0,01 % dan ortiq kislorod bo‘lmagan oksidlangan misning payvandlanuvchanligi yaxshi. Misning mexanik xossalari va uning payvandlanuvchanligini yomonlashtiruvchi zararli qo‘shimchalarga oltingugurt, qo‘rg‘oshin, margimush, surma va vismut kiradi.Tarkibidagi qo‘shilmalar 0,4% dan oshmaydigan elektrolitik mis ayniqsa yaxshi payvandlanuvchan bo‘ladi. Qo‘shilmalar miqdori 1 % gacha boradigan quyma mis yomonroq payvandlanadi. Misni payvandlashda xrom, marganes, temir, nikel va tantal chok metalining yanada mustahkamligini oshiradi. Qalinligi 10 mm gacha bo‘lgan mis metall qalinligining har 1 mm ga asetilendan soatiga 150 dm3 dan sarflanadigan quvvatli alanga bilan payvandlanadi. Qalinroq tunukalarni payvandlashda alanga quvvati (har 1 mm ga
asetilen sarfi soatiga 2 0 0 dm3 gacha) oshiriladi. Bu holda har birining quvvati tunuka qalinligining har 1 mm ga 1 0 0 dm3/soat asetilen bo‘lgan ikkita gorelkani bir yo‘la ishlatgan yaxshiroq. Faqat tiklovchi alanga bo‘lishi kerak. Alangada ortiqcha kislorod paydo bo‘lsa, mis oksidlanadi. Aralashmada asetilen ko‘p bo‘lsa, mis (II) oksidi alangadagi vodorod hamda uglerod oksidi ta’sirida yana tiklanishi mumkin. Natijada eritib qoplangan detal g‘ovaklashadi va darz ketadi. Alanga yadrosini tunukalar yuzasiga nisbatan 90° burchak ostida, vanna ustidan 3 — 6 mm masofada tutish kerak. Metall tanaffus qilmasdan jadal payvandlanadi va bir qatlamli choklar qo‘llaniladi.
Chunki ko‘p qatlamli payvandlashda darzlar hosil bo‘lishi mumkin. Uzun choklar hududlab teskari bosqichli usulda payvandlanadi. Moslama bilan payvandlashda issiqlik deformatsiyalar ta ’sirida qirralarning erkin harakatlanishi ta’minlanishi kerak. Uchma- uch va burchak birikmalarni tashqi chok bilan payvandlash afzal, ustma-ust va tavr birikmalarni payvandlash iloji boricha ishlatilmaydi. Qalinligi 2 mm gacha
bo‘lgan metall uchma-uch qo‘shimcha materialsiz payvandlanadi, chok metalining oqib ketmasligi uchun tagiga asbest yoki grafit taglik qo‘yiladi. Qalinligi 3 mm dan yuqori bo‘lgan metallarni payvandlashda qirralarga V shaklda ishlov berilib
payvandlanadi. Og‘ish burchagi 90° ni tashkil etadi, o‘tmaslashtirish kamida 1,5 — 2 mm (1/5 tunuka qalinligiga). Qalinligi 10 mm dan yuqori bo‘lgan metallarni payvandlash uchun qirralarga X shaklda ishlov beriladi. Payvandlashdan oldin qirralarni yarqiraguncha tozalanadi yoki azot kislotasi eritmasida yuviladi, so‘ngra suv bilan yuvib tashlanadi. Issiqlik shunday rostlanadiki, sim oldinroq erishi, erigan
metall «terlaydigan» holatgacha yetkazilishi va qirralarini qoplashi kerak.
Eritib qo‘shiladigan o‘zak sof (elektrolitik) misdan yoki tarkibida oksidsizlantiruvchi modda hisoblangan fosfordan 0,2% gacha va kremniydan 0,15 — 0,30% gacha bo‘lgan misdan tayyorlangan simdan bo‘lishi kerak.
Nazorat savollari:
Rangli metalllarni payvandlashga tayyorlash va gaz alangasini sozlash jarayonlari haqida nimalarni bilasiz.
Ilintirish usuli bilan 45°, 90°, 135° burchak ostida rangli metalllarni payvandlash jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering.
Burchaklar qanday tekshiriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish yо‘llarini aytib bering
mavzu: Kesish ishlarini mexanizatsiyalash Reja
Keskichlar, kesish mashinalari va gaz va kislorod ballonlari reduktorini ishga tayyorlash
Keskichlar, kesish mashinalari va gaz va kislorod ballonlari reduktoriga texnik xizmat kо‘rsatish va ishlatish
Hamma metallar va qotishmalarni oksidlab (kislorodli) kesib bo‘lavermaydi. Oksidlab kesish quyidagi shartlarning bajarilishini talab qiladi.
Metall alangalanadigan harorat uning suyuqlanish haroratidan past bo‘lishi kerak. Bunda metall qattiq holatda yonadi, kesilgan yuza silliq bo‘ladi, kesish qirralarining ustki qirralari suyuqlanmaydi, shlak ko‘rinishidagi yonish mahsulotlari kesish bo‘shlig‘idan kislorod oqimi bilan osongina chiqarib yuboriladi va kesilish shakli o‘zgarmasdan qoladi. Temir va uglerodli po‘latlar bu shartga javob beradi. Texnik temir kislorodda uning holatiga qarab (prokat, kukun va boshq.) 1050—1360°C haroratda yonadi, temirning suyuqlanish harorati esa 1539°C ni tashkil qiladi.Aluminiy va uning qotishmalarini oksidlab kesib bo‘lmaydi.Aluminiyning alangalanish va suyuqlanish harorati tegishlicha 900 va 660°C ga teng. Binobarin, aluminiy faqat suyuq holatda yonishi mumkin, shuning uchun o‘zgarmaydigan shaklini hosil qilib bo‘lmaydi.
Kesishda hosil bo‘ladigan oksidlar va shlaklarning suyuqlanish harorati metallning suyuqlanish haroratidan past bo‘lishi kerak. Bu holda ular suyuqlanib oquvchan bo‘lib qoladi va kesish zonasidan kislorod oqimi vositasida bemalol chiqarib yuboriladi. Kesish jarayonida temir oksidlanganda hosil bo‘ladigan FeO,Fe3O4 ko‘rinishidagi oksidlar 1350 va 1400°C suyuqlanish haroratiga ega, ya’ni temirning suyuqlanish haroratidan past bo‘ladi . Shuning uchun kam uglerodli po‘latlarni oksidlab kesish mumkin. Tarkibidagi uglerod miqdori 0,65% dan ortiq bo‘lgan po‘latlarning suyuqlanish harorati temir oksidlarining suyuqlanish haroratidan past va odatdagi sharoitlarda ularni oksidlab kesish qiyin. Ba’zi metallar, masalan, aluminiy, xrom, nikel va mis oksidlari suyuqlanish harorati yuqori bo‘lgan oksidlar hosil qiladi. Xromli va xrom-nikelli po‘latlarni, mis hamda uning qotishmalarini, cho‘yan va boshqalarni kesishda hosil bo‘ladigan bu oksidlar kesiladigan metallarga nisbatan qiyin suyuqlanadigan hisoblanadi. Odatdagi oksidlab kesishda ularni kesish zonasidan chiqarib yuborib bo‘lmaydi, chunki alangalanish haroratigacha qizdirilgan metallning oksidlanadigan joyini kislorod oqimdan berkitib qo‘yadi va kesishning iloji bo‘lmaydi.
Kesish joyidan issiqlik olib ketilmasligi uchun metallning issiqlik o‘tkazuvchanligi kichik bo‘lishi kerak, aks holda kesish jarayoni to‘xtab qoladi.
Mis, aluminiy va ular qotishmalarining issiqlik o‘tkazuvchanligi temir hamda po‘latga nisbatan yuqori bo‘ladi; amalda bu metallarni qizdiruvchi alanga bilan tunukaning butun qalinligi bo‘yicha alangalanish haroratigacha qizdirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ko‘rsatilgan m etallarni odatdagi kislorod alangasi yordamida kesishning imkoni yo‘q.
Metallning kislorodda yonishida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori kesish jarayonining davom etishini ta’minlay oladigan darajada ko‘p bo‘lishi kerak. Po‘latni kesishda qizdirish uchun ishlatiladigan issiqlikning qariyb 70 % metall kislorodda yonayotganida ajralib chiqadi va faqat 30 % qizdiruvchi alangadan keladi.
Keskichlarni quyidagi alomatlarga qarab bo‘lish mumkin:
kesish turiga qarab: ajratadigan, yuza kesuvchi, kislorod flyusli;
ishlatilishiga qarab: dastaki kesishga, mexanizatsiyalashgan tarzda kesishga mo‘ljallangan va maxsus;
ishlatiladigan yonilg‘i xiliga qarab: asetilen uchun, asetilen o‘rnida ishlatiladigan gazlar uchun, suyuq yonilg‘ilar uchun;
ishlash prinsipiga qarab: injektorli va injektorsiz;
kislorod bosimiga qarab: yuksak bosimli va past bosimli;
mundshtuklarning konstruksiyasiga qarab: tirqishli va ko‘p soploli
Nazorat savollari:
Keskichlar, kesish mashinalari va gaz va kislorod ballonlari reduktorini ishga tayyorlash jarayonlari haqida nimalarni bilasiz.
Keskichlar, kesish mashinalari va gaz va kislorod ballonlari reduktoriga texnik xizmat kо‘rsatish va ishlatish jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering.
mavzu:Kesish mashinalari bilan pо‘latlarni kesish
Reja
Pо‘lat listlarni kesishga tayyorlash
Kesish mashinasini sozlash va pо‘lat listlarni kesish.
Tarkibida uglerod va legirlangan aralashmalar kam bo‘lgan po‘latgina shart- sharoitlarga to‘la mos keladi. Kam va o‘rtacha uglerodli, shuningdek, kam legirlangan po‘latlar tarkibidagi uglerod miqdori 0,3 % gacha bo‘lganida kislorod yordamida yaxshiroq kesiladi. Po‘latning qanchalik yaxshi kesila olishini quyidagi uglerod ekvivalenti Ce formulasidan foydalanib uning kimyoviy tarkibi bo‘yicha aniqlash mumkin (elementlarning formuladagi simvoli ularning po‘latdagi foiz hisobidagi tarkibini ko‘rsatadi):
Ce= C + 0,16Mn + 0,3 (Si + Mo) + 0,4Cr + 0,2V +0,04 ■ (Ni + Cu).
M isol: po‘latning tarkibi: C = 0,2; Mn= 0,8; Si= 0,6, u holda Ce = 0,2 + 0,16 ■ 0,8+0,3
0,6=0,508 bo‘ladi. Po‘lat I guruhga kiradi .
Kislorod bilan kesish kam uglerodli po‘lat xossalariga kesiladigan joy yaqinida qariyb ta’sir qilmaydi. Tarkibida uglerod juda ko‘p bo‘lgan po‘latlarni kesishdagina qisman toblanish natijasida kesilgan joylari ancha qattiqlashadi. Juda ko‘p legirlangan xromli, xrom-marganesli, xromnikelli po‘latlarni kesishda po‘lat qirralarining tarkibida xrom, kremniy, marganes va titan miqdori kamayadi. Nikel esa ko‘payadi. Bunday po‘lat strukturasida qirra yaqinidagi kristallar orasida oson eriydigan temir sulfidlari va silitsidlari aralashmalari hosil bo‘ladi. Bu esa po‘lat qirralarini sovish jarayonida uning qizigan holatida darz ketishiga sabab bo‘ladi.Kesgandan keyin kristallararo korroziya ham ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun ham kislorod yordamida kesilgandan keyin bunday po‘latlarning qirralari zarur hollarda frezalanadi yoki randalanadi.Ko‘p
legirlangan po‘latlarning ayrim rusumlari kislorod yordamida kesgandan keyin strukturasini tiklash maqsadida termik ishlanadi.
Nazorat savollari:
Pо‘lat listlarni kesishga qanday tayyorlanadi
Kesish mashinasini sozlash va pо‘lat listlarni kesish jarayonlari ketma-ketligini tushuntirib bering.
mavzu: Kompleks ishlarini bajarish.Yakuniy nazorat Reja
Berilgan chizmaga asosan pо‘lat zagotovkalardan payvandlab mahsulot tayyorlash
Berilgan chizmaga asosan quvurlardan payvandlab mahsulot tayyorlash
Payvand buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan uglerodli konstruksionpo`lat kam uglerodli, o`rtacha uglerodli va ko`p uglerodli po`latlarga bo`linadi. Kam uglerodli po`latlar jumlasiga yoy yordamida va gaz alangasida payvandlaganda toblanmaydigan, tarkibidagi uglerod miqdori 0,22% dan ortmaydigan po`latlar kiradi; o`rtacha uglerodli po`latlarda uglerod miqdori 0,2 – 0,45% ga va ko`p uglerodli po`latlarda 0,45 – 0,7% ga teng. Asosiy strukturasiga ko`ra po`latlar klasslarga bo`linadi: perlitli, beynitli, martensitli, ferritli, austenitli va karbidli po`latlar. Mashinasozlik po`lati ko`pincha perlitli klassga, alohidaxususiyatlarga ega bo`lgan po`lat austenitli, martensitli yoki ferritli klasslarga taaluqli. Oddiy sifatli uglerodli po`lat etkazib berilish xarakteristikasiga ko`ra uchta gruppaga bo`linadi: A – mexanik xossalari, Б – kimyoviy tarkibi va В – mexanik xossalari hamda kimyoviy tarkibiga ko`ra. Qurilish norma va qoidalariga muvofiq payvand buyumlar В gruppadagipo`latlardan tayyorlanishi kerak.
В gruppa po`lati kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari, oksidsizlanish darajasi va po`lat kategoriyasining nomeriga qarab oltita markaga ega. Payvand konstruksiyalar uchun В gruppadagi po`latdan asosan barcha oksidsizlanish darajalari va barcha kategoriya nomerlaridan ВСт2 va ВСт3 markali po`latlar ishlatiladi. Markasining nomiga ko`ra po`lat quyidagicha o`qiladi. Вст3-сп3 – В gruppa po`lati, markasi 3, tinch qaynaydigan (oksidsizlanishi bo`yicha), kategoriya; ВСт3 Гпс4 – В gruppa po`lati, markasi 3, tarkibidagi marganets miqdori oshirilgan, qisman tinch qaynaydigan 4- kategoriya; ВСт3кп – В gruppa po`lati, markasi 3, qaynaydigan, 1-kategoriya.
Zamonaviy mashinasozlik va qurilishni legirlangan po`latlar ishlatmasdan tasavvur etib bo`lmaydi; ular konstruksiyalarning massasi kichik va ekspluatatsion xossalari yaxshi bo`lgan holda ishonchliligi, puxtaligi va tejamkorligini oshiradi. Bu har xil jinsli metallardan yig`iladigan kombinatsiyalangan konstruksiyalar uchun ayniqsa muhim.Lekin ayrim bir jinslimas metallarni yo umuman payvandlab biriktirib bo`lmaydi yoki ularni payvandlash texnologiyasi juda murakkab. Shu tufayli payvandlash texnologiyasida metallarning payvandlanuvchanligi to`g`risidagi
tushuncha katta ahamiyatga ega. Har xil jinsli metallarni payvandlashda atomlararo bog`lanishlarni hosil qilish mumkinligi payvandlanuvchanlik ko`rsatkichi hisoblanadi. Bir jinsli metallar osongina payvandlab biriktiriladi, har xil jinsli metallarning ba‘zi juftlari esa birikmalar atomlararo bog`lanishni mutloqhosil qilmaydi, masalan mis qo`rg`oshin bilan payvandlanmaydi, temirni qo`rg`oshin bilan, titanni uglerodli po`lat, mis bilan payvandlash qiyin va hokazo.
Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalardan qilingan buyumlarni payvand birikmalari ga mustahkamlik chegarasiga oid, shuningdek, plastiklikka oid talablardan tashqari kons truksiyaning vazifasi va payvandlanayotgan metalning xossalariga oid talablar
ham qo‘yiladi. Bu talablar quyidagilardan iborat: korroziyabardosh(zanglamas) po‘latlar uchun kristallitlararo umumiy suyuqlikda va kuchlanish ostida korroziyaga qarshi turish imkoniyati kuyindibardosh po‘latlar va qotishmalar uchun kuyindi hosil bo‘lishiga va kristallitlararo gaz korroziyaga qarshi tura olish imkoniyati olov bardosh po‘latlar va
qotishmalar uchun – yuqori harorat va yuklama ta’sirida uzoq muddat mustahkamlikni ta’minlash, siljishga qarshi qarshilik ko‘rsata olish, mikrostrukturaning barqarorligi, mo‘rtlanishga qarshi chidamliligini ta’minlash va qirqilib ketishiga, kuyindi hosil bo‘lishiga kam beriluvchan bo‘lishini ta’minlash.
Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalarni payvandlashdagi asosiy qiyinchiliklar, payvand birikmalarining kristallanish yoriq lari hosil bo‘lishiga qarshi tura olishini ta’minlash, korroziyaga chidamliligini va ish haroratlar va kuchlanishlar ta’sirida birikmalarning xossalarini saqlashni ta’minlashdir. Kam uglerodli po‘latlarga nisbatan aksariyat ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffit sienti kichik (1,5—2 marta) va chiziqli kengayish koeffitsienti katta (1,5 marta) bo‘ladi. Payvandlashda issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientining pastligi issiqlikning to‘planishiga va buning natijasida buyum metali suyuqlanishining ortishiga olib keladi.
Shu tufayli berilgan suyuqlanish chuqurligini hosil qilish uchun payvandlash toki kattaligini 10—20% ga pasaytirish lozim. Oshirilgan chiziqli kengayish
koeffitsienti payvandlashda payvand – buyumlarda katta deformatsiyalarning paydo bo‘lishiga, ularning bikrligi yuqori bo‘lgan holda esa (nisbatan yirik buyumlar, qalin metall, payvandlanadigan detallar orasida tirqishning yo‘qligi, payvand
lashda buyumning bikr mahkamlanishi) payvand buyumda darzlar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Nazorat savollari:
Berilgan chizmaga asosan pо‘lat zagotovkalardan payvandlab mahsulot tayyorlash jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering.
Berilgan chizmaga asosan quvurlardan payvandlab mahsulot tayyorlash jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering
|