|
mavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘latlarni kesish
|
bet | 47/59 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #150522 |
Bog'liq Jоrayev Soatjon Gaz payvandlash ishlarimavzu: Gaz alangasida uglerodli pо‘latlarni kesish
Uglerodli pо‘lat plastinalarni kesishga tayyorlash
Uglerodli pо‘lat plastinalarni kesishni rejalash
Gaz alangasini sozlash va tо‘g‘ri chiziq bо‘yicha kesish.
Uglerodli po‘lat tarkibining kesishga ta’siri
Tarkibida uglerod va legirlangan aralashmalar kam bо‘lgan pо‘lat tarkibidagi uglerod miqdori 0,3 % gacha bо‘lganida kislorod yordamida yaxshiroq kesiladi.
Pо‘latning qanchahk yaxshi kesa olishini quyidagi uglerod ekvivalenti Ce formulasidan foydalanib uning kimyoviy tarkibi bo'yicha aniqlash mumkin (elementlaming formuladagi simvoli ularning pо‘lat dagi foiz hisobidagi tarkibini koTsatadi):
Ce=C + 0,16Mn + 0,3 (Si + Mo) + 0,4Cr + 0,2V +0,04 ■ (Ni + Cu).
Misol uchun pо‘latning tarkibi: C = 0,2; Mn= 0,8; Si= 0,6, u holda Ce = 0,2 + 0,16 • 0,8+0,3 ■ 0,6=0,508 bо‘ladi.
Kislorod bilan kesish kam uglerodli po‘lat xossalariga kesiladigan joy yaqinida qariyb ta’sir qilmaydi. Tarkibida uglerod juda ko‘p bо‘lgan pо‘latlarni kesishdagina qisman toblanish natijasida kesilgan joylari ancha qattiqlashadi. Juda ko‘p legirlangan xromli, xrom-marganesli, xrom- nikelli pо‘lat larni kesishda pо‘lat qirralarining tarkibida xrom, kremniy, marganes va titan miqdori kamayadi. Nikel esa ko‘payadi.
Bunday pо‘lat strukturasida qirra yaqinidagi kristallar orasida oson eriydigan temir sulfidlari va silfitsidlari aralashmalari hosil bodadi. Bu esa pо‘lat qirralarini sovish jarayonida uning qizigan holatida darz ketishiga sabab bо‘ladi. Kesgandan keyin kristallararo korroziya ham ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun ham kislorod yordamida kesilgandan keyin bunday pо‘latlarning qirralari zarur hollarda frezalanadi yoki randalanadi.
Kо‘p legirlangan pо‘latlarning ayrim rusumlari kislorod yordamida kesgandan keyin strukturasini tiklash maqsadida termik ishlanadi.
Materiallarni kesib ishlash jarayonida ajralib chiqayotgan qirindi bilan kesish oldingi yuzasi, keskich orqa yuza bilan zagotovka orasidagi kontakt yuzalari orasidagi ishqalanish davrida о‘ta, murakkab xar – turli deformatsiyalanish hodisalari nomoyon bо‘lib, bu jarayon ezilish, sо‘rilish, kesilish, qirqilish kabi
faktorlar bilan xarakterlanadi. Kesish jarayonida keskich qirindi va ishlov berilayot gan zagotovka tomonidan ta’sir etayotgan kuch miqdorini bartaraf etuvchi kuch qu yilishi shart. Agarda bu shart bajarilmasa kesish jarayonini amalga oshirib bо‘lmaydi.
Kesish jarayonini amalga oshirishni ta’minlash uchun kesish jarayonini mexanizmini, ya’ni kesish kesish kuchlarini hosil bо‘lishi va ularni kontakt yuzalarida yuzaga keluvchi fiziko – mexanikaviy xodisalarga ta’sirini о‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Nazorat savollari:
Uglerodli pо‘lat plastinalarni kesishga tayyorlash jarayonini izohlab bering
Uglerodli pо‘lat plastinalarni kesish ishlari qanday rejalashtiriladi
Gaz alangasi qanday sozlanadi va tо‘g‘ri chiziq bо‘yicha kesish jarayonini tushuntirib bering
|
| |