Mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni burchakli payvandlash




Download 1,37 Mb.
bet46/59
Sana02.02.2024
Hajmi1,37 Mb.
#150522
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Bog'liq
Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlari

Mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni burchakli payvandlash


Reja:



  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga tayyorlash, gaz alangasini sozlash




  1. Ilintirish usuli bilan 45°, 90°, 135°burchak ostida plastinani hamda qovurg‘asiz va qovurg‘ali tavrli birikma payvandlash.




  1. Burchaklarni tekshirish. Nuqsonlarni bartaraf qilish

Payvandlashda, odatda, ko‘pincha bir fazali ferritli po‘latlar o‘ta qiziydi.Ko‘p legirlangan po‘latlar uchun gaz alangasida payvandlash eng yomon payvandlash usulidir, ayniqsa, bu tarkibida xrom bo‘lgan korroziyabardosh va kislotabardosh po‘latlarga taalluqlidir.Ko‘proq qizdirish zonasi korroziyabardoshlikni yo‘qotishga olib keladi. Bunday po‘latlarni quvvati kam (metallning 1 mm qalinligiga 70 dm3/soat asetilen) normal alanga bilan, tanaffuslarga yo‘l qo‘ymay, katta tezlikda payvandlash


zarur. Yupqa qirralar chap usulda, qalin qirralar faqat o‘ng usulda payvandlanadi. Qo‘shimcha metall sifatida tarkibida uglerod miqdori juda oz bo‘lgan, niobiy va titan bilan legirlangan Св-02Х19H9T,Св-08Х19Н10Б va boshqa rusumli payvandlash simlari ishlatiladi. Gaz bilan payvandlashda titan batamom kuyib ketadi va chok metalining kristallitlararo korroziyaga qarshi chidamliligini ta’minlay olmaydi. Bundan tashqari, qizdirish harorati 500—850°C bo‘lgan, shu bilan birga, sekin sovitiladigan (bunday jarayon gaz alangasida payvandlanayotgan paytda sodir bo‘ladi) zanglamaydigan po‘latlar qattiq eritma parchalanganda donlar chegarasi bo‘ylab xrom karbidlari ajratib chiqaradi. Xrom karbidi esa metallni korroziyalovchi markaz hisoblanadi. Sim diametri tunukalar qalinligi 1 —6 mm bo‘lganda asosiy
metall qalinligiga taxminan teng qilib tanlanadi. Xromli po‘latlarni payvandlab bo‘lgandan keyin buyumga ayni shu po‘lat uchun belgilangan rejimda termik ishlov berish tavsiya etiladi. Xrom-nikel qotishmalarni payvandlashda xromning yonib ketishini kamaytirish uchun 80% plavik shpatdan va 2 0 % ferrotitandan iborat flyuslar yoki teng miqdordagi bor kislotali va buradan iborat flyuslar ishlatiladi. Flyus suyuq shishada qoriladi va detal qirralariga pasta ko‘rinishida surtiladi.Detal flyus qotgandan keyin payvandlanadi.
Nazorat savollari:



  1. Uglerodli pо‘lat plastinalarni payvandlashga qanday tayyorlanadi va gaz alangasini sozlashni izohlab bering




  1. Ilintirish usuli bilan 45°, 90°, 135°burchak ostida plastinani hamda qovurg‘asiz va qovurg‘ali tavrli birikma payvandlash jarayoni ketma-ketligini tushuntirib bering.




  1. Payvand choki qanday tekshiriladi. Nuqsonlarni bartaraf qilish yо‘llarini aytib bering




    1. Download 1,37 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni burchakli payvandlash

Download 1,37 Mb.